• 2. Formula kiritish va uni tahrirlash.
  • Avtoyig`indi.
  • Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika




    Download 7,41 Mb.
    bet18/56
    Sana18.09.2020
    Hajmi7,41 Mb.
    #11417
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56

    4.6–mavzu: FARMASEVTIKA SOHASIGA OID JADVAL MA'LUMOTLARINI GURUHLASH, TARTIBLASH, SARALASH VA FILTRLASH.FARMASEVTIKA VA TIBBIYOT MASALALARINING DIAGRAMMA VA GRAFIKLARINI YARATISH. UMUMLASHGAN ELЕKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH TЕXNOLOGIYASI.



    Reja

    1. Diagrammalar ustida ishlash.

    2. Formula kiritish va uni tahrirlash.
    Tayanch iboralar: Microsoft Office, elektron jadval, formula, funksiya, menyu.
    1. Diagrammalar ustida ishlash.

    Sahifa parametrini o`zgartirish. Qoida bo`yicha, printerda ishlatiladigan qog`oz o`lchami bilan sahifa o`lchami mos kelishi kerak. Bu o`lchamni o`rnatish uchun menyular satrining Файл bo`limidan Параметры страницы buyrug`ini ishga tushurish kerak. Yoki agar oldindan ko`rish rejimi ishlatilayotgan bo`lsa, u holda uning [Страница] tugmasini bosish kerak.

    Bu buyruq ishga tushirilgandan keyin, ekranda quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi.

    Sahifa o`lchamini tanlash uchun Размер бумаги ochiluvchi ro`yxatdan tanlash mumkin. Качество печати ochiluvchi ro`yxatdan kerak bo`lgan chop qilish varianti tanlanadi.

    Ориентация maydonida sahifaning quyidagi joylash holatlaridan biri tanlanadi: vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная).

    Масштаб maydonida esa ish kitobidagi mavjud ma’lumotni qog`oz o`lchamiga moslashga harakat qilinadi:

    Установить % от натуральной величины – agar ish kitobini tashkil qiluvchilari kattalshtirilgan yoki kichiklashtirilgan holda chop qilinishi kerak bo`lsa, u holda shu buyruqqa belgi qo`yilib, sonli maydonda kerakli masshtab kiritiladi.

    Разместить не более чем на – agar ish kitobini cheklangan sondagi sahifalarda chop qilish kerak bo`lsa, u holda shu buyruqqa belgi qo`yilib, eni va bo`yi boyicha sahifalar soni kiritiladi.

    Номер первой страницы maydonida qanday qiymatda sahifalarni raqamlashni boshlashni kiritish mumkin.

    Maydonlar qo`yish. Muloqat oyaning Поля bo`limi sahifaga hoshiyalar qo`yishga yordam beradi (Верхнее - yuqoridan, Нижнее - quyidan, Левое - chapdan va Правое – o`ngdan qo`yiladiga maydon o`lchami kiritiladi). Bundan tashqari, sahifaga yuqoridana va quyidan kolontitullar qo`yish mumkin (Верхнего колонтитула – satrida yuqori kolontitulgacha va Нижнего колонтитула – satrida quyi kolontitulgacha masofa o`lchami kiritiladi.

    Agar ish kitobini tashkil etuvchisi sahifaning bir qismnigina egallagan bo`lsa, u holda Центрировать на странице maydonidagi Горизонтально va Вертикально buyruqlariga belgi qo`yish bilan mavjud ma’lumotni sahifaning markaziga joylashtirish mumkin.



    Kolontitullarni o`zgartirish. Yuqori va quyi kolontitullar – har bir chop etiladigan sahifaning yuqori va quyi qismida joylashgan ma’lumotlar satri. Колонтитулы bo`limini ishga tushirish bilan, kolontitullarni o`rish, yuqori va quyi kolontitullarni kiritish imkonini beradi. Kolontitullar uch qismdan iborat bo`ladi: chap, markaziy va o`ng.

    Ochiladigan Верхний колонтитул va Нижний колонтитул kolontitullarda Excel tayyorlagan kolontitullar ro`yxati hosil qilinadi. Agar ulardan qaysisi maqul bo`lsa, uni tanlash mumkin. Agar keltirilgan kolontitullar kerakmas bo`lsa, u holda Нет bo`limini faollashtirish kerak.

