• Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi
  • Qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlarni qo’llash asoslari




    Download 6,71 Mb.
    bet39/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe
    Maqola yozish qoidalari, 3-Ma’ruza Mavzu Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga, y-www.fayllar.org, Erkinov Humoyun, 3.1. differentsial tenglamalar, 14-dars-Kompleks-sonlar 55
    Qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlarni qo’llash asoslari:
    Bolalar uchun tayyorlanadigan dorilarni ta'mini yaxshilash maqsadida qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlar ham tеxnologiya amaliyotida kеng qo’llaniladi. Olinadigan shirinlashtirgichlar miqdori qandga bo’lgan shirinlik ekvivalеntiga nisbatan quyidagi tеngalama bo’yicha hisoblanadi:

    P= S/Ksh


    Bu еrda P – olinadigan shirinlashtirgich miqdori, g; S – qand miqdori, g; Ksh – shirinlik koeffitsiеnti. Zamonaviy qand o’rnini bosuvchi moddalar va shirinlashtirgichlarni tasnifi va ularning ta'rifi 4-5-ilovalarda kеltirilgan.
    Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi
    Poroshoklar. Bolalar amaliyotida bir martalik doza saqlovchi sashe-paketchalarga jihozlangan poroshoklarni qo’llanishi istiqbollik hisoblanadi. Bularga misol sifatida parasetamol, vitamin (askorbin kislotasi) va aramatizator saqlovchi; tarkibida parasetamol, kofein, natriy gidrokarbonat va limon kislotasini saqlovchi, 5gdan qadoqlangan vishillovchi porosokni; magniysulfat, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi va saxarozadan tashkil topgan Endryus mualliflik poroshogi kabi tarkiblarni keltirish mumkin.
    Quruq suspeniyalar flakonlarda ishlab chiqariladi va ishlatishdan oldin yoriqnomaga asosan suv bilan suyultiriladi. Bularga misol sifatida antibiotik saqlovchi va zambrug’larga qarshi preparatlar:
    - grizeofulvin suspeniyasi (korrigentlar: qand, shokolad, yalpizmoyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi;
    - fuzidinkislotasi, sefaleksin, ampitsillin, eritromitsin suspenziyalari (korrigentlar: qand, shokolad, yalpizmoyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi. Bunda bola organizmining bir qator xususiyatlarni inobatga olish kerak: o’ziga hos texnologiya, biosamaradorligi, oshqozon-ichak shilliq qavatini dori vositaning qitiqlovchi ta’siridan himoyalash, turli yoshdagi guruhlar uchun dozalash, qabul qilish qulayligi.
    Sefaleksin suspenziyasi to’ldiruvchi sifatida qand, sirt faol va quyuqlashtiruvchi moddalar qo’shilgan granula xolida ishlab chiqariladi va yuqori biosamaradorlikni namoyon etadi.
    Ampitsillin suspenziyasi tarkibida glukoza va sirt faol moddalarni saqlashi sababli namlanishi yaxshilanganligi kuzatiladi.
    Fenoksimetilpenitsillin suspenziyasi tarkibida quyidagi korrigentlar qo’shiladi: limon kislotasi, malina essensiyasi, qand.
    Farmatsevtika sanoatida yana quyidagi suspenziyalar ishlab chiqariladi: baktrim, lеvorin, tioridazin, pirantеl, salazopiridazin va b.
    Granulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan granulalarga misol sifatida "Kalmagin" antiatsid ta’sirga ega preparatni keltirish mumkin:
    Kalsiykarbonat 3,0
    Magniykarbonat 4,5
    Natriygidrokarbonat 3,0
    Natriykarboksimеtiltsеllyuloza 0,3
    Qand 63,45
    Aerosil 0,75
    Granulalar bankalarda 75 gdan ishlab chiqariladi. Qabul qilishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritiladi.
    Yosh bolalar uchun mo’ljallangan glyutamin kislotasi, mеzapama va prozеrin granulalari ham ishlab chiqariladi. Ularni ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritish lozim.
