§ 11.2. Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristika va parametrlari




Download 4,71 Mb.
bet58/125
Sana16.11.2023
Hajmi4,71 Mb.
#99646
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Bog'liq
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

§ 11.2. Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristika va parametrlari


Kuchaytirgichlarning turlari ko’p bo’lishiga qara- may, ular umumiy xarakteristika va parametrlarga ega. Asosiy parametrlardan biri kuchaytirish koeffitsientidir. U kuchaytirgich chiqishida qaysi bir kattalik (tok, kuchlanish yoki quvvat) asosiy bo’lishiga qarab aniqlanadi va mos nom bilan ataladi. Masalan, chikish kuchlanishning kirish kuchlanishiga nisbati
(11.1.a)
kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti deyilsa, chiqish tokining kirish tokiga nisbati
(11.1b)
tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi.
Quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti esa, kuchaytirilayotgan signalning chiqnsh quvvatining kirish quvvatiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi:
(11.1v)
Amalda kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsientidan keng foydalaniladi. Shuning uchun uni oddiy qilib kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi va «U» belgi tushirib yoziladi.
Umuman olganda kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishidan faqat amplituda qiymati bilan emas, balki fazasi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun kuchaytirish koeffitsienti kompleks kattalik bo’lib, chastotaga bog’liq miqdordir.
(11.2)
Unda, K(ω)-kuchaytirish koeffitsientining moduli.
φ(ω)=φ2-φ1-kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi faza farqi. Ko’pincha kuchaytirish koeffitsienti «bel» degan birlikda o’lchanadi. Bir «bel» kuchaytirish deganda chiqish va kirish quvvatlari nisbatining o’nli logarifmasi birga teng bo’lgan kattalik tushuniladi, ya’ni nisbatning absolyut qiymati 10:1 dir.
Quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti bellarda quyidagicha ifodalanadi:
(11.2.a)
«Bel» juda katta miqdor hisoblanadi. Shuning uchun amalda undan o’n marta kichik miqdor - desibel ishlatiladi:
(11.2.b)
(11.2.b) formula asosida tok va kuchlanish bo’yicha ku­chaytirish koeffitsientlarining desibellarda o’lchangan ifodasiga o’tish mumkin:
(11.2v)
Bunda quvvatning tok yoki kuchlanishning kvadratiga mutanosib bo’lishi hisobga olingan.
Kuchaytirish koeffitsienti «neper» degan kattalik- da ham o’lchanadi. U kuchaytirish koeffitsientining natural logarifmi orqali ifodalanishidir:
(11.3a)
Kuchaytirish koeffitsientining desibel va neperda o’lchangan qiymatlari orasidagi bog’lanish mavjud:
(11.4b)
Kuchaytirgichlarning xarakteristikalarn to’rt guruhga ajratilishi mumkin. Birinchi guruhga kuchaytirishdagi signal shaklining buzilishini ifodalovchi xarakteristikalar kiradi. Ular kuchaytirish jarayonida signal shaklining buzilish darajasini baholash yoki buzilishsiz kuchaytirish xususiyatini belgilash imkonini beradi.
Ikkinchi guruh xarakteristikalar kuchaytirish sxemasidan signal buzilmay o’tishi uchun kuchaytirgichning parametrlari qanday bo’lishi zarurligini ifodalaydi.
Uchinchi guruh xarakteristikalar signalni kuchayti­rish jarayonida unga bo’ladigan zararli ta’sirlarni ifodalaydi.
To’rtinchi guruh xarakteristikalar kuchaytirish sxe­masi xususiyatlari va kuchaytiruvchi element ish rejimini xarakterlab beradi.
Bu xarakteristikalardan birinchi va ikkinchi guruh xarakteristikalarn eng katta ahamiyatga ega. Ular ku­chaytirgichning o’tish va statsionar xarakteristikalaridir (11.5-rasm).


Download 4,71 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Download 4,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 11.2. Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristika va parametrlari

Download 4,71 Mb.