• Nordon emas Nim nordon
  • Sho’r emas Nim sho’r
  • Shirin emas Nim shirin
  • Suyuq va qattik dori turlarni ta’mi, hidi va rangini tuzatish
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet36/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Achchiq emas

    Nim achchiq

    Achchiq

    Juda achchiq


    1
    2
    3
    4

    Tozalangan suv
    Xinin eritmasi
    -«-
    -«-

    -
    0,0002
    0,0025
    0,015

    Nordon

    N

    Nordon emas

    Nim nordon

    Nordon

    Juda nordon


    1
    2
    3
    4

    Tozalangan suv

    Limon kislotasi


    -«-
    -«-

    -
    0,02
    0,5
    2,0

    Sho’r

    Sh

    Sho’r emas

    Nim sho’r

    Sho’r

    Juda sho’r


    1
    2
    3
    4

    Tozalangan suv
    Natriy xlorid
    -«-
    -«-

    -
    0,1
    2,0
    4,0

    Shirin

    О

    Shirin emas

    Nim shirin

    Shirin

    Juda shirin


    1
    2
    3
    4

    Tozalangan suv

    Qand


    -«-
    -«-

    -
    0,38
    15,0
    30,0

    2-jadval
    Bolalarga mo’ljallangan turli dori vositalarni ta'mini ta'riflash

    Nomi

    Dori shakli

    Xarf va son indеkslari

    T'am formulasi

    Umumiy ta'mi

    А

    N

    Sh

    О

    Lеvomitsеtin

    Tablеtka

    4

    -

    -

    -

    А4

    Achchiq



    Aloe tеmir bilan

    Sirop



    2

    3

    -

    3

    N303А2

    Nordon-shirin, nim-achchiq

    Kaliy atsеtat

    Eritma

    -

    2

    -

    3

    О3N2

    Shirin, nim- nordon

    Paratsеtamol

    Granulalar

    -

    2

    -

    3

    О3N2

    Shirin, nim- nordon

    Kalmagin

    Granulalar

    -

    -

    -

    3

    03

    Shirin



    Korrigentlar tavsifi
    Korrigentlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
    - dori bilan yaxshi aralashib, ularning t’amini tuzatishi lozim;
    - dori va yordamchi moddalarga mos kelishi kerak;
    - dorining biologic samaradorligiga va barqarorligiga t’asir ko’rsatmasligi kerak.
    Dorilar t’amini tuzatish mexanizmi fiziologik antagonist reseptorlarga t’asir ko’rsatishga asoslangan.
    Korrigentlarni tanlsh dori moddaning fizik-kimyoviy xossasi, t’ami, dori turi va biosamaradorliliga bog’liq bo’ladi.
    Dorolarni noxush organoleptic xossasini tuzatish maqsadida tibbiyot amaliyotida va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan t’am, hid va rang korrigentlar qo’llaniladi.

    Suyuq va qattik dori turlarni ta’mi, hidi va rangini tuzatish


    Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni noxush organoleptic xossasini tuzatish uchun tibbiyot amaliyotida ishlatish uchun ruxsat etilgan ta’m, hid va rang korrigentlari qo’llash mumkin.
    Qiyomlar. (Sirupi) qandni suvdagi yoki achib maromiga etgan meva sharbatildagi kontsentrlangan eritmasi (64% gacha), shuningdek ularning dori moddalar eritmasi, tindirma va ekstraktlar bilan aralashmasi bo’lib, quyuq, tiniq va tarkibiga qarab o’ziga hos t’am va hidga ega suyuqliklar. XI-Davlat Farmakopeyasining 2-jildida qiyomlar uchun umumiy maqola keltirilgan.
    Qiyomlar bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarining o‘rnini deyarli hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Ularning asosiy ahamiyati – dori moddalarning noxush ta’mini tuzatishdir. Buning uchun odatda qand, invert, qand-patoka qiyomlari qo‘llaniladi.
    Qo‘llanilishi bo‘yicha qiyomlar ta’m beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. Ta’m qiyomlari faqat asosiy dori moddalarni ta’mini tuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bularga misol sitfatida qand qiyomini hamda meva va reza mevali qiyomlarni keltirish mumkin. Qiyomlar ta’m korrigentlari sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari tarkibida qo‘llanilishi bilan birga tabletka, granulalar va boshqa dori turlarni olishda bog‘lovchi modda sifatida ham ishlatiladi.
    Korrigentlar sifatida - qand, olcha, limon, malina, qorag’at, gulhayri, noranja (pomeranets) va boshqa qiyomlar qollaniladi. Ularning tarkibida qand, organic kislotalar, meva efir moylari bo’lib asosan achchiq t’amni tuzatish uchun qo’llaniladi.
    Dorivor qiyomlar – bu gulhayri ildizi, chuchukmiya, rovoch va b. dorivor qiyomlar noxush ta’mni tuzatishda deyarli yuqori potensialga ega emaslar (gulhayri ildizi va olma qiyomlari), chuchukmiya ildizi qiyomi esa fchchiq ta’mni tuzata olsada, o‘zi noxush ta’mga ega.
    Eng yuqori ta’m tuzatish potensialga malina, olcha va kakao qiyomlari ega. Ayniqsa malina va olcha qiyomlar tarkibiga kislota qo‘shilishi, ularning potensialini yanada oshiradi.
    Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‘lib, ular turli sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo‘ladi, ko‘p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar.
    Ularning tarkibiga efir moylarini saqlovchi o‘simliklar (yalpiz, arpabodiyon, limon, apelsin va b.) dan ajratib olingan va o‘ziga hos hidga ega xushbo‘y va xushbo‘y bo‘lmagan birikmalar kiradi.
    Xushbo‘y moddalar qadim zamonlardan beri o‘ziga e’tibor qaratgan. O‘rta asrlarda xushbo‘y moddalar texnologiyalari shiddat bilan rivojlangan bo‘lib, masalan, XVI asr boshida rozmarin, lavanda, mavrak, igir, sano muattar hid taratuvchi o‘simliklardan xushbo‘y moddalar ajratib olingan.
    Bugungi kunda efir moylari oziq-ovqat, parfyumeriya, kosmetika hamda farmatsevtika sanoatida ham ta’m va hid korrigentlari sifatida keng qo‘llanilmoqda.
    Sulfadimezin 3% suspenziyasi misolida quruq suspenziyalarni efir moylari va qand yordamida ta’mini tuzatish imkoniyatlaroi o‘rganilgan (3-jadval). Bunda qand miqdori suspenziyada 15% tashkil etgan. Efir moylari esa 15 g qandga 2 tomchidan qo‘shilgan va yaxshilab aralashtirilgan. Quruq suspenziyani ta’mini aniqlash uchun ustiga ma’lum hajmgancha tozalangan suv solingan, aralashtirilgan va asosiy ta’mning son indekslari aniqlangan (A.S. Tensova usuli). 3-jadvalda keltirilishicha, apelsin va arpabodiyon efir moylari eng maqsadga muvoffiq ta’mni tuzatuvchi efir moylari ekanligi aniqlangan.
    3-jadval.
    Efir moylarini ta’m tuzatuvchi xususiyatini soldishtirma baholash natijalari (sulfadimezin 3% suspenziyasi)