    Yoshi katta bolalarga esa tabletka, draje, kapsulalar ishlatiladi.
    Tabletkalar. Bolalarga mo’ljallangan tabletkalar faqat dozasi bilan farqlanmay, balki belgilangan fizik-kimyoviy va biofarmatsevtik omillarga ega bo’ladi. Shuningdek tabletkalar qobiq bilan qoplanadi. Bolalar uchun mo’ljallangan aminazin, lеvomitsеtin stеarat, analgin, allaxol, furadonin, fеnobarbital, kaliyaorotat, atsеtilsalitsil kislotasi, eritromitsin, butadion, dimеdrol tabletkalari bular jumlasidan.
    Bugungi kunda bolalar uchun vishillovchi tabletkalar ham ishlab chiqariladi, ulardan ta’mi tuzatilgan saturatsiya (mikstura)lar tayyorlanadi.
    Rochefirmasi (Bеlgiya) askorbin kislotasi, piridoksin gidroxlorid, kaltsiy karbonat, vitamin D2 moyli eritmasini saqlagan vishillovchi tabletkalarni ishlab chiqariladi.
    Kapsulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan kapsulalar asosan jelatinadan tayorlangan kapsulalar ishlatiladi, chunki ular bir qator afzalliklarga ega: tashqi omillardan himoyalash, noxush organoleptik xossalarni niqoblaydi, allergic reaksiyalarni chaqirmaydi, oson yutiladi. Bugungi kunda pediatriya amaliyotida antibiotik, vitamin, sulfanilamid, jumladan, sulfatiazol, fеnatsеtin, pipеrazinadipinat, vitamin B2, shuningdek ich ketish, surgi va yo’talga qarshi preparatlar kapsulalangan holda ishlab chiqariladi. Masalan, anemiya kasalligini davolash uchun tarkibida temir sulfat saqlagan “Konefron” kapsulalari hamda tarkibida polivitaminlar saqlovchi kapsulalari keng qo’llaniladi.
    Pastilkalar(lot. pastillae) – plastic holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arab elimi, qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va og’iz bo’shlig’ida so’rish yoki ichish uchun mo’ljallangan qattiq dori turi. So’ngi yillarda pediatriya amaliyotida ta’mi tuzatilgan suyuq dori turlari bilan bir qatorda pastilkalar ham ishlatiladi. Masalan, polivitaminlar va mikroelementlar saqlovchi “Pikovit” pastilkalari.
    Yoshi 7-8 yildan oshgan bolalarga qattiq dori turlari - tablеtka, drajе, kapsulalar qo’llash tavsiya etiladi.
    Davlat Reestrida keltirilgan pastilkalar nomenklaturasi asosan so’rish va chaynash uchun mo’ljallangan.
    Draje – ichish uchun mo’ljallangan qand ustiga (massasi 0,025 g) dori va yordamchi moddalarni obakilash yo’li bilan olinadigan va dozalarga bo’lingan qattiq dorituri. Draje olishda qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug’doy uni, kakao, etiltselluloza, bo’yovchi va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
    Dori va yordamchi moddala eritma yoki suspenziya holida kiritiladi. Drajelar obakilash qozonida olinadi, usti esa mum va qattiq moylar eritmasi bilan qoplanadi.
    Bolalar uchun polivitaminli “REVIT”, “UNDEVIT”, spazmolitik ta’sirga ega “TIFEN” va boshqa drajelar ishlab chiqariladi.
    Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari. Dori vositalarining yoqimli rangi va shirin ta’mi ko‘pincha bolalarni zaharlanishiga sababchi bo‘lmoqda, ayniqsa 2-3 yoshdagi ko‘daklarni. Shu sababli bolalar ochmaydigan idishlarni yaratish muammosi mavjud. Bugungi kunda turli firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari maxsus katta bosim bilan qiyin ochiladigan qopqoqli “PET” idishlarga, maxsus penallarga qadoqlanadi. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratishda muhim vazifalardan biri – bu bir martalik jihozlarni yaratishdir. Ushbu jihozlar polimer materiallardan tayyorlanadi va dori preparatni maksimal ravishda barqarorligini ta’minlaydi va yordamchi moddalar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlarni qo’llash asoslari

    Download 6,71 Mb.