    Bundan tashqari agar taklif etilgan kolontitullardan yoqmasa, u holda foydalanuvhi o`zi mustaqil kolontitul hosil qilishi mumkin. Buning uchun [Создать верхний колонтитул] va [Создать нижний колонтитул] – tugmalari ishga tushirilib, kerakli ma’lumotlar kiritiladi.

    Qo`shimcha parametrlar. Лист bo`limini ishga tushirish bilan chop qilishning qo`shimcha parametrlarini berish mumkin. Agar ish kitobining ishchi varag`idagi ma’lumbir kataklar chop qilinishi kerak bo`lsa, u holda Выводить на печать диапазон maydonida kerakli diapazon kiritilishiu kerak.

    Agar jadval bir necha sahifalardan iborat bo`lsa, Печатать на каждой странице maydonida chop qilinishi kerak ustun va satrlarni berish mumkin. Сквозные строки va Сквозные столбцы satrlarda jadvalning sarlavhasini tashkil qiluvchilarini berish kerak.

    Печать maydonida quyidagilar amalga oshiriladi:

    Сетка – belgi qoyilsa, u holda yacheykalar orasida to`rlar hosil qilinadi, aks holda to`rlar chop hosil qilinmaydi;

    Черно-белая – belgi qo`yilsa, ishlatilayotgan printer rangsizligini ko`rsatish lozim;

    Черновая – chop qilishni tezlashtirish uchun ish kitobini to`rlarsiz va grafik ob’ektlarsiz chop qilish;

    Заголовки строк и столбцов – belgi qo`yilsa, u holda chop qilishga satr va ustunlar raqamlarini kiritish kerak;

    Asosiy e’tiborni Последовательность вывода страниц almashtirgichga qaratish lozim. Gap shundaki, ish kitobining bir varag`iga bir necha sahifa joylashishi mumkin. Bu sahifalarning chegaralari ingichka kesik chiziqlar yordamida ajratilgan bo`ladi. Chop qilishda katta ish jadvallarini Вниз, а затем вправо - “Past va o`ng” yoki Вправо, а затем вниз – “O`ng va past” qoidalariga binoan bo`laklarga bo`lgan holda chop qilish mumkin.

    Jadvalning tashkil etuvchilarini formatlash. Jadvalni qulay va ko`rkam qilish uchun uning elementlarini formatlash kerak bo`ladi.

    Shriftni o`zgartirish. Shriftlarni sozlashda katakdagi barcha berilganlarning, ya’ni matn va sonlarning shrifti va ularning o`lchamlari o`zgaradi. Shriftni o`zgartirish uchun Форматирование uskunalar panelidan ochiluvchi [Шрифт] ro`yxatida joylashgan biror shriftni tanlash mumkin. Yoki menyular satridan Формат bo`limining Шрифт buyrug`ini ishga tushurish lozim. Shriftni o`zgatririshda avvalo, kerakli katakni ajratib olish lozim. Agar ishchi varag`i to`liq ajratilgan bo`lsa, u holda shriftni o`zgartirish undagi barcha kataklarga ta’sir qiladi. Agar hech qanday katak ajratilmagan bo`lsa, u holda faol katak shrifti o`zgaradi.

    Shrift o`lchamini o`zgartirish. Xuddi shu yo`l bilan shrift o`lchamini o`zgartirish mumkin. Lekin buning uchun Форматирование uskunalar panelidan ochiluvchi [Размер] ro`yxatida joylashgan biror o`lcham tanlanadi. Yoki menyular satridan Формат bo`limining Шрифт buyrug`ini ishga tushurilib, hosil bo`lgan muloqat oynaning [Размер] satridan kerakli o`lcham tanlanadi.

