• Gomeopatik granulalar va tabletkalar texnologiyasi
  • Кунига 3 маҳал пичоқ учида тил остига




    Download 6,71 Mb.
    bet30/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Кунига 3 маҳал пичоқ учида тил остига
    Сана: 10.10.05й Сер.101005 Таҳлил 10.10.05 Имзо

    Ayrim quruq dori moddalardan trituratsiyalar o‘ziga hos tartib bo‘yicha tayyorlanadi. Ularni tayyorlanishi V.Shvabe qo‘llanmasining xususiy maqolalarida keltirilgan.
    Masalan:
    Phosphorus 7X trit 10,0 g
    Ushbu trituratsiyani tayyorlash uchun
    Fosfor 1X dan 4X suyultirish darajasigacha1 og‘irlik qism olinadi va unga 99 og‘irlik qism 90% etil spirtida suyultiriladi. 5X 60% etil spirtda va 6X va undan yuqori suyultirish darajalari 45% etil spirtida suyultiriladi. So‘ng ulardan trituratsiyalar V.Shvabe qo‘llanmasining 8-bandi bo‘yicha tayyorlanadi.
    Trituratsiyalardan eritmalar tayyorlash
    Trituratlardan eritmalar tayyorlash uchun bir og‘irlik qism uchinchi yuzlik shkalasi bo‘yicha suyultirilgan (3S) dorivor moddaning quruq trituratsiyasi 79 og‘irlik qism tozalangan suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma hajmi 2/3 qismgacha to‘ladigan shisha idishga filtrlab o‘tkaziladi, eritma ustiga 20 og‘irlik qism 90% etil spirti qo‘shiladi va o‘n marta tepadan pastga qattiq chayqatiladi.
    Hosil bo‘lgan eritma turtinchi yuzlik shkalasidagi suyultirish darajasiga (4S ) to‘g‘ri keladi. Keyingi suyultirishlar uchun bir og‘irlik qism to‘rtinchi yuzlik suyultirish darajasiga ega eritma va 99 og‘irlik qism 45% spirt bilan aralashtirib, o‘n marta chayqatiladi. Bunda beshinchi yuzlik suyultirish (5S) darajasidagi eritma hosil bo‘ladi. Keyingi yuzlik suyultirishlar avvalgi suyultirishdan bir og‘irlik qism olinib, 99 og‘irlik qism 45% spirtni aralashtirish va o‘n marta chayqatib, eritish bilan amalga oshiriladi.
    Gomeopatik granulalar va tabletkalar texnologiyasi
    Gomeopatiya granulalari bu – ichish uchun mo‘ljallangan qattiq dozalarga bo‘lingan dori turi. Gomeopatiya granulalari turli gomeopatiya dori moddalari eritmalarini yoki ularning aralashmalarini tayyor qand granulalarga shimdirish (to‘yintirish) usuli bilan olinadi. Demak, gomeopatiya granulalari texnologiyasi dori moddani suvli yoki spirtli eritmalaridan qand granulalarini adsorbsiya qilishga asoslangan bo‘ladi. V.Shvabe qo‘llanmasida keltirilishi bo‘yicha qand granulalari toza, oliy navli shakarqamish shakaridan tayyorlanadi. Ular tozalangan suvda hech qanday qoldiqsiz erib ketishi kerak. Granulalar obakilash usulida konditer fabrikalarida yoki farmatsevtik zavodlarda olinadi. Granulalarni gomeopatik suyultirilgan eritmalar (dilyusiyalar) bilan bir hil to‘yintirish uchun ular ma’lum kattalikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun qand granulalari kata-kichikligi bo‘yicha saralanadilar. Qand granulalari massasi va diametrini o‘lchami bo‘yicha 2-jadvalda keltirilgan nomerlaga tasniflanadilar.
    2-jadval
    To‘yintirish uchun mo‘ljallangan birlamchi granulalarni tasnifi

    Granulalar


    1,0 grammdagi granulalar soni

    Granulalarni hisoblash uchun olinadigan tortma massasi, g

    1- ta granula massasi, g

    Granulalarni o‘rtacha diametri, mm

    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10

    470-530
    220-280
    110-130
    70-90
    40-50
    22-28
    10
    5
    3
    2

    0,1
    0,2
    0,4
    0,6
    1
    2
    5
    10
    15
    25

    0,002
    0,004
    0,0083
    0,0125
    0,022
    0,04
    0,1
    0,2
    0,33
    0,5

    1,4
    1,7
    2,2
    2,5
    3,0
    3,7
    5,0
    6,3
    7,4
    8,5

    Granulalarni nomerini aniqlash uchun granulalar ma’lum teshik diametriga ega elakdan o‘tkaziladi yoki har bir nomerga tegishli granulalar o‘rtacha og‘irligi jadvalda keltirilgan miqdor bo‘yicha (masalan, 1 grammdan) tortib olinadi va granulalarni soni sanab chiqiladi.Granulalar raqam bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Ko‘pincha 4-va 5- raqamdagi granulalar ishlatiladi.



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кунига 3 маҳал пичоқ учида тил остига

    Download 6,71 Mb.