• Tayanch atama va iboralar
  • Ma’ruzaning qisqacha matni
  • -Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari




    Download 6,71 Mb.
    bet29/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    5-Ma’ruza
    Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari
    (trituratsiyalar, granulalar, tabletkalar)


    Ma’ruza maqsadi: Gomeopatik trituratsiyalar, gomeopatik granulalar, gomeopatik tabletkalarni tayyorlash va sifatini tekshirish usullarini o‘zlashtirish, gomeopatik qatiq dori turlarini tayyorlashdagi texnologik jarayonlarni o‘rgatish.
    Tayanch atama va iboralar: gomeopatik trituratsiyalar, gomeopatik granulalar, gomeopatik tabletkalar
    Reja:
    1. Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari - trituratsiyalar, granula va tabletkalarni ahamiyati.
    2. V.Shvabe qo‘llanmasining 7,8 va 9-bandlari bo‘yicha gomeopatiya trituratsiyalarini tayyorlash texnologiyasini o‘ziga hosligi. Gomeopatiya trituratlarini sifatini baholash va saqlash.
    3. Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan granulalarning ta’rifi, granulalarni tuyintirish qoidalari. Gomeopatiya granulalarini sifatini baholash va saqlash.
    4. Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan tabletkalar texnologiyasini o‘ziga hosligi.
    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan qattiq dori turlarining salmog‘i suyuq va yumshoq dori turlariga nisbatan katta. Bunga asosiy sabab dozaga ajratilishi oson yoki oldindan dozaga ajratilgan bo‘lishi bu dorilarni qabul qilishda katta muammolar tug‘dirmaydi, shuningdek saqlash va tashish (trasportlash) kabi masalalar ham nisbatan qulay.
    Gomeopatiya amaliyotida qo‘llaniladigan qattiq dori turlari allopatiya dori turlaridan bir qancha farqlanadi:

    • retseptda berilish tartibi bo‘yicha;

    • doza miqdori (potensiyasi) bo‘yicha;

    • gomeopatiya dorilarni dinamizatsiyalashga qaratilgan texnologiyalari bo‘yicha;

    • saqlanishi va qo‘llanilishi bo‘yicha.

    Qattiq dori turlaridan gomeopatiya davolash tizimida gomeopatik trituratsiyalar, granulalar va tabletkalar qo‘llaniladi.
    Gomeopatiya trituratsiyalar texnologiyasi
    Gomeopatiya trituratsiyalari (Triturationes) - quruq dori modda, gomeopatik essensiya, tinktura, suvli va spirtli eritmalarni sut qandi (laktoza) yoki boshqa tibbiyotda ishlatishga ruhsat berilgan yordamchi moddalar bilan olingan kukun holidagi qattiq dori turi.
    Trituratsiyalarni tayyorlashda sut qandini ishlatish maqsadga muvofiqligi uning gigroskopik emasligi.
    Trituratsiyalar V.Shvabe kullanmasining 7, 8, va 9 bandlariga asoslanib hamda SanPiN № 0152-04 qoidalariga rioya kilib tayyorlanadi.
    Gomeopatik trituratsiyalarni retseptda ifodalanishi:
    Aurum metallicum 3 S trit.
    Kuniga 2 marta (nahorga va kechqurun) pichoq uchida

