• 10.4-rasm. Ko’priksimon sxema
  • § 10.3. Tekislovchi filtrlar
  • -rasm. Ikkita yarim davrli tug’rilash sxemasi (a), to’g’rilangan tok va kuchlanishning vaqt diagrammasi (b)




    Download 4,71 Mb.
    bet54/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    10.3-rasm. Ikkita yarim davrli tug’rilash sxemasi (a), to’g’rilangan tok va kuchlanishning vaqt diagrammasi (b)

    Undan ko’rinadiki, sxemaning ishlashi xuddi bitta yarim davrli to’g’rilash sxemasining ishlashi kabi bo’ladi. Lekin chiqish kuchlanishining pulslanish chastotasi ikki marta ortiq bo’lib, uning amplitudasi kichik bo’ladi. Sababi kondensatorning Rn rezistor orqali zaryadsizlanishi uchun kamroq vaqt talab qilinadi. Natijada undagi qoldiq kuchlanish katta bo’ladi.


    Demak, to’g’rilash sxemalari faqat ikki xil bo’ladi. To’g’rilagichlar ana shu sxemalar asosida yasaladi. Lekin unda chiziqli bo’lmagan element yuklama rezistoriga nisbatan turli usulda ulanishi mumkin. Masalan, shulardan bir turi 10.4-rasmda ko’rsatilgan. U ko’priksimon sxema bo’lib, Grets sxemasi deb ataladi. Uning asosini ikkita yarim davrli to’g’rilash sxemasi tashkil etadi.

    10.4-rasm. Ko’priksimon sxema

    Transformator kuchlanishining birinchi yarim davrida D1 va D3 diodlar ishlasa, ikkinchi yarim davrida - D2 va D4 diodlar ishlaydi.


    Grets sxemasining asosiy afzalliklari shundaki, to’g’rilangan tok amplitudasining pulslanishi yetarlicha kichik bo’ladi. Undan tashqari, o’rta nuqtali transformatorga hojat qolmaydi. Har bir diodga to’g’ri keluvchi teskari kuchlanish qiymati transformator kuchlanishining amplituda qiymatidan ortmaydi.
    Grets sxemasining kamchiligi shundaki, diodlar ketma-ket ulangani uchun tarmoqning to’liq qarshiligi ortadi va ko’proq energiya sochadi.


    § 10.3. Tekislovchi filtrlar

    To’g’rilangan tok yoki kuchlanish amplitudasining pulslanishi ular spektrida o’zgarmas tashkil etuvchi bilan bir qatorda karrali chastotaga ega bo’lgan o’zgaruvchan tashkil etuvchilar mavjudligidan kelib chiqadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun to’g’rilangan kuchlanishni Furye qatoriga yoyish kerak. Masalan, ikkita yarim davr davrli to’g’rilash sxemasining chiqish kuchlanishi quyidagicha ifodalanadi:


    (10.1)
    Um - transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanish amplitudasi.
    O’zgarmas tashkil etuvchi tok (kuchlanish)ni ajratib olish uchun yuklama rezistoriga parallel qilib kondensator ulanishini ko’rdik. Lekin bu ko’p hollarda yo yetarli bo’lmaydi, yoki butunlay yaroqsiz bo’ladi. Shuning uchun o’zgarmas tashkil etuvchini ajratib olishda maxsus zanjirlar - tekislovchi filtrlardan foydalaniladi. Ularning vazifasi tok yoki kuchlanishning o’zgaruvchan tashkil etuvchilarini yutib qolishdan iborat. Lekin ular iloji boricha o’zgarmas tashkil ztuvchi tok yoki kuchlanish miqdorini kamaytirmasligi kerak. Shuning uchun tekislovchi filtrlar asosan reaktiv qarshilikli elementlar - induktivlik g’altagi va kondensatorlarda tuziladi.
    Elementlarning ulanishiga qarab tekislovchi filtrlar - «G-simon» va «P - simon» bo’ladi. Ularning sxemasi 10.5- rasmda ko’rsatilgan.


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ikkita yarim davrli tug’rilash sxemasi (a), to’g’rilangan tok va kuchlanishning vaqt diagrammasi (b)

    Download 4,71 Mb.