-rasm. Kuchaytirish sxemasining tarkibi




Download 4,71 Mb.
bet57/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

11.2-rasm. Kuchaytirish sxemasining tarkibi


Unda o’zgarmas E tok manbai bilan ketma-ket qilib ikki qarshilnk-Z1 (boshqariluvchi) va Zn (o’zgarmas) ulangan. Zn qarshilik yuklama qarshiligi deb ataladi. Zi chiziqli bo’lmagan aktiv ele­ment qarshiligi bo’lib, zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchn kuchlanish yoki tok ta’sir etganda kattaligi o’zgarib boradi. Bu o’zgarish juda keng oraliqda bo’lib, manba energiyasi sarf bo’lmagan yoki juda oz miqdor sarf bo’lgan holda sodir bo’ladi. Lekin Zn qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko’ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o’zgarmas tok manbai energiyasini Zn yuklama qarshiligiga uzatilishini tartibga solishdan iboratdir. Odatda bu jarayon juda katta tezlikda o’tadi. Shuning uchun Zi juda kichik inersiyali element bo’lishi kerak. Eng sodda holda Zi vazifasini ko’p elektrodli elektron lampa yoki yarim o’tkazgichli triod bajaradi.
Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo’lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli man­ba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasining kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko’ra kuchaytirgich kat­ta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir.
Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo’lmagan kuchaytirish deb ataladi.
Shuni yodda tutish kerakki, kuchaytirgich ta’sir etuvchi tebranish amplitudasini oshirib beradigan ju­da ko’p qurilmalardan tubdan farq qiladi. Masalan, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi cho’lg’amining kuchlanishi birlamchi chulg’amining kuchlanishidan katta bo’ladi; yakka konturda rezonans vaqtida reaktiv elementidagi kuchlanish yoki tok kuchi (Q) marta or­tadi va h.k. Lekin ularda chiqish quvvati kirish quvvatidan hamma vaqt kichik bo’ladi. Shuning uchun ularni kuchaytirgich deyish mumkin emas.
Umuman har bir kuchaytirgich uchta asosiy qismga ega:
1. Boshqaruvchi (kuchaytiruvchi) inersion bo’lmagan element;
2. O’zgarmas tok manbai;
3. Yuklama - iste’molchi.
Qolgan barcha qismlar yordamchidir. Bunda yuklama kuchayib chiqqan signalni ajratib olsa, yordamchi qismlar - kuchaytirgichning u yoki bu ish rejimini hosil qiladi.
Boshqaruvchi element turiga qarab kuchaytirgichlar lampaviy yoki yarimo’tkazgichli (tranzistorli). Yuklamaning turiga qarab esa, aperiodik yoki tanlovchi kuchaytirgichlarga ajratiladi.
Tanlovchi kuchaytirgichlarda yuklama vazifasini tebranish konturlari bajaradi. Agar u yakka tebranish konturidan iborat bo’lsa, kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, bog’langan tebranish konturi bo’lsa, o’zgarmas sohali kuchaytirgich deb ataladi.
Rezonans kuchaytirgichlar turli chastotali signallar spektridan yakka yoki juda kichik chastota sohasiga to’g’ri keladigan tebranishlarni kuchaytirib beradi. Bu xususiyat uning chastota tanlash xususiyati deb ata­ladi.
Uzgarmas sohali kuchaytirgichlar deyarli to’g’ri to’rt burchak shakliga yaqin o’tkazish sohasiga ega. Shuning uchun ular signal spektridagi tebranishlarning ma’lum chastota oralig’ini kuchaytirib beradi.
Aperiodik kuchaytirgichlarda yuklama vazifasini rezonans xususiyatiga ega bo’lmagan elementlar - rezis­tor, drossel, transformator va boshqalar bajaradi. Shunga ko’ra ular yuklamaning turiga mos nomlar bi­lan yuritiladi. Masalan, rezistorli kuchaytirgich, drosselli kuchaytirgich va boshqalar. Rezistorli kuchay­tirgichlar reostat kuchaytirgich, sig’im bog’lanishli ku­chaytirgich yoki RC - kuchaytirgich deb ham ataladi.
Kuchaytiriladigan signal chastotasining absolyut qiymatiga qarab kuchaytirgichlar past chastotali, yuqori chastotali va o’zgarmas tok kuchaytirgichi degan turlarga ajratiladi.
Past chastotali kuchaytirgichlar tovush diapazonidagi tebranishlarning fq-fyu ishchi chastota oralig’ini bir me’yorda kuchaytirish uchun xizmat qiladi, ya’ni ularning asosiy xislati fyu/fq chastota nisbatining yetarlicha katta bo’lishidir. Bu tur kuchaytirgichlarga aperi­odik kuchaytirgichlar misol bo’ladi.
Yuqori chastotali kuchaytirgichlar yuqori chastotali signallarning yakka yoki chastotalarning kichik oralig’ini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ularga rezonans yoki o’zgarmas sohali kuchaytirgichlar misol bo’ladi.
O’zgarmas tok, aniqrog’i, sust o’zgaruvchi tok yoki kuch­lanish kuchaytirgichlari past chastotali kuchaytirgichning bir ko’rinishi bo’lib, ularda kuchaytiriladigan signal chastotasi nolga yaqin bo’ladi. Kuchaytirgichlar o’tkazish sohasining kengligiga, signalning shakliga va boshqa belgilariga qarab ham turlarga ajratilishi mumkin.
Umuman olganda hamma kuchaytirgichlar signalning quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi ya’ni barcha tur kuchaytirgichlar quvvat kuchaytirgichlaridir. Lekin ko’p hollarda kuchaytirgichning ishini baholash uchun uning chiqishidagi tok yoki kuchlanishning qiymati katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun ular shartli ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlariga bo’linadi. Quvvat kuchaytirgichlari kuchaytirish bosqichining oxirgi pog’onasiga to’g’ri keladi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad, chiqish kaskadi kabi nomlar bilan ham ataladi.



Download 4,71 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kuchaytirish sxemasining tarkibi

Download 4,71 Mb.