• G`ILDIRAKLARNI TA’MIRLASH SEXIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI 2.3.
  • Harakatdagi tarkibni ta’mirlashni nazorat qiluvchi avtomatlashgan qurilmalar va detallarni saralash




    Download 2.73 Mb.
    bet5/7
    Sana26.05.2023
    Hajmi2.73 Mb.
    #65280
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kurs ishi Yangi (2)
    Web sayt universitetlar, 5 glava
    Harakatdagi tarkibni ta’mirlashni nazorat qiluvchi avtomatlashgan qurilmalar va detallarni saralash
    2.2.G’ildirak juftligining o’lchamlarini avtomatlashtirish.
    Hozirgi vaqtda temir yo'l transportida temir yo'l transporti infratuzilmasiga joriy etilayotgan yangi texnologiyalarni rivojlantirishga tobora ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha innovatsion texnologiyalar qo'llaniladi. Harakat tarkibi va uning tarkibiy qismlarini modernizatsiya qilish bosqichlarini hisobga oladigan bo‘lsak, temir yo‘l transportiga bosqichma-bosqich joriy etilayotgan zamonaviy poyezdlar harakati ishonchliligini oshirishga qaratilgan ularning shakli va boshqa sifatlarini yaxshilashga katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin. 
    G’ildirak juftligi vagon va lokomotivlarning emg muhim qisimlaridan biridir.
    Poyezdlar harakat xavfsizligi va harakatdagi tarkibning ishonchli ishlashi uning holatiga bog’liq g’ildirak juftligi va uning elementlarini o’lchashdagi obyektivkalarini faqat avtomat o’lchamlar ta’minlaydi.G’ildirak juftligining avtomat o’lchashning qo’zg’almas qurilmasi g’ildirak dumalash doirasi diametri,prokat,gardish kengligi,ichki qirralar oralig’i o’rkachlarning qalinligi uning gupchak osti diametri bo’yinlar va bo’rtiqlar diametri bo’yinlar uzunligi va bo’rtiqlar kengligini o’lchash uchun mo’ljallangan.
    G’ildirak juftligini avtomat nazorat qilishning eng mukammal qurilmasi Lelengrad temir yo’l muhandislari institutida T.F.N.I.M Zolotnikov rahbarligida yaratilgan.


    G`ILDIRAKLARNI TA’MIRLASH SEXIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI
    2.3.G`ildirak sexi asosiy sexlar blokida yoki alohida binoda joylashtirilishi mumkin.
    Bajarilayotgan ishlar hajmiga ko`ra sexda ikki turdagi ta’mirlash amalga oshiriladi. Elementlari almashtiriladigan (bandajlar, tishli g`ildiraklar, yaxlit g`ildiraklar, markazlar va o`qlar) va elementlari almashtirilmaydigan. Ta’mirlash ishlari texnologik jarayonga asosan mos yo`riqnomalar talablariga qat’iy rioya qilingan xolda amalga oshiriladi.
    Tozalangan va yuvish mashinasida yuvilgan g`ildirak juftliklari aravachalar sexidan g`ildirak sexining demontaj bo`limiga keltiriladi, bu yerda qo`lda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va labirint halqalari hamda rolikli podshipniklarning ichki xalqalarini echish uchun induktsion isitkichlar yordamida buksa uzellari yechib olinadi. Maxsus kichik o`lchamli press yordamida buksa korpuslaridan chiqarib olingan rolikli podshipniklar maxsus idishga solinadi va ta’mirlash uchun chayqalish podshipniklarini ta’mirlash ixtisoslashgan bo`limiga uzatiladi. Qopqoqlar, o`q tirgaklari va buksa korpuslari yuvish mashinasida yuviladi va ta’mirlashga uzatiladi. Labirint va masofa xalqalari yuviladi va maxsus tagliklarga yig`iladi, so`ng yig`ish uchun montaj bo`limiga uzatiladi. Ishlab chiqarish madaniyati va tozalikni ta’minlash maqsadida bo`lim buksa qismlarga ajratilishida korpuslaridagi qoldiq moylarni yig`ish uchun qurilmalar bilan jihozlangan. Qurilma pol ostida joylashtirilgan. Moy butun uchastkadan jelublar orqali pol ostida o`rnatilgan bakka oqib tushadi, u to`lishiga ko`ra yangisiga almashtiriladi.
    G`ildirak juftligi buksa uzeli yechib olinib, yaxshilab artib tozalangandan so`ng relsli yo`l bo`ylab defektoskoplash stendiga uzatiladi. Ko`zdan kechirib, o`lchashlar va defektoskoplash bajarilgandan so`ng usta ta’mirlash turini belgilaydi va g`ildirak juftligi mos bo`limga o`tkaziladi.
    G`ildirak juftliklari uchun eng ko`p uchrayligan ta’mirlash bandajlar va katta tishli g`ildiraklari almashtirilishi bilan bajariladigan ta’mirdir. G`ildirak juftliklari defektoskoplash stendidan mahkamlovchi xalqalarni yechish uchun g`ildirak-tokarlik bo`limiga keltiriladi. Bandaj bo`limi ham shu yerda joylashgan bo`lib, bu yerda elektr gornda brakka chiqarilgan bandajlar yechiladi.

