• Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan spirtlar
  • 4-Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari Ma’ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • Ma’ruzaning qisqacha matni
  • Tinkturalarni essensiyalardan tayyorlash




    Download 6,71 Mb.
    bet24/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Tinkturalarni essensiyalardan tayyorlash.
    Yuqoridagi usullardan tashqari tinkturalarni tayyorlab qo‘yilgan essensiyalardan ham tayyorlash mumkin.
    Buning uchun 2 q essensiya (1,2 bandlar bo‘yicha olingan) 8 q 45% spirt bilan yoki 3q essensiya (3 band bo‘yicha olingan) 7q 60% spirt bilan yaxshilab aralashtiriladi.
    Tinkturalar 1-chi o‘nlik suyultirish shkalasiga to‘g‘ri keladi.
    Sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan spirtlar
    Sirtga ishlatish uchun buyuriladigan tinkturalardan spirtli eritma-larni tayyorlash uchun kerakli miqdordagi tinkturani olib 70% spirt bilan aralashtirib beriladi. Ular turli foizli bo‘lishi mumkin:
    Masalan:
    Apis spirti - 3%
    Arnika spirti - 10%
    Spongiya spirti - 10%
    Akonit spirti - 5%
    Kantaris spirti - 5%
    Murakkab spirtlardan Lori spirti qo‘llaniladi.
    Tarkibida quyidagi o‘simliklardan olingan essensiya yoki tinkturalar kiritilgan:
    Rus - 10,0
    Brioniya - 20,0
    Belladonna - 30,0
    Kapsikum - 20,0
    Ledum- 30,0


    4-Ma’ruza
    Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari


    Ma’ruza maqsadi: Gomeopatiyada ishlatiladigan surtma dorilar, moylar, opodeldoklar texnologiyasini o‘zlashtirish, gomeopatik surtma, moylar va opodeldoklar texnologiyasini va sifatini nazorat qilish usullarini o‘rgatish.
    Tayanch atama va iboralar: gomeopatik surtma dorilar, moylar, opodeldoklar, sifatini nazorat qilish usullari.
    Reja:
    1.Gomeopatiyada ishlatiladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, tasnifi, axamiyati
    2.Gomeopatik surtma dorilartexnologiyasi
    3. Gomeopatik liniment va opodeldoklar tayyorlanishi
    4.Gomeopatik shamchalar texnologiyasi


    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Gomeopatiyada granula, trituratsiya, tomchilardan tashqari kamroq bo‘lsa ham yumshoq dori turlaridan surtmalar, yog‘lar, opodeldok va shamchalar ishla-tiladi.
    Gomeopatiya surtma dori turi sirtga ishlatiladigan yumshoq dori bo‘lib, dorivor modda va asosdan iboratdir. Dispersologik tasnifi asosida ular shaklsiz dispersion muhit qovushoq-elimshak bo‘ladi. Surtma dorilar juda qadimiy dori turi bo‘lishiga qaramay, zamonaviy tibbiyotda va ayniqsa gomeopatiya davolash usulida alohida va katta ahamiyatga ega. Gomeopatiyaning asosiy maqsadi dori turlari ichga granula, poroshoklar shaklida qabul qilib, kasal organizmini ichidan, ya’ni tubdan yo‘qotish, shu organizmning o‘zining himoya kuchlarini oshirish va tanadan umuman faqat kasalni yo‘q qilish bo‘lmay, balki uni belgilarini ham yo‘qotishdir.
    Lekin biz bilamizki, bemorlar miazmalari bo‘yicha 3-toifaga bo‘linadi: psora, sikoz va sifilina. Demak psora miazmali kasallarda ichki a’zolardan tashqari ko‘pincha yara-chaqalar chipqon, allergiya, xusn buzar, bo‘g‘imlarning og‘rishi, dermatitlar bo‘ladi. Shuning uchungomeopatiya vositalaridan yog‘lar, liniment, surtmalar,spirtlar,opodeldoklar ishlatiladi. Surtma dorilarni qo‘llanishi keng bo‘lib ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: avvalo ular asosan dermatologik surtmalar vaterining jaroxatlanganida, kasalliklarida ishlatiladi,tanaga so‘rilib chuqur ta’sir ko‘rsatishi mumkin va yuzaki ta’sirli surtmalar ham bo‘ladi. Surtma dorilar asosdan va dorivor moddadan iborat. Asoslar surtmani 80%dan yuqorisini tashkil qiladi, shuning uchunasoslarning ahamiyati juda katta.
    Birinchidan ular surtmani og‘irligini, dori moddalarning konsen-tratsiyasini qattiq-yumshoqligini va ayniqsa dori moddani so‘rilish dara-jasini belgilaydi. Demak, asos bu surtmani faol qismi ekan va u dorining terapevtik ta’sirini barobar dorivor modda bilan ta’minlaydi.Gomeopatiya farmakopeyasida surtmadori turini tayyorlashda vazelin va lanolin olinsin deyilgan. Lekin, bu farmakopeya chiqqaniga necha yillar bo‘lib, hozirgi zamonaviyasoslar topilgan va asoslar assortimenti ko‘paygan. Surtmalarda qo‘llaniladigan asoslar tabiati bo‘yicha gidrofob, gidrofil va difil asoslarga tasniflanadi. Gidrofob asoslarga suvga nisbatan: yog‘li asoslar, yog‘ga yaqinlari, uglevodorodlar va silikonlar kiradi. Gidrofil asoslardan: sellyuloza xosilalari (MS, KMS, Na-KMS), bentonitlar, fitosterin va kollagenlar, jelatin-glitserinli asoslar, uchinchi guruhlardan-emulsion asoslardan -emulsiya tipidagi asoslar tarkibida SFM emulgatorlar saqlagan (T-2, pentol, sorbitan oleat, PGS va boshq) qo‘llaniladi. Hozirgi talablarga binoan keltirilgan asoslardan eng to‘g‘ri keladi-ganini, ya’ni dori moddaning xususiyatiga, surtmani qo‘llanishiga ko‘ra tanlab olinadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tinkturalarni essensiyalardan tayyorlash

    Download 6,71 Mb.