Gomeopatiya davolash tizimining tarixi va rivojlanishi




Download 6,71 Mb.
bet9/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

Gomeopatiya davolash tizimining tarixi va rivojlanishi
O‘rta asrlarda bemorni davolashda zuluklar qo‘yish, qon chiqarish usullar qo‘llanilgan, buning uchun qon so‘ruvchi bankalardan foydalanilgan,
shuningdek, ich yumshatuvchi, qusuq chaqiruvchi va terlatuvchi vositalar ham ishlatilgan. Tabiblar dori moddalarning xususiyatlarini to‘liq bilmay turib, ularni boshqa dorilar bilan aralashtirib, xech qanday asossiz juda katta dozalarda ishlatishgan; o‘tkir kasalliklarda retseptlar kuniga bir necha marta o‘zgargan. Surunkali kasalliklarda esa dori nomlari 2-3 kunda o‘zgargan. Dori moddalarning aralashmasiga temir, simob, xinin, opiylar kirgan. Bu dorilar ham katta dozalarda buyurilgan. Masalan, simobli birikmalar yara qilguncha, ya’ni organizm to‘liq zaharlanguncha buyurilgan.
Shunday tabiblar bo‘lganki, ular o‘z tajribasini samarasiz deb topib, davolayotgan bemorga o‘zlarining kuchsizligini va berayotgan dorilari bemorga zaharliligini ochiq oshkor qilganlar.
Gomeopatik davolash usulining asoschisi nemis olimi va shifokori Samuil Ganeman (1755 - 1843 yy.) ham o‘sha davrda yashagan va shular toifasiga kirgan. O‘sha davr tabobatida dori moddalarning ta’siri haqida to‘liq ma’lumot yo‘q deb ta’kidlagan. Ganeman lotin, grek va arab tillarni bilgan holda, ko‘p yillarni qadimgi manbalarni o‘rganish va tarjima qilishga bag‘ishlagan. U Gippokrat, Avitsenna, Galen, Oribaziya, Karneliy Sels, Dioskorid, Aetiya va boshqalarning bayonlarini o‘rgangan.
Ganeman, o‘z davri tabobatini kamchiliklarini bilib, davolashda xech narsaga asoslanmagan murakkab tarkiblardan voz kechish va bemorlarni o‘ziga xos sub’ektiv hollarini inobatga olishni maslaxat bergan. Ganeman qadimgi mualliflarning o‘xshashlik prinsipi yo‘nalishi bo‘yicha dorilarni qo‘llaganligini aniqladi. Gippokrat shunday yozadi: "Bemorga uning tabiati tabiblik qiladi, xaqiqiy tabib esa yordam berishi kerak. Kasallik o‘xshashlik bilan vujudga keladi va o‘xshashlik bilan bemor sog‘lig‘ini tiklaydi".
1790 yil Ganeman Kullenning "Dorishunoslik" asarini ingliz tilidan nemis tiliga tarjima qilayotganida, muallif xina po‘stlog‘ining ta’siri xaqidagi bo‘limida ko‘plab amalga qarshi gipotezalar topgan.
Ganeman bu o‘simlik dorivor mahsulotini tekshirishiga kirishdi va bir necha kun mobaynida u o‘zida ma’lum miqdorda dorini qabul qilgan va sinagan, natijada, unda bezgak simptomlari paydo bo‘lgan. Bu tajribani bir necha bor o‘zida va do‘stlarida sinab ko‘rib, Ganeman xininni nafaqat bezgakni davolovchi, balki katta dozada sog‘lom organizmda bezgak kasallik belgilarini keltirib chiqarishini ta’kidlaydi.
G omeopatik davolash usulining asoschisi nemis olimi va shifokori Samuil Ganeman (1755- 1843 yy.) xam o‘sha davrda yashagan va shular toifasiga kirgan. O‘sha davr tabobatida dori moddalarning ta’siri xaqida to‘liq ma’lumot yo‘q deb ta’kidlagan. Ganeman lotin, grek va arab tillarni bilgan xolda, ko‘p yillarni qadimgi manbalarni o‘rganish va tarjima qilishga bag‘ishlagan. U Gippokrat, Avitsenna, Galen, Oribaziya, Karneliy Sels, Dioskorid, Aetiya va boshqalarning bayonlarini o‘rgangan.



Download 6,71 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gomeopatiya davolash tizimining tarixi va rivojlanishi

Download 6,71 Mb.