    V. Shvabe qo‘llanmasining 7-bandi bo‘yicha quruq moddalardan trituratsiyalar tayyorlash


    Dorivor moddalardan gomeopatik trituratsiyalar tayyorlash V. Shvabe "Gomeopatik dori tayyorlash qo‘llanmasi"ning 7,8,9-bandlari bo‘yicha olibboriladi. Suyultiruvchi modda sifatida sut qandi qo‘llaniladi. Gomeopatik trituratsiyalarni tayyorlash uchun chinni hovonchalardan foydalaniladi, metall hovonchalarda trituratsiya tayyorlash mumkin emas.
    Trituratsiyalarni tayyorlashda potensiyalash va dinamizatsiya jarayonlari katta ahamiyatga egaligi sababli, har bir texnologik bosqich vaqt bilan chegaranlangan: bunda dori moddani sut qandi bilan oddiy aralashtirmay, balki nihoyatda uzoq vaqt yaxshilab ishqalab maydalash va aralashtirish lozim.
    V.Shvabe qo‘llanmasining ko‘rsatmasi bo‘yicha har bir suyultirish 1 soat (60 daqiqa) davomida ishqalab maydalash va aralashtirish kerak.
    Trituratsiyalarni tayyorlashda sidirishga ham katta ahamiyat berish lozim, chunki yaxshi maydalanmagan zarrachalarni o‘ta maydalangan zarrachalar bilan aralashib, bir me’yorda maydalanishini ta’minlash maksadida.
    Kuchli gigroskopik xossaga ega yoki suyuq holatda bo‘lgan dori moddalardan trituratsiyalar tayyorlashda isitilgan (40-500S) hovonchadan foydalanish tavsiya etiladi. Gomeopatik trituratsiyalar o‘nlik va yuzlik suyultirish shkalasi bo‘yicha tayyorlanadi. Birinchi o‘nlik ( 1X) suyultirishdagi trituratsiya tayyorlash uchun 1 g dorivor moddaga 9 g sut qandi olinadi. Birinchi yuzlik (1S) suyultirishdagi trituratsiya tayyorlash uchun 1 g dorivor moddaga 99 g sut qandi olinadi.
    Quruq dori moddalardan trituratsiyalar tayyorlash.
    Quruq dori moddalardan trituratsiyalar texnologiyasi V.Shvabe qo‘llanmasining 7- bandida keltirilgan qoidalarga asoslangan.
    Gomeopatik trituratsiyalarni tayyorlashda:
    a) o‘nlik shkala bo‘yicha – 1,0 og‘irlik qism dori moddaga 9,0 og‘irlik qism sut qandi olinadi (1X hosil bo‘ladi);
    b) yuzlik shkala bo‘yicha – 1 og‘irlik qism dori moddaga 99 og‘irlik qism sut qandi olinadi (1S hosil bo‘ladi).
    Quruq moddalardan gomeopatik trituratsiyalarni tayyorlashning texnologik jarayonlari 1-tasvirda keltirilgan.Texnologiyasi: tortib olingan sut qandi tahminan teng uch qismga bo‘linadi: 1 qism chinni hovonchaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi, bunda hovonchaning teshiklari berkitiladi, so‘ng quruq dori modda solinib, 6 daqiqa davomida qattiq ishqalab maydalanadi, so‘ng 4 daqiqa kukun sidirilib, aralashtiriladi. So‘ng bu jarayon yana bir marta takrorlanadi: 6 daqiqa ishqalab maydalanadi va yana 4 daqiqa sidirib, aralashtiriladi. (Birinchi bosqichda (sut qandining birinchi 1/3 qismiga) 10 daqiqadan ikki marta, ya’ni - 20 daqiqa sarflanadi).
    Hovonchaga sut qandining 2 qismi qo‘shiladi va yana 6 daqiqa ishqalab maydalanadi va 4 daqiqa sidirib aralashtiriladi, so‘ng ushbu jarayon yana bir marta takrorlanadi. Ikkinchi bosqichda (sut qandining ikkinchi 1/3 qismiga) ham 10 daqiqadan ikki marta - 20 daqiqa sarflanadi.
    Nihoyat sut qandini ohirgi 3 qismi qo‘shiladi va yana yuqorida keltirilgan jarayon 2 marta qaytariladi. Uchinchi bosqichda (sut qandining uchinchi 1/3 qismiga) ham 10 daqiqadan ikki marta 20 daqiqa sarflanadi. Natijada 1 soat ichida 10 qism 1X (1D) yoki 1 C suyultirish darajasiga (potensiyaga) ega bo‘lgan trituratsiya tayyorlanadi. Demak, 2X tayyorlash uchun – 2 soat, 3X tayyorlash uchun 3 soat sarflanadi!Bu jarayonni nazorat kilish murakkab, shuning uchun S.Ganeman ta’rifi buyicha “”Gomeopatiya dorilarini tayyorlashda birinchi nazoratchi – bu farmatsevtning vijdoni!” degan. Demak, dozasi bir hil bo‘lsa ham 4X (1:10000) va 2S (1:10000), yuzlik shkala bo‘yicha tayyorlangan 2S trituratsiyani 4X trituratsiyani o‘rniga berib yuborish mumkinmi?
    Masalan, ateroskleroz, gipertoniya, glaukoma, tungi suyak og‘rishi (ostiomielit, mastodontit), bachadon fibriomasi, bachadon tushib qolishi kabi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan gomeopatiya vositasi:
    1. Aurummetallicum 1Strit10,0 g
    Kuniga 2 marta (nahorga va kechqurun) pichoq uchida
    Ushbu trituratsiyani V.Shvabe ko‘lanmasining 7-bandi bo‘yicha 2 xil usulda tayyorlash mumkin:
    1 usul:
    Pasport: Aurum metallikum 0,1 g
    Sut qandi 9,9 g
    Umumiy massa 10,0 g
    Texnologiyasi: V.SHvabe qo‘llanmasining 7-bandi bo‘yicha (1 soat mobaynida tayyorlanadi).
    2 usul:
    Pasport: Aurum metallikum 1X 1,0 g
    Sut qandi 9,0 g
    Umumiy massa 10,0 g
    Texnologiyasi: V.Shvabe kullanmasining 7-bandi bo‘yicha (1 soat mobaynida tayyorlanadi). Hosil bo‘lgan trituratsiya 2X yoki 1S deb yuritiladi va uning potensiyasi 1 usulda tayyorlangan trituratsiyaga nisbatan kuchliroq.

