Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari




Download 7.41 Mb.
bet33/209
Sana25.03.2019
Hajmi7.41 Mb.
#4456
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209
3. Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari

Informatika fani predmeti haqida. Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadryatlardan biri bo`lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshoatlarni puxta qilib yaratish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og`izdan – og`zga ko`chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat – elatlarning mavqyini belgilovchi manba va boylik sifatida qaralgan. Urush yoki tahlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar hayot – mamot masalasi bo`lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to`g`ri tahlil qilish kabi masalalar dolzarb bo`lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog`oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ishtirok qilgan. To`g`ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan, deyish mumkin.

Ishlab chiqarish kuchlari hamda fan – texnika yuqori cho`qqilarga ko`tarilgan zamonda ham ma’lumot yoki axborot o`ta muhim ahamiyatga ega tovar (xom ashyo) sifatida namayon bo`ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq, hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o`z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog`liq desak mubolag`a bo`lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch – qudrati, bir tomondan, o`z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, hisoblash mashinalari (kompyuterlar), zamonaviy axborot texnologiyalarini o`zlashtirganliklarida namoyon bo`ladi. Haqiqatan ham, kompyuter, aniqrog`i u va uning imkoniyatlarini nihoyatda kengaytiradigan unga ulanuvchi yordamchi qurulmalar majmuasi quyidagi sxemaga ko`ra ma’lumotni qayta ishlaydi, o`zidan o`tkazadi:

Ko`p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo`ladi, unda hosil qilingan axborot esa o`z iste’molchisiga ega bo`lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadirlanadi. Kompyuterlar imkoniyatlarining takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotning turli sohalariga intensive tarzda kirib borishi mos fan sohasining jumladan, informatika fani predmetining bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o`qitishda har bir soha mutaxassislariga muayan bilim va ko`nikmalar majmuasini berish imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo`sindagi majburiylik kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dasturlar zaxirasi katta bo`lgani uchun bir kishi tomonidan to`laqonli o`zlashtirilishi nihoyatda mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shu bois biz informatika fani dasturini mutaxassisliklarga ko`ra uch turga ajratishni taklif etamiz: fizika – matematika, mexanika va muhandislik kasblari, tabiiy fanlar hamda gumanitar fanlar uchun alohida.

4. Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash prinsipi.





Download 7.41 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209




Download 7.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari

Download 7.41 Mb.