|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 60/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)11.7-rasm. Normallashgan uzaytnrnlgan vaqtlar o’tish xarakteristikasi.
∆=1 - U2T - pasayish,
∆’ = U2T - 1 - ko’tarilish,
∆’’ - U2max - U2T - o’zgarish amplitudasi.
Signal shaklining spektrda yangi garmonik tashkil etuvchilarning hosil bo’lishiga bog’liq buzilishlari chiziqli bo’lmagan buzilishar deb ataladi. Uning hosil bo’lishiga sabab kuchaytirgichning sxemasida chiziqli bo’lmagan xarkteristikali elementlar (elektron lampalar, tranzistorlar va boshqalar) ning mavjudligidir. Kuchaytirgichdagi chiziqli bo’lmagan buzilishlar uning amplitudaviy xarakteristikasi orqali ifodalanadi.
Ideal kuchaytirgichning amplitudaviy xarakteristikasi koordinat boshidan o’tuvchi to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi (11.3 b-rasm, punktir chiziq). Real kuchaytirgichda u koordinat boshidan emas, balki chiqish kuchlanishining biror qiymatidan boshlanadi va yuqori qismida to’g’ri chiziqdan chetlashadi. Ana shu chetlashuv kuchaytirgichdagi chiziqli bo’lmagan buzilishini ifodalaydi. Uning qanday hosil bo’lishini kuchaytiruvchi elementning dinamik xarakteristikasidan aniqlash mumkin.
Amplitudaviy xarakteristikaning pastki qismi kuchaytirgichning ichki shovqinlarining sathi bilan chegaralanadi. Chunki real kuchaytirgichlarda kirish kuchlanishi berilmaganda ham chiqishda ma’lum miqdor kuchlanish kuzatiladi. U kuchaytirgichdagi shovqinning sathini belgilab beradi.
Shovqinning sathi kuchaytirgichning ishini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biri bo’lib, uning sezgirligini belgilaydi. Kuchaytirgichning sezgirligi deganda, chiqish kuchlanishi kuzatilishi mumkin bo’lgan kirish signalining amplituda qiymati tushuniladi.
Shovqin sathining kattaligi shovqin koeffitsienti orqali aniqlanadi. Uning kattaligi bir xil sharoitda ishlovchi real kuchaytirgich shovqin quvvatining shovqinsiz kuchaytirgichning shovqin quvvatiga nisbati ko’rinishida aniqlanadi:
(11.6)
Unda, Rsh - real kuchaytirgichning shovqin quvvati,
, - shovqinsiz (ideal) kuchaytirgichning
shovqin quvvati.
Amplitudaviy xarakteristikaning to’g’ri chiziqli qismi kuchaytirgichning dinamik kuchaytirish diapazoni deb ataladi:
(11.7)
Dinamik kuchaytirish diapazonining yuqori chegarasi chiziqli bo’lmagan buzilishlar hosil bo’ladigan kuchlanishning Umax kiymati bilan, quyi chegarasi esa, kuchaytirgichning ichki shovqinining sathi Umin bilan chegaralanadi. Uning kengligi kuchaytiruvchi element xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismi bilan aniqlanadi. Bu qism qaicha katta bo’lsa, kuchaytirgichning dinamik kuchaytirish diapazoni shuncha keng bo’ladi.
|
| |