|
Gomeopatik tinkturalarni matseratsiya usuli bo‘yicha olish
|
bet | 23/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeGomeopatik tinkturalarni matseratsiya usuli bo‘yicha olish. Agar perkolyasiya usulida tinkturani olish iloji bo‘lmasa, unda matseratsiya usulidan foydalaniladi.
Farmakopeyada ko‘rsatilgan holda maydalangan, quritilgan xom ashyo-ning bir qismiga 10 qism etil spirt qo‘shilib, 160 S haroratda 8 kecha-kun-duzga qoldiriladi, har kuni aralashtirib turiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, olingan ajratma quyib olinadi, xom ashyo siqiladi. Hosil bo‘lgan ajratmalar birlashtiriladi va 8 kun tindirilib, filtrlanadi.
Bu usulda olingan gomeopatik tinkturalar birlamchi bo‘lib, 1x suyulti-rishga to‘g‘ri keladi.
Gomeopatik tinkturalarni jonivor to‘qimalaridan olish. Buning uchun yig‘ilgan mahsulot boshqa keraksiz qismlardan tozalanib, yaxshilab yuvilib chinni hovonchada eziladi. So‘ng shisha idishga ezib maydalangan mahsulotlardan 1 qism solib, uning ustiga 10 qism spirt qo‘shib tez-tez aralashtirib turish sharti bilan 14 kunga qorong‘i, salqin joyga qo‘yiladi.
Ko‘rsatilgan muxlatdan so‘ng suyuq qismi ajratib olinadi, qoldiq siqiladi. Har ikki suyuqlikni birga qo‘shib 8 kunga qorong‘i va salqin joyda qoldirib, so‘ngra filtrlanadi. Tayyorlanayotgan tinkturaga zarur bo‘lsa ta’sir etuvchi modda, ya’ni bu erda hayvon to‘qimasi 1:10 bo‘lgunga qadar spirt qo‘shiladi. Tayyor tinktura 1X ga to‘g‘ri keladi.
Gomeopatik dorilarni tayyorlash uchun olingan spirtning quvvati va ishlatilishining ayrimlari keltirildi.
Apis/60% spirt bilan/ allergiyaga qarshi;
Arnika/90%/ allergiya, antigistamin ta’sirli;
Berberis /60%/ buyrak va o‘t bezidagi toshlarida
Kalendula/60% / kuygan, gangrena, yaralarni bitishida
Kantaris /90%/ shpanchivini, pielonefrit, sistit, uretrit siydik
yo‘llari kasalliklarida;
Kapsikum /90%/ bronxial astma, gastrit, enurez, gemorroy, gerpesda.
Xina /60%/ anemiya, og‘ir kasaldan keyin kuchsizlanishda
Sina /90%/ gijjalarida
Sinnamomum /60%/ yiringli kolitda
Kokkulyus /60%/ nefroz, uyqusiz,boshog‘riq, asablanishda
Kalotsint /90%/ migren, ishias, troynichnыy nerv shamollashida
Evkaliptum/90%/ tumov, tomoq, burun kasalligida.
Granatum /90%/ ich qotganda
Ignatsiya /60%/ psixika buzilishi, bir kulib, bir yig‘lab kayfiyati
buzilishida
Ipekakuana /60%/ bronxit, gastrit, faringitda
Ledum /bogulnik/ /60%/ revmatizm, xashorat chaqqanda
Nuks vomika /60%/ markaziy vegetativ nerv sistemaga, psixik
simptomlar vujudga kelganda.
|
| |