    Tekislash. Kataklarda joylashgan ma’lumotlarni katakning chapida, o`ngida va markazida joylashtirish mumkin. Odatda Excel dasturida sonlar katakning o`ng cheti bo`yicha, matnlar esa chap cheti bo`yicha tekislanadi. Bunday holatni o`zgartirish ham mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratiladi va Форматирование uskunalar panelida joylashgan quyidagi tugmalardan keraklisi:

    [По левому краю] – katakdagi berilganlarni katakning chap cheti bo`yicha tekislash;

    [По центру] – katakdagi berilganlarni katakning markaziga joylash;

    [По правому краю] – katakdagi berilganlarni katakning o`ng cheti bo`yicha tekislash.

    Bundan tashqari, matnni yoki ma’lumotni bir necha katalarning markaziga joylash ham mumkin. Shu yo`l bilan jadvalning sarlavhasini hosil qilish mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratilib Форматирование uskunalar panelidagi [Объединить и поместить в центре] tugmasi bosiladi.



    Jadvalda ajratish chiziqlarini qo`yish. Odatda jadvalda ajratish chiziqlari bo`lmaydi (katak chegaralari). Jadvalni qulay va o`qishga oson qilish uchun bu chegaralarni, ya’ni ramkalar qo`yish lozim. Buning uchun Форматирование uskunalar panelidan [Границы] tugmasidan foydalaniladi. Bu tugma bosilganda, unda 12 ta piktogramma hosil bo`ladi. Belgilangan katak yoki kataklar guruhini “ramka” ga olish (chegaralash) uchun mos piktogrammani bosish lozim.

    Satr, ustun va kataklar qo`yish va ularni yo`qotish. Ba’zan jadvallarni tahrirlashda, unga qo`shimcha katak, satr va ustunlar o`yishga to`g`ri keladi. Qo`shimcha katak qo`yish uchun, jadvalning kerakli qismiga kursor joylashtirilib, menyular satrining Вставка bo`limidan Ячейки buyrug`idan foydalaniladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`ladi. Bu oynada katakni qaysi tomonga siljitishni tanlash lozim (Ячейки со сдвигом вправо – o`ngga siljitish yoki Ячейки со сдвигом вниз – quyiga siljitish).

    Agar bu muloqat oyananing Строку yoki Столбец buyruqlaridan biri tanlansa, u holda alohida katak o`rniga mos holda qo`shimcha satr va ustun qo`yiladi. Jadvalga qo`shimcha ustun yoki satr qoyishning yana bir usuli menyular satridan Вставка bo`limining mos holda Столбцы yoki Строки buyruqlaridan birini tanlash etarli. Bundan tashqari kontekst menyuning Добавить ячейки buyrug`idan foydalanib jadvalga qo`shimcha katak, satr yoki ustun qo`yish ham mumkin.

    Katak, satr va ustunlarni yo`qotish. Jadvalda keraksiz katakni yo`qotish uchun unga kursor o`rnatilib, menyular satridan Правка bo`limining Удалить buyrug`ini ishga tushirish zarur. Hosil bo`ladigan muloqat oynada katakni qayoqqa siljitishni ko`rsatish lozim.

    Agar bu muloqat oyananing Строку yoki Столбец buyruqlaridan biri tanlansa, u holda alohida katak o`rniga mos holda kursor turgan satr yoki ustun yo`qotiladi. Bir necha kataklar, satr va ustular yo`qotish uchun ularni ajratilish shart. Bundan tashqari kontekst menyuning Добавить ячейки buyrug`idan foydalanib jadvalga qo`shimcha katak, satr yoki ustun qo`yish ham mumkin. Yo`qotishda shunga e’tibor berish kerakki, qaysiki yo`qotish vaqtida ba’zi kataklardagi formulalar o`zgarishi mumkin.



    Ish kitobining ishchi varag`ini qo`yish, yo`qotish va uning nomini o`zgartirish.

    Qo`shimcha varaq qo`yish yoki varaqni yo`qotish

    Kerak bo`lganda nafaqat qo`shimcha katak, satr yoki ustunlar balki, ish kitobiga qo`shimcha ishchi varaqlar ham qo`yish mumkin. Buni amalga oshirishning quyidagi usullari mavjud:

    Menyular satridan Вставка bo`limining Лист buyrug`ini ishga tushirish;

    “Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Вставить buyrug`ini tanlash;

    Klaviaturadan [Shift]+[F11] tugmalar kombinatsiyasini bosish.

