• Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi
  • Gomeopatik tinkturalarni perkolyasiya usuli bo‘yicha olish.
  • Gomeopatik essensiyalarni 3-band bo‘yicha tayyorlash




    Download 6,71 Mb.
    bet22/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Gomeopatik essensiyalarni 3-band bo‘yicha tayyorlash. Gomeopatik farmakopeyasining qo‘rsatmasiga binoan, agar o‘simlik smola, moylari va kamfora birikmalarini saqlasa va, maydalab press orqali siqilganda, 60% dan kam shira bersa, undan essensiya 3 - band bo‘yicha tayyorlanadi.
    Bunda essensiya quyidagicha tayyorlanadi: maydalangan o‘simlik tortilib, unga 90%li spirt miqdorining yarmicha solinadi va yaxshilab aralashtirib bo‘tqa hosil qilinadi. Shu bilan birga, shiraning miqdori yuqorida keltirilgan usul orqali hisoblab chiqiladi va yana 90% spirt qo‘shiladi. Spirt,hisoblangan shiraning ikki barobar miqdorigacha solinadi (bo‘tqani hosil bo‘lishiga sarflangan spirt ham shuning ichida), massa aralashtiriladi va 8-14 kunga matseratsiya uchun qoldiriladi. Keyin suyuqlik ( ajratma) alohida idishga quyiladi, massa esa yana press yordamida siqiladi va hosil bo‘lgan ajratmalar qo‘shilib 8 kunga salqin joyda tindirish uchun qoldiriladi va so‘ng filtrlanadi.
    Essensiya tiniq bo‘lishi kerak va undagi dorivor moddaning miqdori 1/3 ga bo‘ladi. Hosil bo‘lgan essensiyadan spirtli tinktura olish uchun 3 qism essensiyaga 7 qism 60% li spirt qo‘shib aralashtiriladi. Olingan tinktura 1-nchi o‘nlik suyultirishga to‘g‘ri keladi.
    Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi
    Gomeopatik tinkturalar, quritilgan o‘simlik va yangi jonsizlantirilgan jonivor to‘qimalaridan spirt yoki spirt va suv aralashmasi yordamida ekstraksiya qilib olinadigan tiniq, rangli suyuqliklar.
    Gomeopatik farmakopeyasining 4 – bandiga asosan quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tinkturalar matseratsiya va perkolyasiya usulida tayyorlanadi.
    Yangi jonsizlantirilgan jonivor to‘qimalaridan esa tinkturalar olinishi matseratsiya usulida amalga oshiriladi.
    Gomeopatik tinkturalarni olishda xom ashyo va ekstragent (90% etil spirti) nisbati 1:10.
    Gomeopatik tinkturalarni perkolyasiya usuli bo‘yicha olish. Quri-tilgan va farmakopeyada ko‘rsatilgan ravishda maydalangan xom ashyoning 1 qismiga 90% etil spirtining yarmi qo‘shiladi, aralashtiriladi va og‘zi jips berkiladigan idishda, tez-tez aralashtirib turgan holda 2 kunga qoldiriladi. Keyin aralashma perkolyatorga o‘tkaziladi va yaxshilab zichlashtiriladi.
    Perkolyatorda tayyor bo‘lgan aralashma ustiga kerakli miqdorda spirt quyiladi, pastki jo‘mrak ochilib, bir daqiqa 20 tomchi tushadigan qilib to‘g‘rilanadi. Xuddi shunday tezlikda ekstragent yuqoridan tomiziladi. Ushbu jarayon bir qism xom ashyoga 10 qism ajratma to‘g‘ri kelguncha davom etadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gomeopatik essensiyalarni 3-band bo‘yicha tayyorlash

    Download 6,71 Mb.