|
15-laboratoriya mashg’uloti
|
bet | 6/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe31
|
15-laboratoriya mashg’uloti. Spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik dori sistemalar tuzilishi. Polimer dorivor pardalarni sifatini baxolash
|
307
|
32
|
16-laboratoriya mashg’uloti. Mikrokapsulalangan dorilarni tayorlash asoslari
|
325
|
33
|
17-laboratoriya mashg’uloti. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash
|
330
|
34
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
346
|
35
|
Glossariy
|
348
|
36
|
Ilovalar
|
|
|
Fan dasturi
|
381
|
|
Ishchi dastur
|
389
|
|
Tarqatma materiallar
|
398
|
|
Umumiy xavfsizlik choralari
|
419
|
|
Baholash mezonlari
|
421
|
O‘QUV MATERIALLAR
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
1-Ma’ruza.
Maxsus dori turlari texnologiyasifani, uning maqsadi va vazifalari. Gomeopatiya asoslari, qisqacha tarixi. Gomeopatiya davolash tizimining asosiy printsiplari va nazariyalari
Ma’ruza maqsadi: gomeopatik,maxsus pediatrik va geriatrik, kosmetologiya va veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari texnologiyasining nazariy va amaliy asoslariga hamda ta’siri yo‘naltirilgan va uzaytirilgan dori turlarini tuzilishi, ta’sir etish mexanizmlarigaoid bilimlarni berishdan iborat.
Tayanch atama va iboralar:maxsus dori turlari, gomeopatiya, pediatriya, geriatriya, kosmetologiya, veterinariya, ta’siri yo‘naltirilgan dori preparatlari, ta’siri uzaytirilgan dori preparatlari.
Reja:
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining tasnifi va qisqacha ta’rifi.
Ta’siri oldindan belgilangan va yo‘naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi, turlari va umumiy ta’rifi
Gomeopatiyaning qisqacha tarixi
Gomeopatiya davolash tizimining prinsiplari
Gomeopatiyaning nazariyalari
Ma’ruzaning qisqacha matni:
Maxsus dori turlari texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Maxsus dori turlarining tasnifi va qisqacha ta’rifi
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash tizimining taraqqiyoti va rivojlanishi yuqori saviyali kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lib, ular o‘zining professional burchini, ya’ni aholini sifatli dori-darmon bilan ta’minlashda nazariy, amaliy bilimlar darajasiga, dori turlarni tayyorlashda kerak bo‘lgan ko‘nikmalar va dorilarning to‘g‘ri ishlatilishi bo‘yicha ma’lumotlarni bera bilishga ega bo‘lishi kerak.
Farmatsevt mutaxassislarni tayyorlashda dori turlari texnologiyasi, albatta, alohida o‘rinni egallab, unda nafaqat dorixona, balki korxonalarda, kimyo-farmatsevtik muassasalarda tayyorlangan dorilar texnologiyasi va dori moddaning ta’siri oldindan belgilanib uzaytirilgan va yo‘naltirilgan preparatlarni, hamda maxsus dori turlaridan gomeopatik, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, yoshiga qarab beriladigan dorilar, kosmetologiya, veterinariya amaliyotida ishlatiladigan dorilar bo‘yicha o‘qitish ketma-ketligi, bir-biri bilan bog‘langan holda bo‘lishi kerak.
Bunday mavzularning o‘qitilishi maxsus standartlashtirilgan Jahon sog‘liqni saqlash uyushmasining NAP Hujjatlari asosida tuzilgan yangi dastur bo‘yicha olib boriladi.
Hozirgi vaqtda bemorni davolashda qo‘llaniladigan dori turlarining ahamiyati qanchalik yuqori va ya’nada bu omilning roli oshib borayotganligi xech kimda shubha uyg‘otmaydi. Demak, farmakoterapiyada dori turlari eng asosiy manba desa bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi zamonaviy dori turlariga faqat farmatsevtik talablar emas, balki biofarmatsevtik talablar ham qo‘yilgan.
Biofarmatsevtik talablari bo‘yicha dori turlari tarkibidagi preparatni to‘la to‘kis ta’sir etishini ta’minlashi; eng past darajaga uning salbiy ta’sirini tushirib, preparatning farmakologik xususiyatlarini yaqqol ochgan holda ta’sir kuchini namoyon etish.
U mazmunda bugungi kunda an’anaviy dorilar, ya’ni tabletka, surtma, eritmalar boshqatdan ko‘rib chiqilib, ularning asosida yangi dori turlari barpo etilmoqda.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan dori turlarni ichida tabletkalarni olsak, tabletka yaratish texnologiyasi, yordamchi moddalarning farmatsevtik xususiyatlari, ularning terapevtik samaradorligiga ta’siri, mos kelishi, biologik so‘rilish darajasi va boshqalar qaytadan ko‘rib chiqilib, shu bilan bir qatorda farmakologik dorivor guruhlar (antibiotiklar, gormonlar) ham yangidan ko‘rib chiqilmoqda va shu ishlarning natijasida yangi dori turlarini turg‘unligini ta’minlovchi, tanadagi ularning ta’sirini aniq va yo‘nalgan holda nazoratlarni kuzatib borishda qulay bo‘lgan yangi dorilarni barpo etish bugungi kunning eng dolzarb masalalari deb hisoblanadi.
Biofarmatsiya, farmakokinetika va farmakodinamika izlanishlarning birgalikdagi natijalari dorivor moddalarni samarali va bexatar ishlatish uchun ilmiy asos yarata boshladi.
Bunday natijalar yangidan yangi dori turlarini ishlab chiqarishga yo‘l ochib beradi. Bular jumlasidan berilgan dori turining tanada qachon va qanchadan ajralib chiqishini tekshirib turuvchi va ularni kerakli a’zo yoki to‘qimalarda ta’sir ko‘rsatishini oldindan hisobga olgan holda chiqariladigan dori turlari alohida o‘rin tutadi.
Bunday preparatlar qonda ta’sir etuvchi moddaning terapevtik konsentratsiya darajasini ma’lum vaqt ichida uzoq, doimo saqlab turish va natijada dorining davolash dozasini kamaytirish, me’da-ichak yo‘llarini qitiqlash va umuman dorini keraksiz qo‘shimcha ta’sirini kamaytirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi.
Bu xil dorilar farmatsevtik, fiziologik, bioximik omillarga tayangan holda ularga texnologik jarayonlar davrida tanada dorining harakat tartibi oldindan belgilab qo‘yiladi. Bunday dori turlari farmatsevtika korxonalari mahsulotlariga kirib, ularni dorixonada tayyorlashga sharoit yo‘qdir.
|
| |