|
XI BOB. KUCHAYTIRGICHLAR. SIGNALLARNI KUCHAYTIRISH. ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR
|
bet | 56/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)XI BOB. KUCHAYTIRGICHLAR. SIGNALLARNI KUCHAYTIRISH. ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR
§ 11.1. Kuchaytirgichlar
Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manba- larning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham boshqarpluvchn energiya mexanik, yorug’lik, issiqlik, elektr va boshqa tur tabiatga ega bo’lishi mumkin.
Agar energiyami boshqarish uzluksiz, bir me’yorda va o’zgarish qonuni saqlangan holda bo’lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma esa, kuchaytirgich deyiladi.
Energiya turiga qarab kuchaytirgichlar elektr, mexanik, issiqlik va boshsa tur kuchaytirgichlarga bo’linadi. 11.1-rasmda kuchaytirish jarayonining asosiy qis lari ko’rsatilgan.
11.1-rasm. Kuchaytirish jarayonining umumiy tarkibi. M-manba, S. G -signal generatori, K-kuchaytirgich, Ya-yuklama (iste’molchi)
Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan qurilma esa, tashqi yuklama - iste’molchi deb ataladi. Kuchaytirgichning (tashqi) yuklama ulanadigan zanjiri chiqishi zanjiri yoki chiqish deb ataladi.
Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlarn eng ko’p tarqalgan bo’lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat bo’ladi. Bu kuchaytirgichlar elektron, elektromexanik, magnit va boshqa tur kuchaytirgichlarga bo’linadi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo’lishi bilan boshqa kuchaytirgichlar ustup turadi. Shuning uchun ulardan juda ko’p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo’llaniladigan o’rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko’p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi.
Kuchaytirish jarayonini 11.2-rasmda ko’rsatilgan sxema yordamida tushuntirish mumkin.
|
| |