• Gomeopatik essensiyalarni 2- band bo‘yicha tayyorlash.
  • Gomeopatik essensiyalarni 1- band bo‘yicha tayyorlash.O‘




    Download 6,71 Mb.
    bet21/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Gomeopatik essensiyalarni 1- band bo‘yicha tayyorlash.O‘simlikda shira miqdori 60% yoki undan ko‘p bo‘lsa va tarkibida efir moylari, smolalar, kam-fora birikmalari saqlamasa, essensiyalar quyidagicha tayyorlanadi: maydalan-gan va bo‘tqaga aylantirilgan o‘simlik press yordamida eziladi va shirasi olinadi.
    Olingan shiraga 90% etil spirti teng miqdorda qo‘shiladi va qattiq aralashtirilib, 8 kunga qoldiriladi. So‘ng essensiya filtrlanadi. Tayyor essensiya tiniq bo‘lishi kerak va ta’sir etuvchi moddalar miqdori ½ ga teng. Undan spirtli tinktura tayyorlash uchun 2 qism essensiyaga 8 qism 45% li spirt qo‘shib aralashtiriladi. Olingan tinktura birlamchi o‘nlik shkalasi (1x) ga teng.
    Gomeopatik essensiyalarni 2- band bo‘yicha tayyorlash. Gomeopatik farma-kopeyasining qo‘rsatmasiga binoan, agar o‘simlik smola, efir moylari va kamfora birikmalarini saqlamasa va, maydalab press orqali siqilganda, 60% dan kam shira bersa, undan essensiya 2 - band bo‘yicha tayyorlanadi.
    Essensiya tayyorlash uchun sarflanadigan etil spirtning miqdorini topish uchun oldin o‘simlikdagi shira miqdori quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
    100 x a
    X= _______________
    100 - b
    Shira miqdorini aniqlash uchun birinchidan, 1000S haroratda mayda-langan o‘simlik massasini namlik darajasi aniqlanadi /a/. Ikkinchidan, o‘simlikdan siqib olingan shira filtrlab 1000S haroratda quruq qoldig‘i topiladi /b/. Topilgan ko‘rsatkichlar tenglamaga qo‘yiladi va shirani miqdori hisoblanadi.
    Essensiya tayyorlash uchun yangi yig‘ib olingan o‘simlik tortiladi, maydalanadi. Olingan xom ashyo, uning miqdorini yarmicha, 90%li spirt bilan namlanadi, yana maydalaniladi va bo‘tqasimon massaga aylantiriladi. Keyin massaga, tenglama orqali hisoblangan shiraning teng miqdorigacha, 90%li spirt qo‘shib aralashtiriladi va 8-14 kunga matseratsiya uchun qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, massa siqib olinadi va ajratma og‘zi jips bekiladigan idishga quyilib, 8 kunga salqin joyga tindirish qoldiriladi va undan so‘ng filtrlanadi.
    Hosil bo‘lgan essensiyalardagi dorivor moddaning miqdori 1/2 ga bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarning maydalangan massasida shilimshiq ko‘p va chiqqan shira miqdori juda kam bo‘lsa, aniqlanayotgan o‘simlik miqdoriga teng qilib suv qo‘shiladi va tez, qattiq chayqatilib 24 soatga qoldiriladi, keyin filtrlanadi. Filtrlangan shirada 1000S haroratda quruq qoldiq aniqlanib /s/, shira miqdori quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
    100 ( a+s)
    X= _______________
    100 - s
    Tayyorlangan essensiyalardan spirtli tinkturalar olish mumkin. Buning uchun 2 qism essensiya va 8 qism 45%li spirt olib aralashtiriladi. Olingan tinktura 1-nchi o‘nlik suyultirish shkalasiga to‘g‘ri keladi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gomeopatik essensiyalarni 1- band bo‘yicha tayyorlash.O‘

    Download 6,71 Mb.