• Asoslarning qisqa tasnifi
  • Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi
  • Gomeopatik shamchalar texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet28/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Gomeopatik shamchalar texnologiyasi
    Gomeopatiyada ishlatiladigan shamchalarning ahamiyati, dorivor moddalarni tez ta’sir qilishiga, uning butun odam ichki vujudiga yoki to‘g‘ri ichak va uning atrofidagi yaqin joylarga joylashgan patologik jarohatga yordam berishidadir.
    Lekin shamchalarning samaradorligi ishlatiladigan asoslarga bog‘liq. SHvabe farmakopeyasida, shamchalar tayyorlash uchun, kakao moyi olinsin deyilgan, lekin hozirgi zamonaviy asoslar bilan gomeopatiya boyitilganligi tufayli jelatin glitserinli, polietilenoksidli, paxta moyini 5% T-2 saqlangan gidrogenizati va boshqalar ishlatilishi mumkin. Bunday asoslar farmatsevtika amaliyotida tadbiq qilingan va ishlatilmoqda.
    Asoslarning qisqa tasnifi
    1. Jelatin-glitserinli asos DF XI sonida keltirilgan va 1qism jelatin,5qism glitserin va 2 qism tozalangan suvdan iborat. Ko‘pincha vaginalshamchalar quyush usuli bilan olishda qo‘llanladi;
    2. PEO asosi - etilenoksidining polimerizatsiya usulida olingan, suvda yaxshi eriydi, efirda erimaydi. Asosning tarkibi: PEO 1500 va PEO 2000, bu asosda papaverin, belladonna shamchalari tayyorlanadi. Yana PEO 4000 (VFS 42-110-72)si ham bor, anestezin, belladonna, ixtiol bilan tayyorlanadi.
    3. Paxta moyini 5% T-2 saqlagan gidrogenizatida fitolaka va temirdan 0,5 dan olib shamchalar 30 dona tayyorlash mumkin. Texnologiyasi: asosni suv hammomida 36-38 0C haroratida eritib, unga oldin temir spirtli eritmasidan 60 tomchi, keyin fitolaka tinkturasidan 600 tomchi solib tayyorlanadi. Tinkturani asosga qo‘shishdan oldin, uni suv hammomida bo‘g‘lantirish lozim.
    Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi
    Gomeopatiya shamchalari DF X1 da keltirilgan qoidalarga asoslanib tayyorlanadi. Gomeopatiya shamchalari allopatiya shamchalaridan farqi - bu shamchalar turli xil gomeopatik tinktura va suyuq ekstraktlardan kakao moyi va boshqa asoslar bilan aralashtirib tayyorlanadi.
    Gomeopatiya farmakopeyasi bo‘yicha har bir shamchaga 2 tomchi suyuq ekstrakti yoki 20 tomchi gomeopatik tinktura qo‘shib tayyorlanadi. Asosga qo‘shishdan oldin tinktura va suyuq ekstrakt quyuqlashtiriladi /suv hammomida spirtni o‘chirish yo‘li bilan/. Kerak bo‘lsa, shamcha massasiga, qovushqoqligini oshirishi uchun, suvsiz lanolin qo‘shiladi (o‘rtacha 30 g massaga 1g gacha lanolin). Kakao moyidan shamchalar juvalash usuli bilan, boshqa asoslardan bo‘lsa - quyush usulida tayyorlanadi.
    Misol: 10 dona Aloe gomeopatik shamchalarini tayyorlash. Dori modda sifatida Aloening quyultirilgan shirasidan 60% spirt yordamida olingan tinkturasi ishlatiladi. Tinkturani miqdori 1-ta shamchaga 20 tomchi bo‘lsa, demak 10 tasiga 200 tomchi olinishi kerak. Olingan tinktura bo‘g‘latiladi, so‘ng kakao moyi bilan aralashtiriladi. Kerak bo‘lsa suvsiz lanolin qo‘shiladi. Shamchalar juvalash usuli bilan tayyorlanadi.
    Yuqorida keltirilgan shamchalarni jelatin-glitserinli asosida quyush usulida ham tayyorlasa bo‘ladi. Tayyor shamchalar bir xil, shaklli, qattiq-yumshoqligi qo‘llanishiga mos keladigan bo‘lishi kerak. Shamchalarning o‘rtacha og‘irligini 20 dona shamchani 0,01g aniqlikda tortib topiladi. O‘rtacha og‘irlikdan shamchalarni massasining chetga og‘ishi 5% dan oshmasligi kerak. Shamchlarni deformatsiyaga uchrash vaqti DF XI keltirilgan usul bo‘yicha aniqlanadi va 15 daqiqadan dan oshmasligi kerak.
    Agar shamchalar gidrofil asosda tayyorlangan bo‘lsa, ular 100ml hajmli kolbadaa 50 ml 370C haroratli suvda eritib ko‘riladi. Erib ketish vaqti 1 soatdan oshmasligi kerak. Dori moddalarning miqdoriy tahlili ham o‘tkaziladi.


    Download 6,71 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gomeopatik shamchalar texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.