Gildirak juftliklarini holatini baholash




Download 2.73 Mb.
bet3/7
Sana26.05.2023
Hajmi2.73 Mb.
#65280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Yangi (2)
Web sayt universitetlar, 5 glava
Gildirak juftliklarini holatini baholash
1.2.G‘ildirak nosozliklarini aniqlash operatsiyalarini bajarish (prokat, polzunlar, navarlar, grebenning qalinligi).Gildirak juftliklarini holatini baholash
G‘ildirak jufligi o’qining nosozliklarini aniqlash operatsiyalarini bajarish (yoriqlar, ishqalanishlar, g’ildirakning siljib ketishi).
G’ilidrak juftliklarining nosozliklarini aniqlash uchun g’ilidrak juftliklarining ayrim nosozliklariga xos bo’lgan xarakteristikalarni o’rganib chiqish lozim, ya’ni ularni keltirib chiqaruvchi sababalari hamda ularni aniqlash usullarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi:

1) Nosozlik.G’ildirak ichki qirralari orasidagi masofa norma masofasiga mos kelmaydi.


Hosil bo’lish sababi. G’ildirak juftligining relsdan chiqib ketishi
Aniqlash usuli. Shtixmas yordamida o’lchanadi.

2) Nosozlik.Obod, disk, stupitsa, g’ildirak yoki g’ildirak juftligining boshqa bir elementidagi yoriqlarning paydo bo’lishi.


Paydo bo’lish sababi.Metallning holati lokomotiv yukining relsga notekis tushishi, lokomotivning o’ta yuklanishi, detallarni ishlab chiqarishdagi texnologik xatoliklar va urinma yuklanishlar.
Aniqlash usullari.Tashqi ko’rik orqali chang valiklari, zangning to’dalanib qolishi yoki qishki mavsumda qirovtushishi orqali aniqlanadi.

3) Nosozlik. Grebenning o’tkirlanib qolishi.


Hosil bo’lish sababi. Yuk lokomotivi aravachalarining bazalaridagi nomuvofiqlik; bitta o’qqa mahkamlangan ikkita g’ildirak diametrlarining farqlanishi.
Aniqlash usuli. Tashqi ko’rik.




4) Nosozlik. Dumalanish yuzasining ruxsat etilgan ish normasidan ortiq yuklanishi.


Sababi. Ekspluatatsiyada tabiiy sababalarga ko’ra kelib chiqadi.
Aniqlash usuli. Absolyut shablon orqali o’lchab topiladi.
5) Nosozlik. Greben qalinligining ruxsat etilgan qiymatdan torayishi.
Sababi. G’ildirak juftlilari va relslarning tabiiy ta’sirlashishi natijasida paydo bo’ladi.


\Aniqlash usuli. Absolyut shablon orqali o’lchab topiladi.


6) Nosozlik. Grebenning vertikal kesilishi.


Sababi. Yuk lokomotivi yon ramalari orasidagi o’lcham farqlari, bitta o’qqa mahkamlangan ikki g’ildirak diametrlarining farqalnib qolishi.
Aniqlash usuli. Maxsus shablon orqali o’lchab topiladi.
7) Nosozlik. O’qning o’rta qisimi yuzasining ruxsat etilgan chegaradan ortiq ishqalanib qolishi.

Yuzaga kelish sababi. Tormoz-richagli uzatmaning noto’g’ri sozlanishi.


Aniqlanish usuli. Ikkita chizg’ich yordamida aniqlab topiladi.
8) Nosozlik. Elektrod yoki elektropayvand simi bilan kontaktdan so’nggi izlar.

Sababi. Lokomotiv detallarini ta’mirlashda payvandalsh ishlaridagi yo’l qo’yilgan xatolar.


Aniqlash usuli. Tashiq ko’rikdan o’tkazish.
9) Nosozlik. Obod (halqa) qalniligi ruxsat etilgan chegaradan toraygan.

Yuzaga kelish sababi. G’ildirak dumalanish yuzasining ta’mirlash vaqtidagi o’tkirlanishi.


Aniqlash usuli. Tolshinomer yordamida aniqlanadi.

10) Nosozlik. Halqasimon xarakterdagi charchashlarning normadan ortib ketishi.


Yuzaga kelish sabablari. Kompoziytsion kolodkalarni ishlab chiqarish texnologiyasiga qat’iy amal qilmaslik.
Aniqlash usuli. Ikkita chizg’ich yordamida o’lchab olinadi.