    Yuqoridagilardan ixtiyoriy birini bajarish joriy ish kitobida yangi varaqni hosil qiladi. Bu varaq joriy varaqdan oldin joylashgan bo`ladi va avtomatik tarzda faollashadi.

    Agar biror varaq kerak bo`lmasa yoki bo`sh varaqni nish kitobidan olib tashlash kerak bo`lsa, bu holda quyidagi ikki usuldan foydalanish mumkin:

    Menyular satridan Правка bo`limining Удалить лист buyrug`ini ishga tushirish;

    “Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Удалить buyrug`ini tanlash. Bunda yo`qotishni tasdiqlash so`rov oyasi hosil bo`ladi va uni tasdiqlash lozim.

    Ish kitobidan biror varaq yo`qotilsa u qayta tiklanmaydi.

    Ishchi varaq nomini o`zgartirish. Varaqning yorlig`ida uning nomi hosil qilinadi. Odatda ish kitobi varaqlari nomi “Лист 1”, “Лист 2” va h.k. kabi nomlangan bo`ladi. Bu nomlarni mazmunli nomlarga o`zgartirish mumkin. Buning uchun quyidagi usullardan biridan foydalanish lozim.

    “Лист” yorlig`ida sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosish. Natijada varaq nomi ajaratiladi va unda yangi nomni kiritib, [Enter] tugmasini bosish kerak. Yorliqda yangi nom hoisil bo`ladi;

    “Лист” yorlig`ida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish va hosil bo`lgan kontekst menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish kerak;

    Menyular satridan Формат bo`limining Лист buyrug`i tanlanadi, hosil bo`lgan ost menyudan Переименовать buyrug`ini ishga tushirish. Bundan tashqari bu ost menyuda quyidagi buyruqlaridan ham foydalanish mumkin:

    Скрыть – joriy varaqni yashirish;

    Отобразить – yashirilgan varaqni hosil qilish (yashirilgan varaq nomini tanlash lozim).

    Varaq nomi 31 ta belgidan iborat bo`lishi mumkin. Nomad oraliq ham ishtirok etishi mumkin. Juda uzun nomlar maqsadga muvofiq emas, chunki u keng yorliqni talab etadi.

    Satrlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda satrlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Строка buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

    Высота – satr balandligi o`lchamini kiritish;

    Автоподбор высоты – ajratilagan satrlar uchun eng baland satr o`lchamini avtomatik tanlash;

    Скрыть – satrni yashirish;

    Отобразить – yashirilgan satrlarni hosil qilish.

    Ustunlarni formatlash. Ish vaqtida, ayniqsa katta jadvallar bilan ishlashda ko`p hollarda ustunlardagi ma’lumotlarni ularda to`liq joylashishini hal qilishga to`g`ri keladi. Buni amalga oshirish uchun menyular satrining Формат bo`limidan Столбец buyrug`idan foydalaniladi. Bu buyruq tanlanganda ost menyu hosil bo`ladi, bu menyuning buyruqlari yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

    Ширина – ustun eni o`lchamini kiritish;

    Автоподбор ширины – ajratilagan ustunlarni eng uzun ma’lumotga moslaydi;

    Скрыть – ustunni yashirish;

    Отобразить – yashirilgan ustunlarni hosil qilish;

    Стандартная ширина – satndart ustun o`lchamini kiritish.

    Berilganlar formati va funktsiyalardan foydalanish.

    Yacheykadagi berilganlar formati. Dastavval kiritiladiga barcha berilganlar uchun Общий (umumiy) format ishlatiladi. Bu shuni anglatadki, berilganlar Excel nuqtai nazariga ko`ra optimal tarizda hosil qilingan. Odatda, ba’zi murakkab bo`lmagan hollarda bu format etarli hisobalanadi.

    Jadva katta va unda juda ko`p ma’lumotlar bo`lgan holda esa shunday qilish kerak bo`ladiki, pullar uchu iqtisodiy format, sanalar uchun uniga mos format va boshqa formatlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi.

