|
A) O‘nlik shkala bo‘yicha suyultirish
|
bet | 14/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeA) O‘nlik shkala bo‘yicha suyultirish:
O‘nlik shkalasiga muvofiq 1X yoki 1D ( birlamchi o‘nlik) suyultirish ta’sir etuvchi moddani 1/10 nisbatda saqlaydi va uni tayyorlash uchun 1 qism moddaga 9 qism syultiruvchi modda ( suv, spirt) qo‘shib, 10 marta qattiq chayqatiladi va suziladi.
Agar 2 lamchi o‘nlik suyultirishni (2x) berilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, avval tayyorlangan birlamchi o‘nlik (1x) suyultirishdan 1 q olib 9 q suv qo‘shib 10 marta qattiq chayqatib suzib beriladi.
Suyultirish jarayoni, belgilari ko‘rsatiladigan idishlar D1yoki X1 dan D30 gacha bir qator terib qo‘yiladi. So‘ng D2 dan boshlab shisha idishlarga 9 qism xususiy maqolada keltirilgan suyultiruvchi modda (masalan 45% etil spirti ) quyib chiqiladi va, ilgari keltirilgan qoida asosidada tayyorlangan 1X suyultirishdan 1 qism qo‘shilib, 10 marta qattiq tepadan pastga chayqatiladi.
3X va undan keyingi suyultirishlarni olishda barcha yuqorida keltirilgan jarayonlar qaytariladi.
B) Yuzlik shkala bo‘yicha suyultirish:
Yuzlik shkalasiga muvofiq 1S yoki 1 ( birlamchi yuzlik) suyultirish ta’sir etuvchi moddani 1/100 nisbatda saqlaydi va uni tayyorlash uchun 1 qism moddaga 99 qism syultiruvchi modda (suv, spirt) qo‘shib, 10 marta qattiq chayqatiladi va suziladi.
Agar 2 lamchi yuzlik suyultirishni (2S) berilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, avval tayyorlangan birlamchi yuzlik (1S) suyultirishdan 1 q olib, unga 99 q suv qo‘shiladi va 10 marta qattiq chayqatib suzib beriladi.
Suyultirish jarayoni, dorilarning nomi yozilgan idishlar S1 dan S30gacha bir qator stolga terib qo‘yiladi. S ng S2 dan boshlab shisha idishlarga 99 qism xususiy maqolada keltirilgan suyultiruvchi modda (masalan 45% etil spirti ) quyib chiqiladi va, ilgari keltirilgan qoida asosidada tayyorlangan 1S suyultirishdan 1 qism qo‘shilib, 10 marta qattiq tepadan pastga chayqatiladi.
3S va undan keyingi suyultirishlar shu tarzda davom etadi.
Mineral moddalar va kimyoviy birikmalarni suyultirish texnologiyasi. Suvli eritmalar
Suvli eritmalar V. Shvabe qo‘llanmasining 5-bandi bo‘yicha tayyorlanadi. "5 a" band bo‘yicha eritmalarni tayyorlash uchun 1g modda 9g tozalangan suvda 10 marta chayqatilib, eritilib filtrlanadi.
Bunday suyultirish birinchi o‘nlik deb yuritiladi va dorivor moddaning suvdagi nisbati 1/10 tashkil qiladi.
"5 b" band bo‘yicha bir og‘irlik qism dorivor moddani 99 og‘irlik qism suvda o‘n marta chayqatib, eritib filtrlanadi. Bunday suyultirish birinchi yuzlik deb yuritiladi va dorivor moddaning suvdagi nisbati 1/100 tashkil qiladi.
|
| |