    Aurum metallicum 1 С (2Х) trit 10,0 g.
    Kунига 2 марта (нохорга ва кечкурун) пичок учида
    Сана: 10.10.17 й Сер.101005 Таҳлил 10.10.17 Имзо


    Gomeopatik trituratsiyalarni suyuq dori modda yoki eritmalardan tayyorlash
    V.Shvabe qo‘llanmasining 8-bandi bo‘yicha trituratsiyalarni suyuq dori modda, suvli yoki spirtli eritmalardan 7-bandda keltirilgan nisbatda va qoidalar bo‘yicha tayyorlaniladi. Biroq bunda IX trituratsiyalar kamdan-kam hollarda tayyorlanadi, chunki sut qandi suyuqlikda erib ketishi yoki bo‘kishi mumkin va aralashmani uzoq vaqt quritish kerak bo‘ladi. Shuning uchun trituratsiyalarni 2X yoki 1S dan boshlab tayyorlash lozim. Suyuq dori moddalardan gomeopatik trituratsiyalarni tayyorlashning texnologik jarayonlari 2-tasvirda keltirilgan.V.Shvabe qo‘llanmasida keltirilishi bo‘yicha suyuq moddalardan trituratsiyalarni tayyorlashda 9,9 g sut qandiga olinadi:

    • suvli eritmalardan 2 tomchi (0,1 g)

    • spirtli eritmalardan 4 tomchi (0,1 g)

    Hosil bo‘lgan trituratsiya 2X yoki 1S suyultirishga teng.
    Masalan:

    1. Acidum sulfuricum 1Strit10,0 g

    Nahorga pichoq uchida til ostiga
    Pasport: Atsidum sulfurikum 0,1 g (2 tomchi)
    Sut qandi 9,9 g
    Umumiy massa 10,0 g
    Texnologiyasi: VR-20 qo‘l torozida 9,9 g sut qandi tortib olinadi va tahminan uch qismga bo‘linadi. Hovonchaga birinchi 1/3 qismi solinadi va yaxshilab ishqalab teshiklari berkitiladi. Kalibrlangan pipetka yordamida 2 tomchi sulfat kislotasi (0,1 g, chunki 1,0 g = 20 tomchi) hovonchaga tomiziladi va V.SHvabe qo‘llanmasining 7-bandida keltirilgan texnologik jarayon amalga oshiriladi. 1soat davomida 10,0 g 1S yoki 2X trituratsiya hosil bo‘ladi. Tayyorlangan trituratni sifati baholanadi va jihozlanadi.



