• 9.5-rasm.
  • - rasm. Tiristorning volt- amper xarakteristikasi




    Download 4,71 Mb.
    bet50/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    9.4- rasm. Tiristorning volt- amper xarakteristikasi


    Tashqi kuchlanishning kattaligi biror Uyoq kuchlanishga yetgach, tiristor toki ko’chkisimon orta boshlaydi. Bu kuchlanish tiristorning qayta ulanishi to’g’ri kuchla­nishi deb ataladi. Bu vaktda tiristorning qarshiligi juda kichik bo’lgani uchun undagi potensiallar ayirmasi ham kichrayadi (AB soha). Uning kattaligi tashqi yuklama qarshiligining qiymati bilan chegaralanadi. Tiristor tokining ortishi davomida asosiy bo’lmagan tok tashuvchilar p2 o’tishda to’plana boshlaydi. Ularning konsentratsiyasi yetarlicha bo’lgach, p2 o’tish to’g’ri ulanish holiga keladi. Natijada p2 o’tishning qarshiligi eng kichik bo’lib, tiristor ochiq (to’yinish) holatiga o’tadi. Bu uning turg’un ish rejimi bo’ladi (BS chiziq).
    Yuqorida keltirilgan tiristorning ishlashini uning ekvivalent sxemasida tasavvur qilish qulay. Buning uchun uni p-n- p va n - p-n turdagi tranzistor­larning qo’shmasi deb qarash ksrak (9.5-rasm).



    9.5-rasm. Tiristorning ekvivalent sxemasi


    Bunda T1 tranzistorning emmiter toki ∆Ie1 miqdorga o’zgarsa, uning kollektor toki ∆Ik1, ga o’zgaradi. U son jixatdan T2 tranzistorning baza toki o’zgarishiga teng bo’ladi. Shuning uchus T2 tranzistorning kollektor toki ∆Ik2=∆Ib2·β2=∆Ik1·β2 miqdorga o’zgaradi (β2 -T2 tranzistor­ning tok bo’yicha uzatish koeffitsienti). Lekin T2 tranzistorning kollektori T, tranzistorning bazasi bilan tutashgan. Ik2=∆Ib1 bo’lgani uchun u T1 tran­zistor emmiter tokining yanada ortishiga olnb keladi. Bu tiristordagi ko’chki jarayonini xarakterlaydi (AV chiziq).
    Ko’rib chiqnlgan ulanishdagi tiristor diod - tiris­tor yoki dinistor deb ataladi. Tiristorning yopiq holatdan ochnq holatga o’tishini faqat anod - katod orasidagn kuchlanishni o’zgartiribgina emas, balki bazalardan birortasidagi tokni qisqa muddatga oshirish yo’li bilan ham amalga oshirish mumkin. Bu tokni boshqarish toki (Iu) deb ataladi. U tiris­tor qatlamlarnda hosil bo’ladigan jarayonlarnn o’zgartirmaydi. Faqat uning qayta ulash to’g’ri kuchla­nishini kichraytiradi, xolos. Bunday tiristorlar triod-tiris­tor yoki trinistor deb ataladi. Uning volt-amper xarakteritikasi 3.28-rasmda ko’rsatilgan.


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Tiristorning volt- amper xarakteristikasi

    Download 4,71 Mb.