    Agar biror kata yoki kataklar guruhiga sonli format berish kerak bo`lsa, u holda ular ajratilib, faollashtiriladi va menyular satrining Формат bo`limidan Ячейки buyrug`i ishga tushiriladi. Yoki kerakli katakda sichqonchaning o`ng tugmasi bosilib, hosil bo`lgan kontekst menyuning Формат ячеек buyrug`i ishga tushiriladi. Natijada quyidagi muloqat oyan hosil bo`lad.

    Sonli format. Bu sahifada yacheykadagi berilganlarning sonli formatlari tanlanadi. Budan quyidagi 12 ta sonli formatlar mavjud:

    Общие – umumiy format, bu sonli, sanali va h.k. formatlardir;

    Числовой – bu sonlar formati uchun mo`ljallangan. Bunda sonning turini tanlash mumkin. Masalan, butun son, haqiqiy son.

    Денежный – bu pul birliklari formatini o`rnatadi;

    Дата – sanalarni berishda foydalaniladi;

    Время – vaqtni ifodalash formati;

    Процентный – katakdagi qiymat 100 ga ko`paytiriladi va unga foiz belgisi qo`yiladi (%);

    Дробный – katakdagi qiymatni sodda kasrlar ko`rinishida ifodalaydi;



    Экспоненциальный – katta yoki kichkina sonlar uchun ishlatiladi. Katakdagi qiymat o`nli kasr ko`rinishida ifodalanib, o`nning ma’lum darajasida ko`paytirilgan bo`ladi;

    Текстовый – matnli ma’lumotlarni ifodalash uchun mo`ljallangan format;

    Дополнительный – pochta indeksi, telefon raqami, table raqami va boshqa formatlardagi ma’lumotlar uchun ishlatiladi.

    Ro`yxatdan kerakli format tanlanganda dialogli oynaning o`ng tomonida formatni akslantiruvchi mos o`zgarish hosil bo`ladi. Bu formatlarni o`rganishning eng yaxshi usuli eksperement o`tkazishdir. Buning uchun jadval katagiga biror son yozib, bu katakda yuqoridagi barcha formatlarni qo`llab ko`rish mumkin.

    Tekislash. Kastakka matn kiritilganda u har doim chapga, sonlar esa o`ngga tekislanadi. Katakdagi ma’lumotlarni foydalanuvchi o`zi xoxishiga ko`rta joylashtirish ham mumkin. Yuqorigi muloqat oynaning Выравнивание sahifasi ishga tushiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo`ladi

    Bu oynaning Выравнивание maydonida yacheykadagi berilganlarni katakda gorizantal va vertikal holatda tekislash mumkin. Buning uchun mos ravishda по горизантали: va по вертикали ochiluvchi satrda ro`yxatidan kerakli parametr tanlanadi. Agar katakda cheklanish qo`yish kerak bo`lsa, по горизантали: satri to`grisida joylashgan satrda cheklanish qiymati kiritiladi. Отображение maydonida esa yacheykadagi berilganlarni hosil qilish holatlari talanadi, bu buyruqlar quyidagilar:

    Переносить по словам - yacheykadagi berilgan bir yacheykada to`liq namoyish qilish, ya’ni katakdagi ma’lumot hajmi katta bo`lsa ham u bir katakda joylashtiriladi;

    Автоподбор ширины - yacheykadagi berilganlarni joylashtirishda yacheyka o`lchamiga mos holda joylashtiriladi;

    Объединение - ikki yoki undan ortiq yacheykalarni birlashtirish.

    Bu sahifaning Ориентация bmaydonida esa katakdagi berilganlarning katakda joylashi holati tanlanadi. Holatlar maydonning градусов raqamli satrida kerakli burchak gradisi o`lchovida kiritiladi. Natijada katakdagi ma’lumot shu berilgan burchak asosida katakda joylashadi.



    Shrift formati. Шрифт sahifasi ishga tushirilganda quyidagi muloqot oyna hosil bo`ladi

    Bu oyna yordamida katakdagi berilganlarning shirfti va uning o`lchamlari shrift sozlanadi.