    Aurum metallicum 1 С (2Х) trit 10,0 g.
    Kунига 2 марта (нохорга ва кечкурун) пичок учида
    Сана: 10.10.17 й Сер.101005 Таҳлил 10.10.17 Имзо


    Sulfat kislotasining trituratsiyasi stomatit, surunkali gastrit, surunkali alkogolizm va turli jarohatlarda qo‘llashga tavsiya etiladi.
    Shu tartibda chipor ilon zaharidan (Bushmeyster) – Laxezis gemorragik diatez, sepsis, tromboflebit, trofik yazva, endomiokardit, klimaks o‘zgarishlarini davolashda ishlatiladigan trituratsiya tayyorlanadi:

    1. Lachesis 3X trit10,0 g

    Uxlash oldidan pichoq uchida til ostiga


    Pasport: Laxezis 2X 1,0 g
    Sut qandi 9,0 g
    Umumiy massa 10,0 g
    Texnologiyasi: 2X trituratsiyadan1,0 g va 9,0 g sut qandidan olinadi va V. Shvabe qo‘llanmasining 7-bandi bo‘yicha (1 soat mobaynida tayyorlanadi). Hosil bo‘lgan trituratsiya 3X deb yuritiladi.Trituratsiyalarni sifati baholanadi va berib yuborish uchun jihozlanadi. Trituratsiya tarkibidagi dori modda kichik suyultirish darajada bo‘lganligi sababli dori turini rasmiylashtirish, sifatini baholash, jihozlash, saqlash va bemorga berish tarkibida zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dori moddalar saqlaydigan preparatlarni berish tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Gomeopatik trituratsiyalarni essensiya va tinkturalardan tayyorlash
    V.Shvabe qo‘llanmasining 9-bandi bo‘yicha essensiya va tinkturalardan trituratsiyalar quyidagi tartibda tayyorlanadi:
    a) 1 yoki 2-band bo‘yicha tayyorlangan essensiyalardan 2 og‘irlik qism va sut qandidan 99 og‘irlik qism olinadi va 7-bandda keltirilgan texnologiya bo‘yicha trituratsiyalar tayyorlanadi, hosil bo‘lgan trituratsiya 1S yoki 2X deb yuritiladi.
    b) 3-band bo‘yicha tayyorlangan essensiyadan 3 og‘irlik qism va sut qandidan 99 og‘irlik qism olinadi va 7-bandda keltirilgan texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi, hosil bo‘lgan trituratsiya 1S yoki 2X deb yuritiladi.
    v) 4-band bo‘yicha tayyorlangan tinkturalardan 1 og‘irlik qism va sut qandidan 99 og‘irlik qism olinadi va 7-bandda keltirilgan texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi, hosil bo‘lgan trituratsiya 1S yoki 2X deb yuritiladi.
    Masalan:
    1. Ruta 2X trit 20,0 g
    kuniga 3 mahal pichoq uchida til ostiga
    Pasport: Ruta 1X 0,2 g
    Sut qandi 19,8 g
    Umumiy massa 20,0 g
    Texnologiyasi: 19,8 g sut qandidan olinadi va tahminan uch qismga bo‘linadi. Hovonchaga birinchi 1/3 qism sut qandi solinadi va kalibrlangan pipetka yordamida 6 tomchi (0,2 g) Ruta graveolens nastoykasi 60% etil spirtida olingan tomiziladi (1,0g = 32 tomchi), so‘ng texnologik jarayon V.SHvabe qo‘llanmasining 7-bandi bo‘yicha bajariladi. Sut qandining ikkinchi 1/3 kismini qo‘shishdan oldin trituratsiya ochiq havoda 20-30 daqiqa qurish uchun qoldiriladi, so‘ng sut qandini ikkinchi va uchinchi qismlari umumiy tartib bo‘yicha qo‘shiladi (Trituratsiya 1 soat mobaynida tayyorlanadi). Hosil bo‘lgan 20,0 g trituratsiya 2X deb yuritiladi. Trituratsiyalarni sifati baholanadi va berib yuborish uchun og‘zi zich berkitiladigan shisha idishga jihozlanadi.
    Ruta 2Х trit. 20,0 g

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan qattiq dori turlari

    Download 6,71 Mb.