Lokomotivlar g‘ildiraklarini ta’mirlash




Download 2.73 Mb.
bet6/7
Sana26.05.2023
Hajmi2.73 Mb.
#65280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Yangi (2)
Web sayt universitetlar, 5 glava
Lokomotivlar g‘ildiraklarini ta’mirlash.
2.4G‘ildirak juftliklarini elementlari almashtirilgan xolda ta’miri bandaj, tishli g‘ildiraklarni almashtirish zarurati bo‘lganda, shuningdek g‘ildirak markizini o‘qqa normal o‘rnashuvini tiklash uchun lokomotivlarni ta’mirlash zavodlarida va ixtisoslashtirilgan ustaxonalarda bajariladi. JT-3 joriy ta’mirida g‘ildirak-motor bloklari (g‘ildirak juftliklari bilan tortuv elektr motorlari) lokomotiv ostidan aravachalar bilan birgalikda chiqarib olinadi. G‘ildirak-motor bloklarini yakka xolda chiqarib olish ko‘tarish-tushirish moslamasi bilan jihozlangan maxsus kanavalarda amalga oshiriladi. G‘ildirak juftliklari bandajlari prokati g‘ildirak-motor bloklari qismlarga ajratilgandan keyin g‘ildiraklarni yo‘nish tokarlik stanoklarida, lokomotiv ostidan chiqarib olmasdan esa TK-3, TK-4, JT-1, JT-1k larda KJ-20 turidagi maxsus g‘ildirak-frezerlash stanoklarida bartaraf etiladi. Bandajlarni yo‘nish uchun lokomotiv past qismida stanok o‘rnatilgan ko‘chma rels kiritmalariga ega kanavaga o‘rnatiladi. Tortuv elektr motorlari domkratlarda osiladi, relsli kiritmalar chekkaga suriladi va g‘ildirak juftligi motor-o‘q podshipniklariga osilgan xolda qoladi. G‘ildirak juftligi o‘zi o‘rnashgan tortuv elektr motori yordamida (220-380 V kuchlanishli tashqi manbadan oziqlanadi) aylantiriladi. Aylanayotgan g‘ildirak juftligi bandajlariga mos profilli frezalar o‘rnatilgan supportlar uzatiladi. Ishlov berish prokat bartaraf etilgunga qadar davom etadi. Lokomotiv ostidan chiqarib olingan g‘ildirak juftligining grebenining yedirilgan yuzalari A482 turidagi maxsus ikki yoyli apparatlar yordamida flyus ostida payvandlab qoplash va keyingi mexanik ishlov berish (stanokda) yo‘li bilan tiklanadi. Shuningdek, g‘ildirak juftliklarini lokomotiv ostidan chiqarib olmasdan R643 ikki yoyli apparati yordamida payvandlab qoplash va keyin stanokda ishlov berishga ruhsat etiladi. G‘ildirak markazida bandaj o‘rnashuvi bo‘shashishi bandajni qayta o‘rnatish orqali tiklanadi. Depo sharoitlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan bandajlar 320°C haroratgacha qizdirilgan xolda yechib olinadi. Yaroqsiz bandajlar esa g‘ildirak markaziga shikast yetmaydigan xolda kesib olinadi. Yechib olingan bandaj sovigandan keyin defektoskoplanadi va tig‘izlik, ovallik hamda konuslikni aniqlash uchun o‘lchanadi. Kerakli tig‘izlik hosil qilish uchun 320°C haroratgacha qizdirilgan bandaj va g‘ildirak markazi orasiga aylana bo‘yicha mos qalinlikdagi po‘lat qistirma yoki yig‘ma qistirmalar (4 tagacha) joylashtiriladi. Bandaj joyiga o‘rnatilgandan keyin 200°C gacha sovitiladi va mahkamlash xalqasi kiritilib, bandaj burti siqiladi. Bandaj yuzasidagi darzlar magnitli defektoskop yordamida, yashirinlari esa ultratovushli