• Axborot texnologiyalari
  • Tashqi sarlavha




    Download 7.41 Mb.
    bet32/209
    Sana25.03.2019
    Hajmi7.41 Mb.
    #4456
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209
    Axborot texnologiyalari

    Axborot texnoligiyalarining takomillashishsi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. “Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so`zi lotincha “thexnos” – san’at, hunar, soha va “logos” – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajaraishda uning turli xil usullari ko`rinishini bildiradi.



    Axborot texnologiyalari axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.

    Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo`lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:



    Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

    Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

    Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli, rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan axborot qutrilmalari kerak bo`ladi.

    Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishning avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:

    ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlaydi;

    barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni layihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

    axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy – metodik birlashmalar va h.k)

    texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan to mikroskopgacha), ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

    telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo`ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;

    ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k).

    Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o`zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o`z ichiga oladi:

    kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimediya proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

    uskunaviy dasturiy ta’minot;

    virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;

    axborotlar majmui – ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;

    texnik ko`nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o`zgartirish va h.k.).

    Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:

    ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlash;

    barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

    axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish;

    texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

    telekommunikatsiya tarmoqlari;

    ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.z).



    Multimediya vositalari. Multimediya – zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida matn, tasvir, grafik, animatsiya, jadval, audio, video effektlarni o`zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berish texnologiyasidir.

    Hozirgi zamon talabi hisoblangan masofadan o`qitishda multimediya vositalaridan keng foydalaniladi. Talabalarni oliy o`quv yurtlarida multimediyali vositalaridan foydalanib o`qitishning afzalliklari quyidagilardir:



    1. talaba materialni chuqur va mukammal o`rganadi;

    2. ta’limni istalgan vaqtda o`z vaqtiga qarab olishi mumkin. Bunda talabaning vaqti tejaladi;

    3. bunday bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi;

    4. talab o`zi xoxlagan oliy o`quv yurtining ta’lim tizimi bilan tashishi mumkin.

    Multimediyaning xususiyatlari:

      • axborotning xilma – xil turlarini, ya’ni an’anaviy turlaridan (matn, jadval, chizmalar va h.k.) tortib to orginal (nutq, musiqa, videofilmlar, televizion kadrlar, animatsion suratlar va h.k.) turlarigacha bitta dasturiy mahsulotda mujassamlashtiradi;

      • bunday axborotlarni foydalanuvchiga yetkazib berishda turli zamonaviy elektron qurilmalardan (mikrofon, audio va video tizimlar, kompakt – disklar, televidenya, videomagnitofon, videoproektor, elektron musiqa asboblari va h.k.) keng foydalaniladi;

      • bunday ma’lumotlarni kompyuterda tahrir qilish, qayta ishlash imkonini beradi;

      • “Inson - kompyuter” muloqati yangi darajada, ya’ni yanada ko`rgazmaliroq va qulayroq ko`rinishda olib boradi.

    Multimediyali o`qitish ayniqsa ta’lim berish tizimida qo`llash juda katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o`rganilayotgan soha tinglovchilarga yanada tushinarliroq bo`ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bizning Respublikamiz ta’lim tizimida ham keng ko`lamda foydalanilmoqda. Bunday o`qitishning masofadan o`qitish uslubi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.

    Masofadan o`qitish uslubida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga oladi.



    • Audiokonferentsiyalar;

    • Videokonferentsiyalar;

    • Ish stolidagi videokonferentsiyalar;

    • Elektron konferentsiyalar (E-Mail, On-line services);

    • Ovoz kommunikatsiyalari (Voice mail);

    • Ikki tomonlama sputnik aloqa;

    • Virtual borliq;

    • Virtual ko`rgazma;

    • Bosma materiallar;

    • Audiokasetalar;

    • Videokasetalar;

    • Bir tomonlama sputnik aloqalar;

    • Television va radio ko`rsatuvlari va eshittiruvlari;

    • Disketa va CD ROM, DVD lar.




    Download 7.41 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209




    Download 7.41 Mb.