    Sreda

    Son indeksining ko‘rsatkichi

    Sulfadimezinsuspenziyasini turli muhitlardagi ta’mi

    Sulfadimezinsuspenziyasini asosiy ta’mi

    Tozalangan suv

    2,0 /0,10

    2,05/0,05

    Tozalangan suv, qand, efir moyi

    2,7 /0,09

    2,9/0,09

    Toz. suv, qand, lavanda efir moyi



    2,5/0,17

    2,8/0,08

    Toz. suv, qand, kashnich efir moyi

    2,45/0,18

    2,85/0,10

    Toz. suv, qand, limon efir moyi

    2,45/0,16

    2,8/0,13

    Toz. suv, qand, limon efir moyi

    3,0/0,14

    3,05/0,08

    Toz. suv, qand, qalampirmunchoq efir moyi

    3,35/0,15



    2,9/0,14


    Toz. suv, qand, yalpiz efir moyi

    3,35/0,15

    2,9/0,14

    Toz. suv, qand, arpabodiyon efir moyi

    4,05/0,16

    3,75/0,09

    Toz. suv, qand, apelsin efir moyi

    4,05/0,16

    3,85/0,08

    Xushbo‘y suvlar (Aquae aromaticae) – bu tarkibida efir moyini saqlovchi suvli-spirtli eritmalar yoki suvli mikrogeterogen tizimlar. Ularning asosiy vazifasi dori preparatlarning, ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni, ta’mini va hidini tuzatishdir. Bundan tashqari ular o‘zi ham terapevtik faollikga ega, masalan, antiseptik, so‘lak hosil qiluvchi va boshqa ta’sirlar. Bu holni xushbo‘y suvlarni korrigent sifatida qo‘llashda albatta hisobga olish zarur.


    Qandlar sifatida saxaroza, glyukoza, fruktoza, laktoza, shuningdek ularni saqlovchi ozuqaviy mahsulotlar (shokolad, asal, kakao, kofe) dori vositalarni ta’mini tuzatish uchun ishlatiladi.
    Shirinlashtirgichlar. Bugungi kungacha dori vaositalarni ta’mini tuzatish uchun asosan qand (saxaroza) ishlatilib kelingan, shuningdek u to‘ldiruvchi, konservant va solyubillovchi yordamchi modda sifatida ham ishlatilgan. Biroq, uning shirinlashtirish potensiali deyarli katta bo‘lmaganligi sababli, dori vositalar tarkibiga katta miqdorda qo‘shilishi lozim. Masalan, dimedrolning achchiq ta’mini tuzatish uchun dimedrolning massasiga nisbatan saxaroza 50 – 100 marta ko‘p qo‘shilishi kerak. Olib borilgan biofarmatsevtik izlanishlar natijasi bo‘yicha ayrim hollarda dori vosita tarkibida qand miqdorini ko‘payishi ta’sir etuvchi dori moddaning so‘rilishiga (kalsiy tuzlarini saqlovchi preparatlar) salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ayrim hollarda ularning zaharliligi ortishi (nitrofuranlar) isbotlangan. Shuningdek, qandli diabet, diatez v shu kabi boshqa kasalliklarda qandni yordamchi modda sifatida ishlatish mumkin emas.
    Fruktoza barqaror birikma emas, uning tarkibida tarang okisidlangan halqasimon furanozli sikl bo‘lib, u eritmalarga jigarrang rang beruvchi furfurol, gumin va boshqa moddalar hosil qilishi mumkin, bu esa dorilarni turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Bugungi kunda mahalliy farmatsevtika korxonalarida korrigentlar sifatida maltoza, laktoza, invertlangan qand, limon kislotasi, glitserin, saxarol; xorijda esa dulsin, saxarin, sorbitol, tabiiy va sun’iy asal, karboksimetilsellyuloza, metilsellyuloza, mannitol, shuningdek sintetik shirinlashtirgichlar - siklomatlar (siklogeksilsulfamin kislotasining natriy va kaliyli tuzlari) ishlatiladi, ular shirinlik indeksi bo‘yicha qanddan 30 marta shirinroq.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.