|
-rasm. Tekislovchi filtrlar
|
bet | 55/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)10.5-rasm. Tekislovchi filtrlar
Ikkala holda ham induktivlik g’altagi - drossel (Dr) dan tokning o’zgarmas tashkil etuvchisi kam qarshilikka uchragan holda o’tadi. Kondensatorlar esa, o’zgarmas tokni o’tkazmaydi. Natijada Ryuk rezistorda o’zgarmas kuchlanish hosil bo’ladi. Uning o’zgarishsiz qolishi uchun tokning o’zgaruvchan tashkil etuvchisi drosselda yutilib qolib, Ryuk yuklamada kuchlanish tushuvini hosil qilmasligi kerak. Bu hol drossel qarshiligi kondensator qarshiligidan juda katta bo’lganda sodir bo’ladi:
(10.2)
Bunda n -o’zgaruvchan tashkil etuvchilarning eng kichik chastotasi. Bu shart bajarilganda o’zgaruvchan tashkil etuvchilar asosan induktivlik g’altagida eng ko’p potensial tushuvini hosil qiladi va uning juda oz qismi kondensatorga to’g’ri keladi.
Demak, tekislovchi filtr o’zgaruvchan tashkil etuvchilarga nisbatan kuchlanish bo’lgichi vazifasini bajarar ekan.
«P-simon» filtrlar (5b-rasm) ning ishlashi «G-simon» filtrlarnikidan farq qiladi. Lekin qulaylik uchun uni ikki bosqichli filtrlash deb qarash mumkin. Birinchi bosqichda S1 kondensator yuklama rezistoriga parallel ulangan kondensator kabi ishlasa, ikkinchi bosqich - «G-simon» filtrni tashkil etadi. Shuning uchun (1) tengsizlik quyidagicha ifodalanishi kerak:
(10.3)
Ko’pincha «P-simon» filtrlarda S1 = S2 = S qilib olinadi.
Demak, «P-simon» filtrlar «G-simon» filtrlarga qaraganda sifatliroqdir. Lekin to’g’rilagich elementida tokning keskin o’zgarishlari kuzatiladigan bo’lsa, «P-simon» filtrdan foydalanish mumkin emas. Chunki S1 sig’im tokni o’tkazib yuboradi. Bunday hollarda faqat «G-simon» filtr ishlatiladi.
Yuqori kuchlanishli (4-5 kV dan ortiq) qurilmalarda va ayrim kichik kuchlaiishli qurilmalarda drossel o’rniga rezistor ishlatiladi. Shunda to’g’rilagich sxemasi soddalashib, uning og’irligi kamayadi. Ko’pincha, o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirish talab yetiladi. O’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantirib beruvchi qurilma invertor deb ataladi.
Invertorlar o’zgarmas tok zanjiridagi yenergiyani o’zgaruvchan tok zanjiriga uzatishi mumkin. Bunda invertorning ishi manbaning o’zgaruvchan kuchlanishi bilan begilanadi. Invertor yesa manbaga bog’langan deyiladi. Agar invertor iste’molchini manba bilan bog’lanmagan holda yenergiya bilan ta’minlasa, u avtonom invertor deyiladi.
Invertorlash jarayoni to’g’rilash jarayoniga teskaridir. Shu bois invertorlash jarayonini boshqariladigan yarim davrli to’g’rilagich misolida ko’rib chiqish mumkin. O’zgarmas tok generatori transformator TR ning ikkilamchi cho’lg’ami bilan ventil V orqali bog’langan. TR ning ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanish sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi. U faqat u2>Eg bo’lgandagina ishlaydi. Bunda tok transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidan generator (G) ga oqib o’tadi. Bu yesa to’g’rilash rejimiga mos keladi. Agar generator Eyuk ning qutblarini o’zaro almashtirsak va tiristorning boshqarish burchagini >1800 qilsak, tok generatordan transformatorga oqib o’tadi. Mazkur tok faza jihatidan transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidagi kuchlanish bilan mos tushadi. Sxema invertor rejimida ishlaydi Eg>U2.
Demak, o’zgartirgich to’g’rilash rejimidan invertorlash rejimiga o’tishi uchun, birinchidan, generator EYUK ining yo’nalishini o’zgartirish va Eg>U2 bo’lishini ta’minlash, ikkinchidan, tiristorni boshqaruv burchakgi ni 1800 dan katta qilib olish kerak.
Ikkita bir xil tiristorli o’zgartirgichlarning ochilish burchakini rostlash orqali ulardan birini to’g’rilagich, ikkinchisini yesa inventor sifatida ishlatsa bo’ladi. O’zgarmas tok yelektr uzatish liniyalarida to’g’rilagich sifatida ishlovchi tiristorli o’zgartirgichlar o’rnatiladi. Ular uch fazali o’zgaruvchan tokni pulsasiyalanuvchi o’zgarmas tokka aylantirib beradi. Yelektr uzatish liniyalari orqali o’zgarmas tok uzatiladi. Liniyaning oxirida invertor rejimida ishlovchi tiristorli o’zgartirgich o’rnatiladi. U pulsasiyalanuvchi o’zgarmas tokni uch fazali o’zgaruvchan tokka aylantiradi. Bunda to’g’rilagich ham invertor ham bir xil tiristorlarga yega bo’lib seksiyalardan yigiladi.
Tiristorli o’zgartirgichlar o’zgarmas tok dvigatellarining tezligini boshqarish va aylanish yo’nalishini o’zgartirishda keng qo’llaniladi.
Mustaqqil ishlovchi invertorlar avtonom invertorlar deyiladi. Avtonom invertorlar tok invertorlari va kuchlanish invertorlariga bo’linadi.
|
| |