    Presslar bo`limida g`ildirak markazi va brakka chiqarilgan yetakchi g`ildirak press yordamida chiqarib olinadi. Elementlari press yordamida chiqarib olingach, o`qning o`rnatish yuzalari magnitli defektoskop yordamida tekshiriladi va isitish usuli bilan yangi yetakchi tishli g`ildirak va g`ildirak markazini presslab o`rnatish uchun KJ15 rusumidagi stanokda ishlov berib, tayyorlanadi. Yetakchi tishli g`ildirak o`rnatilgan g`ildirak juftligi sovigandan keyin pressda siljish bo`yicha sinaladi va diagrammalari olinadi. Shunga o`xshash opreatsiyalar g`ildirak juftliklari shakllantirilgandan so`ng ham amalga oshiriladi. G`ildirak markazlari yuzalarini o`qqa nisbatan ekstsentrikligini bartaraf etish va o`qqa presslab o`rnatish to`g`riligini aniqlash uchun har bir g`ildirak juftligi perimetri va g`ildirak markazlari qirralari bo`yicha yo`niladi. Tekshirilayotgan yuzalarda nomutanosibliklar mavjud bo`lmasa bandajlarni o`rnatish uchun g`ildirak juftliklari bandaj bo`limiga uzatiladi.
    Brakka chiqarilgan elementlar almashtirilishi bilan bir vaqtda sexning mexanika bo`limida mos tamg`a va markirovkaga ega tanavarlardan yangi elementlar tayyorlanadi. O`rnatish yuzalariga ishlov berish prinsipi – val tizimi bo`yicha, ya’ni g`ildirak gupchagi o`qning yakuniy ishlov berilgan gupchak osti qismi bo`yicha, bandaj g`ildirak markazi chambari bo`yicha.
    Barcha yangi tayyorlangan va stanoklarda ishlov berilgan bandajlar defektoskoplash stendida magnitli nazoratdan o`tkaziladi va bandaj bo`limiga tezkor elektr isitkich qurilmasiga uzatiladi. Bandaj belgilangan 270°C haroratgacha isitilgach qurilma avtomatik tarzda elektr manbaidan uziladi, so`ng bandaj g`ildirak markaziga kiydiriladi va mahkamlovchi tirgak xalqa o`rnatiladi. Xalqa maxsus eguvchi stanokda tayyorlanadi. So`ng g`ildirak juftliklari bandajlari siqish burtlari M963 gidravlik pressda valtsovkalanadi. G`ildiraklar sovigandan so`ng g`ildirak-tokarlik bo`limida g`ildiraklarning aylanish yuzalariga g`ildirak-tokarlik stanoklarida ishlov beriladi.

    Download 2.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harakatdagi tarkibni ta’mirlashni nazorat qiluvchi avtomatlashgan qurilmalar va detallarni saralash

    Download 2.73 Mb.