11) Nosozlik.Polzun ruxsat etilgan chuqurlikdan kattaroq chuqurlikkacha yetib borishi.
Visherbina 1 ruxsat etilgan qiymalardan ortib ketishi.
Yuzaki otkil (ajralish) – obod qirrasining ruxsat etilgan normalardan oshib ketishi natijasida tashqi yuzasining sinib (ajralib) ketishi.
Obodning (halqaning) mahalliy kengayishi (ezilish) ruxsat etilgan ezilish chegarasidan oshganida kuzatiladi.
Sabablari. Avtoregulyator, havotaqsimlagich, yuzga qarshi qurilma, richagli uzatmaning noto’g’ri sozlanmasi, poyezd tormoz magistralining noto’g’ri ishi natijasida, havo magistralidagi havo zichligining buzilishi, tormozlarni boshqarish qonun-qoidalariga amal qilmaslik g’ilidraklarning aylanmay qolishi, boksovkalanishini keltirib chiqaradi. Harakat tarkibining yo’ldan chiqib ketishi yoki g’ildiraklaning noto’g’ri transportirovkasi natijasida ham paydo bo’lishi mumkin.


Aniqlash usuli. Absolyut shablon yordamida o’lchab topiladi. Shuningdek, bunday turdagi nuqsonliklarni tolshinomer yoki chizg’ich (polzun chuqurligi jadvalining ma’lumotlaridan kelib chiqib) qo’llanilishi mumkin; kronsirkul va metrning qo’llanilishi ham ayrim hollarda o’rinli bo’ladi.

12) Nosozlik. G’ildirak stupitsasining o’q stupitsaosti qismida siljib qolishi (1)


Kelib chiqishi. G’ildirak juftliklariga shakl berish texnologiyasiga amal qilmaslik. Harakat tarkibining relsi yo’llardan chiqib ketishi.

Aniqlash usuli.Mazkur nosozlikning sababi – stupitsa ostida zang yoki moyning g’ildirak tashqi tomoniga o’tib ketishidir. Bu holat g’ilidrakning tashqi perimetri bo’yicha kuztiladi.


13) Nosozlik. «Navar» ning normadan oshib ketishi.


Hosil bo’lish sababi. Lokomotiv tormozlash rejimining buzilishi.
Aniqlash usuli. Absolyut shablon yoki tolshinometr orqali aniqlanadi.
Mos asbob-uskunalar yordamida g’ildirakning texnik holatini umumiy baholash mumkin.

Prokat absolyut shablon yordamida o’lchanadi: a) g’ildirakning ichki qirrasidan 70 mm masofada, ya’ni eng yemiriladigan qismda. Prokatning hajmini aniqlash uchun shablonni g’ildirak dumalanish yuzasiga qo’yilib, tayanch skobasi greben cho’qqisiga tayanishi kerak bo’ladi. O’lchov oyoqchasi 2 ni 1 dumalanish yuzasigacha tushirib, 2 vertikal shkala yordamida prokat hajmini nonius shkalasida aniqlanadi.







1.1-rasm. a) absolyut shablon; b), v) o’lchov elementi

Prokatning hajmiy kattaligini dvijok shkalasidagi bo’linish elementlarining nonius shkalasidagi birinchi belgisigacha bo’lgan sonidan kelib chiqib baholanadi. So’ng esa ikkala shkalada mos tushuvchi riskalarni aniqlab, defect (nosozlik)ning umumiy kattaligi aniqlashtiriladi. Nonius shkalasidagi bo’linish 0,1 mm ni tashkil qiladi. b) rasmda prokat miqdori nolga, v) rasmda esa – 2,6 mmga teng.


Notekis prokatda g’ilirakning dumalnish yuzasidagi bir qancha uchastkalar alohida ko’rib chiqiladi va g’ilidrakning to’liq diametri bo’ylab prokatning maksimal qiymati hamda maksimal va minimal qiymatlarining farqi hisobga olinadi.
Xuddi shu shablon yordamida dumalanish yuzasidagi polzunlar aniqlanadi. Buning uchun shablonni prokatni o’lchashdagi kabi joylashtiriladi. Shablonning o’lchov oyoqchasini vertikal chiziq bo’ylab polzunning eng chuqur nuqtasigacha tushiriladi. Polzunnning chuqurligini chuqurlik va prokat orasidagi masofa ko’rinishida ifodalanadi. Bunda o’lchov oyoqchasi g’ildirak halqasining ichki qirrasidan o’zgarmas masofada turishi kerak.
Greben vertical yemirilishga ham uchrashi mumkin (kesilish), bunday nuqsonlikni maxsus VPG shabloni yordamida dvijokning vertical qirrasi va g’ilirakning qirrasi orasida 18 mm balandlikda hech qanday zazorning yo’qligiga qarab aniqlash mumkin. Vertikal kesilishni aniqlash uchun ochiq oyoqchali ugolnik shablonini g’ilirakning ichki qirrasiga zich qisib qo’yiladi. Dvijok 2 g’ilriak grebeniga zich yaqinlashtirilib, stoporvinti yordamida mustahkamlab qo’yiladi. Agar dvijok bazasi greben yuzasi bilan yuqori qismda 18 mm masofada bir-birig ategib tursa, bunday kesilish (podrez) xavfli hisoblanadi.