defektoskop yordamida aniqlanadi. Darzlarga ega o‘qlar va bandajlar yaroqsizga chiqariladi, o‘qi yaroqsizga chiqarilgan g‘ildirak juftliklari hisobdan chiqariladi. O‘q sheykalaridagi chizilishlar, tirnalishlar, ezilishlar va korroziya izlari ruhsat etilgan o‘lchamlardan ortiq bo‘lmasa, tozalanadi. Sheykalarda ko‘ndalang darzlar bo‘lishiga ruhsat etilmaydi. Mortor-o‘q sheykalaridagi 0,5 mm dan katta bo‘lgan yuza shikastlanishlari, ovallik va konusliklar silliqlash va keyin stanokda sayqallash orqali bartaraf etiladi. Motor-o‘q sheykasining eng kichik ruhsat etilgan diametri 198 mm. JT-3 davrida tishli g‘ildirak tishlarida yedirilishlar va darzlar yo‘qligi, g‘ildirakni o‘qqa joylashuvi zichligi bo‘yicha tekshiriladi. Tishi singan yoki tish asosida darzlar mavjud bo‘lgan tishli g‘ildiraklar almashtiriladi. Tish qalinligini 3 mm gacha kichrayishiga ruhsat etiladi. Qayishqoq tishli uzatma qo‘llanilgan g‘ildirak juftliklarida JT-3 ta’mirida g‘ildirak qismlarga ajratilgandan keyin rezina metall elementlar holati tekshiriladi. Teplovozni JT-3 ta’miridan chiqishida aylanish yuzasi bo‘yicha diametrlari farqi 12 mm gacha, kapital ta’mirdan chiqishida esa 9 mm gacha bo‘lgan g‘ildiraklar o‘rnatilishiga ruhsat etiladi. G‘ildirak-motor blokini yig‘ishdan oldin “moy uchun” tirqish, tig‘izlik va ichquymalarni o‘rinlariga joylashuvi, g‘ildirak juftligi o‘qida tortuv elektr motorining o‘q bo‘yicha mutanosibligi normal bo‘lishi uchun motor-o‘q podshipniklari ichquymalari tanlanadi va moslashtiriladi; tishli uzatma tishlari normal ilashuviga erishish uchun tortuv reduktori detallari tanlanadi. G‘ildirak-motor blokini yig‘ish uchun tortuv elektr motori o‘rnatmaga motoro‘q podshipniklari joylashuv o‘rinlari yuqoriga qaratilgan xolda o‘rnatiladi. Ostovning joylashuv o‘rinlariga ichquymalar joylashtiriladi, unga kran yordamida g‘ildirak juftligi tushiriladi, tashqi ichquymalar o‘rnatiladi, qistirmalar qo‘yiladi va motor-o‘q podshipniklari qopqoqlari mahkamlanadi. Qopqoqlar o‘rnatilgandan keyin podshipniklardagi “moy uchun” tirqish, g‘ildirak juftligi o‘qida tortuv elektr motorining o‘q bo‘yicha mutanosibligi, tishli uzatma tishlari orasidagi yonlama tirqish tekshiriladi. Zarurat bo‘lsa rostlash ishlari bajariladi. Tortuv reduktori kojuxi mahkamlanadi. Yig‘ilgandan so‘ng g‘ildirak juftligi erkin aylanishi lozim. Yig‘ilgan g‘ildirak-motor bloki sinash uchun yurish sinovlari o‘tkazish stendiga o‘rnatiladi, tortuv reduktori kojuxi va motor-o‘q podshipniklari qopqoqlariga moy quyiladi. Stendda tortuv elektr motori o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi va yakor har ikki tomonga 30 daqiqadan aylantiriladi. Buksaga tushuvchi yuklama bir maromda 10 kN dan 40 kN gacha orttiriladi. Sinovlar vaqtida detallarning mahalliy qizishi tekshiriladi, ularning harorati 60°C dan ortmasligi kerak.

Download 2.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokomotivlar g‘ildiraklarini ta’mirlash

Download 2.73 Mb.