• 2-Ma’ruza. Mavzu: Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasi Ma’ruza maqsadi
  • Tayanch atama va iboralar
  • Ma’ruzaning qisqacha matni: Gomeopatik dozalar va suyultirishlar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet12/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Gomeopatiyani xozirgi xolati
    XX-nchi asrning oxirida SS tizimida tabiat xom ashelari asosida tayerlangan preparatlarni assortimenti ko‘payib ist’emol qilinishi oshdi. Ular orasida davolovchi va kasalikni oldini olish uchun bo‘lgan usimlik preparatlari, gomeopatik,nutritsevtika, parafarmatsevtika parhez uchun maxsulotlar va BADlardir. Farmakolog, fitoximik va shifokorlarni ular juda qiziqtiradi. 100 yil avval farmatsevtika sanoatini ular tashkil etishgan, lekin sun’iy moddalar antibiotik, sulfanilamidlar, o‘simlik preparatlarini chetlab, birinchi o‘ringa chiqishgan. Bugungi kunning masalasi fitopreparatlar va gomepatiya zamonaviy tibbiyotda qaysi o‘rinda turishi kerak? Bu savolga birinchi bo‘lib sanoat miqyosida o‘simlik DV, gomepatik va kombirlangan preparatlar chiqarilmoqda.
    Fransiyada gomeopatik vositalari bilan 30% aholi, Germaniyada 25%, Angliyada 45% foydalinadi. Evropa esa fitopreparatlar ishlab chiqarishda birinchi (lider). Xozir 12 mlrd dollarni tashkil etadi.Birinchilar qatorida Germaniya 44%. Biz doim esimizda tutishimiz kerakki odamzot kup DVni dorivor usimlik va gomepopatik preparatlardan tashkil topishni xoxlaydi,chunki eng zarur masala bu maksimal darajada dorilar bezarar bo‘lishi kerak.
    2-Ma’ruza.
    Mavzu: Gomeopatiyada ishlatiladigan doza va suyultirishlar. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar. Gomeopatiya farmakopeyasi


    Ma’ruza maqsadi: Gomeopatiya farmakopeyasi va boshqa qo‘llanmalar, gomeopatik retseptlar, oddiy (allopatik) retseptlarni tuzilishini o’zlashtirish
    Tayanch atama va iboralar: doza, suyultirish,Ganeman, tinktura, tomchilr, grnilalar, potensiyalsh, dinamizasiyalash, Gomeopatiya farmakopeyasi, gomeopatik retsept
    Reja:
    1. Gomeopatik dozalar va suyultirishlar
    2. Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar
    3. Gomeopatiya farmakopeyasi

    4. Gomeopatik retseptlar yozish tartibiva namunalari


    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Gomeopatik dozalar va suyultirishlar
    Gomeopatiya yunoncha homoios-o‘xshash va pathos- kasallik so‘zlaridan tashkil topgan. Shunga asoslangan gomeopatiya dorivor modda sog‘lom odamda sinalganda, u dori qaysi kasallik belgilarini paydo qilsa, o‘sha kasallikni aynan shu dori bilan, nihoyatda kam dozalarda va maxsus usulda kuchi oshirilgan dorilar bilan davolaydi. 200 yillik gomeopatiya dori vositalari bilan davolashda biron-bir qo‘shimcha ta’sir yoki zaharlanish kuzatilmagan. Shuning uchun kasallikni gomeopatiya usulida davolash AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Olmoniya va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.
    Hozirgi vaqtda Ganeman g‘oyalariga tayangan holda V.Shvabe tomonidan yozilgan gomeopatiya dorilari bo‘yicha qo‘llanma 70 dan ortiq mamlakatlarda farmakopeya sifatida ishlatib kelinmoqda. Gomeopatiya dorilarining 78-80% dorivor o‘simliklar, 14%ga yaqini kimyo-viy va 6% atrofida jonivorlarga to‘g‘ri keladi. Gomeopatiya dorilarining allopatiyanikidan asosiy farqi barcha o‘simlik va jonivor, ular mahsulot-larining yangi yig‘ilganlarini ishlatishdir. Gomeopat shifokorlar dori yozishda retsept so‘zini ishlatishmaydi. Dori miqdori ko‘pincha ko‘rsatilmay uni suyultirish darajasi va dori turiga mansubligi ko‘rsatiladi.
    Gomeopatiyada ishlatiladigan dori kuchlari (konsentratsiya) o‘nlik (X yokiD) va yuzlik (S) birliklari bilan ifoda etilib, ular necha marta suyultirishni belgilovchi raqam yoniga qo‘yiladi. Masalan: 2x (2 o‘nlik), 3x (3 o‘nlik), 3s (3 yuzlik) va shu kabi. Bir kecha kunduzda ichish uchun beriladigan go-meopatiya dorilari odatda 5-8 tomchi 3-4 dona granulani tashkil etadi.
    Shifokorning yozadigan dori nomi lotincha bo‘lib, dorixonadagi dorilarga yopishtiriladigan yorliq kirilcha harfi bilan lotin tilida yoziladi. Masalan: Tartarus Emetikus, Merkurius Solyubilis. Hozirda ma’lumki vitamin V12 ni ayrim kamqonlik kasalligida beriladigan miqdori undagi kobaltning bir grammning milliondan birini tashkil qiladi. Odam tanasidagi hatto o‘lchash qiyin bo‘lgan miqdordagi mikro-elementlarning tana o‘sishi va faoliyatidagi muhim o‘rni beqiyosdir. Odam ta-nasida bir kunda ishlab chiqariladigan tireodining miqdori juda ozgina bo‘lib, 0,0000005g tengdir.
    Bu qonuniyatning ya’ni potensiyalashning yuzaga kelishi gomeopatiyada ayrim metallar: oltin, kumush, mis, platina, temir, qo‘rg‘oshin va shunga o‘xshash hamda yog‘och ko‘miri, qum va shu kabilarni dori-darmon sifatida keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Vaholanki yuqorida keltirilganlar tabiiy holda dorivor modda sifatida ishlatilmaydi. Ganeman birinchi bo‘lib, dori vositalarni oldin sog‘lom organizmda sinab ko‘rish kerakligini aytgan edi va shu bilan birga dorilar patogenezini topgan edi. Chunki dorining patogenezi xuddi kasal simptomi bilan bir xil bo‘ladi, lekin dori patogenezlarida Ganeman qanday odam qiyofasiga-o‘xshashligini yozgan.
    Gomeopatiyada ishlatiladigan eritmalarni va potensiyalarni tayerlashda sanitariya qoidalari va talablariga muvofiq bajariladi va mikrobiologik tozaligiga javob berishi shart. /X1 DF ning 2 qism, 193 bet/.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.