1.2-rasm. Absolyut shablon VPG shabloni

Greben qalinligi maxsus shablon masofasi yordamida, shablon 3 gorizontal dvijogidan 18 mm masofada, uning greben bilan jipslashishigacha, yoki 25 mm qalinlikdagi yaroqsizlik yorig’iga qadar o’lchab boriladi.





1.3-rasm. Tolshinomer

G’ildirak obodi (halqasi)ning qalinligi dumalanish yuzasidagi eng yaroqsiz qismida tolshinomer yordamida o’lchanadi. Shuning uchun shablonning o’lchov oyoqachasi 3 ni 1 chizg’idan 70 mm masofada o’rnatiladi. Chizg’ich shablonini g’ildirak obodi ichki qirrasiga zich jipslashtirilib, chizg’ichning quyi qismidagi bo’rtiqlikni esa obodning ichki qismiga kirgizib qo’yiladi va o’lchov oyoqchasini 2 dvijok orqali g’ilirak bilan jipslashmagunicha yaqinlashtirib qo’yiladi.


Tolshinomer yordamida polzunlar, visherbinalar, navarlarning balandligini aniqlash mumkin.
Bunday nuqsonliklar (defektlar)ning miqdorini shu nuqsonliklar joylashgan obod qisimdagi qalinlik va ular bo’lmagan obod uchastkasining qalinligi bilan solishtirilib baholanadi.
Dumalanish aylanasi bo’ylab diametrlarni aniqlash DK skobasi yordamida amalga oshiriladi. O’lchovlarni amalga oshirish uchun 1 stoporvintis usaytiriladi va 2 harakatchan babka orqali skobani tayanch yuzalari 3 bilan g’ilirak obodining ichki qirrasiga qisib qo’yish kerak, harakatchan babka 5 ni esa stopor vinti yordamida mustahkamlab qo’yiladi.



1.4-rasm. DK skobasi


O’lchov ko’rsatkichlari asosiy shkala va nonius orqali tahlil qilinadi. 4 va 5 babka chekkalarini maksimal diametr holatida g’ilirakning yuzasi bilan jipslashishigacha surish lozim.


G’ilirak diametrlarini o’lchash har bir g’ildirak uchun kamida 3 marta bajarilib, turli diametr kesim yuzalarida o’tkaziladi. G’ildirak diametrining amaldagi o’lchami sifatida esa yuqoridagi uchta o’lchash natijlaarining o’rtacha qiymati qabul qilinadi.
G’ildirak ichki qirralari orasidagi masofa РВП shtangeni yordamida o’lchanadi. O’lchov asbobining shtangasi 3 da bitta oyoqcha 4 qo’zg’almas qilib mustahkamalngan bo’lib, boshqa oyoqchasi 1 esa harkatlanishi va 2 vint orqali stoporlanishi mumkin.



1.5-rasm. RVPshtangeni


1.3.Asbob va uskunlar: g’ildirak juftligi, absolyut shablon, maxsus shablon, tolshinometr, metall chizg’ich.
Poyezdlarning harakat xavfsizligi g’ildirak jutliklarining konstruksiyasi, tayyorlangan materiali, ishlab chiqarish va ta’mirlash texnologiyasi hamda ko’rikdan o’tkazish sifatiga bog’liq bo’ladi. G’ildirak juflitklarining konstruksiyasi poyezd harakatining yumshoqlik darajasi, harakatga qarshilik hamda vagon bilan yo’lning o’zaro ta’sirlashish kuchlari qiymatiga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish tiplari, asosi yo’lchamlarda standartlari bilan, saqlash va xizmat ko’rsatishesa “Texnik foydalanish qoidalari” (TFQ) hamda “Lokomotiv g’ildirak juftliklarini ko’rikdan o’tkazish, nazorat qilish, ta’mirlash va shakllantirish yo’riqnimasi” (ST3429) ga muvofiq o’rnatiladi.
Poyezdlarning harakat xavfsizligini xavf ostiga soladigan g’ilidrak juftliklarini aniqlash uchun lokomotivlar ostida ko’rik o’tkaziladi. Ta’mirlangan g’ildiraklarning sifatini nazorat qilish esa to’liq guvohlik asosida amalga oshiriladi.
G’ildirak juflitklarini tekshirishda ulardagi o’lchamlarning va yemirilishlarning o’rnatilgan normalarga mosligi ko’riladi.



Download 2.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gildirak juftliklarini holatini baholash

Download 2.73 Mb.