• Gomeopatiya linimentlari
  • Gomeopatik moylar texnologiyasi
  • Oleum apis 10,0 texnologiyasi.
  • Gomeopatik opodeldoklar texnologiyasi
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet27/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    4) Linin surtmasi
    Atsidum borikum maydasi 100,0
    Talk 200,0
    Sinkum oksidatum 200,0
    Vazelin 1500,0
    Mentol 15,0
    Suv chiqib turgan yiringli yaralarda surtiladi.
    5) Shamollashda ishlatiladigan surtma
    Mentol 10,0
    Oleum evkalipti 10,0
    Vazelin 1000,0
    Gomeopatik farmakopeyasida keltirilgan surtmalardan tashqari boshqa dori vositalaridan ham surtma dori turlari tayyorlanadi. Masalan, belladonnadan, yaralarni pishirib sitib chiqarish uchun, Rus o‘simligidan revmatizmda, Petroleum 4x dan ekzemalarga, Sulfur chipqonda, Grafit terini qichib yallig‘lanishida, Gepar sulfur yiring oqqanda va boshq.
    Gomeopatiya linimentlari
    Ularga yog‘lar, opodeldok va sirtga ishlatiladigan spirtlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda linimentlarbu suyuq surtma dorilar, shuninguchun ishqalab surtiladi.
    Asosiga qarab ular tasniflanadi:
    A) yog‘li linimentlarga ( moylar);
    B) sovunli linimentlar kiradi.
    Gomeopatik moylar texnologiyasi
    Moylar ( linimentlar) bu suyuq surtma dorilar. Ular har xil o‘simlik moylari: shaftoli, o‘rik, zaytun, kungaboqar va vazelin moylarida tayyorlanadi. Gomeopatiya moylari xam 10%, kuchli ta’sir etuvchi moddalardan 5% tayyorlanadi. Lekin ayrim moylar uchun istisnolar mavjud ( ular yuqorida keltirilgan).
    Gomeopatiyada ma’lum bo‘lgan yog‘larga misol qilib: 1% xloreton, 10% simitsifuga, 5% spongiya, 3% apis, 5% akonit, 10% brioniya, 3% kantarislarni keltirish mumkin.
    Oleum apis 10,0 texnologiyasi. Gomeopatik farmakopeyasining ko‘rsatmasiga binoan apisdan 3% li moy tayyorlanadi. Bu moyni tayyorlash uchun beriladigan idishga 0,3g apis tinkturasi va 9,7 g shaftoli moyi tortiladi va bir xil massa bo‘lguncha aralashtiriladi, rasmiylashtiriladi.


    Gomeopatik opodeldoklar texnologiyasi
    Sovunli linimentlarda sovun spirtdagi eritmasi soponimentlar asosi bo‘lib hisoblanadi. Bu xil linimentlar gomeopatiyada qo‘llanib, opodeldok deb ataladi.
    Gomeopatik opodeldoklarni olish uchun, oldin quyidagi tarkibli asos tayyorlanadi:
    Spirtli sovun 2 qism
    Suv 1 qism
    Spirt 96% 1 qism
    Keltirilgan opodeldok asosiga, ko‘rsatilgan konsentratsiyada, gomeopatik tinkturalar va essensiyalarni qo‘shib gomeopatik opodeldoklarni tayyorlash mumkin.
    Misol qilib 5% - 100,0 Rus opodeldokni texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
    Ushbu opodeldokni tayyorlash uchun beriladigan idishga 5 qism rus tinkturasiga 95 qism opodeldok asosi qo‘shiladi va bir xil massa bo‘lguncha aralashtiriladi.
    Sovunli spirt tayyorlash uning uchun sovun poroshogi va 90% spirt kolbaga solinib, suv hammomida eritiladi, keyin tez filtrlanadi.
    Sovun spirtini tarkibi quyidagicha: FS 42-1199-78bo‘yicha:
    Kaliy ishqori 23g;
    Kungaboqar yoki paxta moyi 100g;
    Suv 75g va spirt 90% -300g.
    Tayyorlanishi: 100-1050Sda qozonda moy qizdiriladi, keyin kaliy ishqori va spirt solinadi. Bir xil aralashma hosil bo‘lgach oz-ozdan suv qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan sovun issiq suvda yaxshi erishikerak, ko‘rinishi yaltiroq tiniq massadir.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.