|
Ta’siri oldindan belgilangan va yo‘naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi, turlari va umumiy ta’rifi
|
bet | 7/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeTa’siri oldindan belgilangan va yo‘naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi, turlari va umumiy ta’rifi
Farmakokinetik ta’siri oldindan belgilangan preparatlarni ko‘rib chiqsak. Farmakokinetika - "dorini siljitmoq" ma’noni tushuntiradi (yunoncha so‘z). Bu fan tanada dorilarning so‘rilishi, tarqalishi, bio-transformatsiyasi va tanadan chiqib ketishi (eliminatsiya)ni o‘rganadi. YA’ni tananing dorivor moddaga ta’siri.
Farmakodinamika esa dorivor moddaning tanaga ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadi. Demak, farmakokinetik xususiyatini oldindan belgilash mumkin ekan, bunda o‘ziga xos davolash usulini tanlab olish va, eng muhimi, beriladigan dori moddaning ta’sir etish darajasini aniqlash ham mumkin bo‘ladi.
Berilgan dorini tanada qachon va qanchadan ajralib chiqishini tekshirib turuvchi va kerakli a’zo yoki to‘qimalarda ta’sir etishini oldindan hisobga olgan holda dorilar ishlab chiqariladi.
Bunday dorilarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Bir-birlarining ta’sirini oshiruvchi;
2. Qarama qarshi ta’sirli;
3. Tanlab ta’sir etuvchilar.
1. Bir-birlarini ta’sirini oshiruvchi,ya’ni sinergetik preparatlarda dori moddalar birgalikdagi ta’sir natijasining yig‘indisi bo‘lib, terapevtik samara olishga imkoniyat beradi. Misol tariqasida asfenni keltirish mumkin. Uning tarkibidagi yarim dozada atsetilsalitsil kislota (0,25g) va fenatsetin (0,15g) bor. Dozalarning kamayishi hisobiga atsetilsalitsil kislotaning qitiqlovchi ta’siri hamda fenatsetinning zaharli ta’sirlari yo‘qoladi. Lekin har ikki yarim dozadagi preparat birgalikda bir butun ajoyib issiq tushuruvchi va og‘riq qoldiruvchi natijani beradi. Preparatning toza holdagi natijasiga ko‘ra undan samaraliroq dorilar turli farmakologik guruhlarga mansub bo‘lib, ta’siri bo‘yicha bir yunalishdagi davolovchilar qatoriga kiradi. Lekin ularni bir vaqtda qo‘shib iste’mol qilinganda ta’siri kutilgandan birmuncha ortiq natija beradi. Bularga misol qilib papazol, nikoverin, nikoshpan, ksantinol nikotinatlarni ko‘rsatish mumkin.
2. Qarama qarshi natijali deb bir modda ikkinchi moddaning ta’sirini ma’lum darajada pasaytirishiga aytiladi. Preparatlarning bunday xususiyati ularning qo‘shimcha, salbiy, noxush ta’sirlarini kamaytirish yoki yo‘qotish maqsadida foydalaniladi. Bunday preparatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirli bo‘lishi mumkin.
3. Tanlab ta’sir etuvchi tabletkalar va drajelar o‘z tarkibida bir nechta dorivor moddalarni saqlab turli bosqichlarda ularni ketma-ket sarf qiladi.
Bu dori turi o‘z tarkibida bir-biriga zid dorivor moddalar saqlab, ularning har qaysisi yupqa qobiq bilan o‘raladi. Shu sababli ular zarur vaqtda va tananing kerakli joyida ajralib chiqib o‘z ta’sirini alohida-alohida ko‘rsatadi. Masalan, draje holida chiqariladigan "meksaza" uch qavatdan iborat: ichki qavatida (yadro) enteroseptol, o‘rta qavatida pankreatin va tashqi qavatida bromelin saqlaydi. Tanada birinchi bo‘lib tashqi qavatdagi bromelin, so‘ng pankreatin va nihoyat enteroseptol ajralib, o‘z ta’sirini birin-ketin namoyon qiladi. Bunday dori turlarini chaynamay butunligicha ichishni yodda tutish kerak.
Farmakoterapiyada istiqbolli deb dorilardan ta’sir etuvchi kuchi yo‘naltirilganlari aytiladi. Dorivor moddaning a’zolar, to‘qima va hujay-ralarga yo‘naltirilgan holda etkazib oborilishi ularning zaharliligini va shu bilan bir qatorda ayab sarflanishi ko‘zda tutiladi.
Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarda shu narsa tasdiqlanganki, iste’mol qilingan dorilardan dori moddaning 90% maqsadga muvofiq emas, ya’ni mo‘ljalga etib bormas ekan.
Hozirgi zamon dorilarini, ularning mo‘ljalga etkazib borish pog‘onasi, ta’sir etish mexanizmi va transport qiluvchi moddaning katta-kichikligiga ko‘ra, uch guruhga bo‘lish mumkin.
1 guruh - tana a’zolarga (mishenlar) etkazib boruvchilar:
- mikrokapsulalar;
- mikrosferalar;
- ularning katta-kichikligi 1 mkm dan katta;
2 guruh – to‘qimalarga etkazib boruvchilar:
- nanokapsulalar;
- nanosferalar;
- liposomalar;
- ularning katta-kichikligi 1 mkm gacha bo‘lib kolloid moddalar;
3 guruh - hujayralarga etkazib boruvchilar:
- antitelalar;
- glikoproteidlar
- ularning katta-kichikligi 1 mkm gacha.
Antitelalar - bu organizmda (limfa, qon, to‘qima) antigenlarga(o‘zga, organizm uchun yot bo‘lgan oqsil modda) qarshi hosil bo‘lib, ularning ziyonli ta’sirini bartaraf qiluvchi moddalar. Misol uchun aleksin (himoya qiluvchi qonni zardobida hosil bo‘lgan modda), ambotseptor - bu ham himoyalovchi mikrob bilan immunizatsiyalashda qonning zardobida hosil bo‘lgan modda, u mikroblarni eritib o‘ldiradi.
Magnit orqali boshqariladigan sistemalar: tanada tegishli joylarga dorilarni etkazib berish, dori tarqatuvchi-tashuvchi moddalar yordamida ikki xil bajariladi:
1 - sustkashlik bilan etkazish - bu hol dori tarqatuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyati bilan belgilanadi;
2 - faol etkazish - bunda turli tashqi muhitlar yordamida (masalan, magnit maydoni) dorining etkazilishi tartibga solinib turiladi.
Dori moddaning yo‘naltirilgan holda a’zo-mishen, to‘qima va hujay-ralarga etkazib berishini, ya’ni uch guruhga bo‘lib ko‘rilayotgan dori turlari qaysi darajada organizmga ta’sir ko‘rsatishini misollar orqali yaqqol tasvir qilish mumkin.
Ma’lumki, agar odam tanasidagi ayrim a’zolar umumiy vazifani bajarsa, ular shu a’zolar tizimi (sistemasi) deyiladi. Bu asab, qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, ajratib chiqarish va ko‘payish a’zo sistemalaridir.
Misol qilib ajratib chiqarish a’zolar tizimini ko‘rsak.
Hujayralar to‘plami (yig‘indisi) to‘qima, bir qancha to‘qimalardan (epitelial, bog‘lovchi, mushak, asab) a’zolar hosil bo‘lib va shu bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar bir tizimini tashkil qiladi.
Demak, 1 guruhdagi dori moddalarning tashuvchilari yangi avlod dorilari va ular ayrim a’zo va to‘qimalarning yoniga yo‘naltirilib ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
2-guruh tashuvchilari to‘qimani o‘zida tarqaladi, shu guruh tashuvchilariga eritrotsitlar, qon elementlari ham o‘zi bilan dori moddani tashishi mumkin, chunki organizmda aylanib (sirkulyasiya) qilib, ya’ni qon aylanishi bilan a’zo-mishenga dori moddaning ta’siri yunaltiriladi.
3-guruhdagilar tashuvchi vazifasini emas, balki organizmga har hil antigenlar (bakteriya, virus, oqsil, toksinlar) tushganida antigenga qarshi antitelalar hosil bo‘ladi. Ularni "tanib olish" elementi sifatida ishlatiladi.
Antitelalar o‘smaga qarshi dori moddaning ishlatilishi shu o‘sma hujayrasining ustidagi antigen bo‘lishiga bog‘liq. Lekin bunday antigen sog‘lom hujayrada bo‘lmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ta’siri oldindan belgilangan va yo‘naltirilgan dori turlari,ularning yaratish zarurligi, tasnifi, turlari va umumiy ta’rifi
|