    Sahifaning Шрифт ochiluvchi satrida keltirilgan shirftlar ro`yxatidan keraksi, Начертание ochiluvchi satrida keltirilgan matnning holatlari ro`yxatidan matn holatini, Размер ochiluvchi satrida keltirilgan harfning yoki belgining o`lchamini tanlash mumkin.

    Bundan tashqari Цвет satrida matnning rangi tanlanadi, Подчеркивание satrida esa matnning ostiga chilishi kerak bo`lgan chiziqning ko`rinishi tanlanadi.

    Bu sahifaning Видоизменение bo`lmida matnning ko`rinishlarini o`zgartirish mumkin. Ular quyida alohida – alohida tavsiflangan:

    Зачеркнутый – matn usti chizilgan holda hosil bo`ladi;

    Верхний индекс – shrift o`lchami kichiklashtirilib matnni yuqori indeksda hosil bo`ladi;

    Нижний индекс – shrift o`lchami kichiklashtirilib matnni quyi indeksda hosil bo`ladi;

    Barcha bajarilayotgan amallar bu muloqot oynaning Образец bo`limida namoish qilib boriladi.

    2. Formula kiritish va uni tahrirlash.

    Katakka formula kiritishda avvalo tenglik (=) belgisi qo`yilishi shart. Bu belgi qo`yilisa, u holda katakda formula kiritilganligini anglatadi. Bu belgidan so`ng kerakli formula yoziladi. Agar formula yozilishida biror katakka jurojat qilinishi kerak bo`lsa, u holda uning manzili yoziladi.

    Formula yozish [Enter] tugmasini yoki formulalar satridagi [Ввод] tugamasini bosish bilan yakunlanadi. Agar katakda formula mavjud bo`lsa, u holda katakda uning faqat natijasi hosil bo`ladi, formula formulalar satrida namoyish etiladi.

    Formulalani tahrirlash uchun u joylashgan katakda sichqoncha tugmasini ikki marta bosish kerak. Yoki formula joylashgan katak faollashtirilib, formulalar satrida tahrirlash mumkin. Tahrirlashni bekor qilish uchun l;aviaturadan [Esc] yoki formulalar satridagi [Отмена] tugmasini bosish kerak.

    Formulalarda foydalaniladigan amallar va ularning ustuvorligi. Formulalarda faqat ba’zi amalalarni bajarish mumkin: diapazonni ko`rsatish, manfiy sonlar, foizlar, matematik va taqqoslash amallari. Bu keltirilgan amallarning operatorlari ustuvorliklari kamayishi tartibida quyida keltirilgan:

    Bog`lanish operatorlari:

    :  diapazon (boshlang`ich qiymatdan to oxirgi qiymatgacha);

    ;  birlashtiruv (birinchi, ikkinchi, uchinchi va boshqa qiymatlarni).

    Belgi operatorlari:

    %  berilganlarni foizlarda ifodalash.

    Matematik operatorlar:

    ^  darajaga oshirish;

    * ko`paytirish;

    /  bo`lish;

    +  qo`shish;

      ayirish.

    Munosabat operatorlari:

    <> teng emas;

    <=  kichik yoki teng;

    >=  katta yoki teng;

    =  tenglik;

    <  kichik;

    >  katta.



    Amallar bajarilish ustuvorligida avvalo qavs ichidagi amallar bajariladi. Shunday qilib, umuman olganda Excel da ifodalar matematik qoidalarga asoslangan.

    Avtoyig`indi. Eng ko`p tarqalgan amallardan biri bu bir necha katakdagi qiymatlarning yig`inidisini hisoblashdir. Excel da buning uchun oddiy usul mavjud. Yig`indi qiymati joylashtirilishi kerak bo`lgan katak faollashtirilib, so`ngra Стандартная uskunalar panelidagi [Автосумма] tugmasini bosish kerak. Natijada ekranda yig`indi hisoblanayotgan kataklarning barchasi shtirixli ramka bilan ajratiladi. Agar ajratilgan soha foydalanuvchini qanoatlantirsa, u holda [Enter] kerak. Agar qanoatlantirmasa – u holda sichqoncha yordamida kerakli kataklar ajratiladi.



    Download 7,41 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika

    Download 7,41 Mb.