|
-rasm. Hahnemann, Samuel (1755–1843)
|
bet | 10/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe1-rasm. Hahnemann, Samuel (1755–1843)
Ganeman qadimgi mualliflarning tajribalari va fikrlashlari bilan tanishib, ulardan bemorlarni davolashda "o‘xshashlik prinsipini" topdi va o‘zining xina daraxti po‘stlog‘i bilan bo‘lgan tajribasi asosida gomeopatik nazariyasini yaratdi.
Ganeman tajribada dori vositalarini sinab ko‘rish natijasida quyidagi xulosalarni chiqardi:
- har bir dori modda organizmda maxsus ta’sir ko‘rsatadi;
- dorining ta’siri ratsional reaksiya bo‘lishi uchun hisob-kitob qilinishi kerak;
- reaksiya organizmning avvalgi holatiga bog‘liq;
- organizm reaksiyasi tufayli kichik yallig‘lanish stimullangan samaraga ega;
- yallig‘lanishning mosligi sub’ektning reaksiyasi orqali aniqlanadi.
6 yildan so‘ng qattiq mehnat qilib, sog‘ va bemor organizmlarda turli dorivor moddalarni sinab ko‘rib, Ganemanning birinchi marta tajriba natijalari chop etildi.
1 796 yilda Gufelanning tabobat oynomasida Ganemanning "Dorivor moddalarni davolash xususiyatini topish uchun yangi jarayon tajribasi" deb nomlangan maqolasi chop etildi.
1805 yilda esa xuddi shu oynomada Ganemanning "Tajribali tabobat" deb nomlangan maqolasi chop etildi.
1810 yilda Ganemanning "Tabiblik san’atining organoni" nomli kitobi nashrdan chiqdi. SHu davrda Ganeman Leypsig dorilfununida privat-dotsent unvoniga sazovor bo‘ldi, o‘qitish jarayonida uning atrofida talabalar, tabiblar, dorini o‘zida sinashga ehtiyori bilan kelganlar bo‘lar edi.
2-rasm. "Tabiblik san’atining organoni", 1810
1811 yilda Ganemanning bayonlaridan biri bo‘lgan "Toza dorishunoslik"ning 1-qismi chop etildi. Bir necha yildan keyin esa uning qolgan 4-ta qismi ham chop etildi. Bu asarda 60 ga yaqin dori moddalar ta’siri keltirilgan. Dorilarni izlab topish va qo‘llashda o‘z usulini boshqa usullardan farqliroq, Ganeman "gomeopatiyasi" deb nomladi.
Gomeopatiya dori vositalarining qo‘shimcha ta’siri yo‘qligi ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi. AQSHda 1832 yili, Belgiyada 1953 y, Buyk Britaniyada 1856yili, Argentinada 1963yili, Meksikada 1895yili, shuningdek Gollandiya, Daniya, SHveysariya, Italiya, Norvegiya, SHvetsiya, Ispaniya, Gretsiya, Finlandiya, Osiyo davlatlarida Xindiston, Pokiston, Bangladesh, SHri Lanka, Afrika Kit’asida: Nigeriya 1960yili, Zimbabve 1981yili, Avstraliya va YAngi Zellandiya amaliyotlarida ham gomeopatiya sekin asta rivojlana bordi.
Rossiyaga chegaradosh Polsha, Vengriya, CHexoslovakiya, Ruminiyalarda ham gomeopatiya o‘z o‘rnini topgan. Polshada 1892 yildan boshlab gomeopatiya jamiyati mutaxassislardan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshi-rib, ijobiy natija berilgan munosabati bilan gomeopatiya Davlat tomonidan rasmiy tan olingan.
Vengriya va Slovakiyada gomeopatiya usuli bilan davolash boshqa qo‘shni davlatlarga nisbatan birmuncha kamroq yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyaga Ganeman g‘oyalari 19 asrning 20 yillarida kirib keldi.1824 yil Peterburgda Ganeman va uning ta’limoti bilan tanish bo‘lgan doktor Adam Germaniyada shu yo‘nalishni qo‘llash uchun ko‘chib keladi. Bu nazariyani yoqlovchilar ham topilib, gomeopatiya yo‘li bilan davolash tez tarqala boshlaydi.
1828 yilda o‘sha vaqtda harbiy gospitallarning birida xizmat qiluvchi leyb-medik Germaniyaga Ganeman usuli bilan davolashga xuquq berildi. 1832 yildan Peterburg, Moskva, Riga shaxarlarida gomeopatiya dorixo-nalarini ochishga ruxsat etildi. Moskvada 1-nchi gomeopatiya dorixonasi Petrovkada 1835 yilda ochilib, unga gomeopatiya ta’limini targ‘ibot qilishga ko‘p xizmat qilgan A. O. Farbrixer boshchilik qilgan.
X1X asrning 2-nchi yarmidan boshlab gomeopatiya jurnali har oyda chiqaboshlaydi. 1898 yil Peterburgda gomeopatiya kasalxonasi ochildi. 1833 yil Rigada xam 1-nchi gomeopatiya dorixonasi ochildi va 1959 yilga qadar dorixona shaxsiy gomeopatik shifokorlar retsepti bo‘yicha dori tayyorlashar edi.
Hozirgi vaqtda mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida,jumladan Moskva, Riga, Kiev, Peterburg, Tbilisi, YAlta, Simferopol, Lvov, Xarkov va boshqa shaxarlarda 20 ga yaqin gomeopatiya dorixonalari, Moskvada gomeopatiya kasalxonasi va dorixonalar qoshida gomeopatiya bo‘limlari ishlab turibdi. Ularning ishini yaxshilash maqsadida Moskva, Kiev, Toshkent shaxarlarida shifokor-gomeopat va farmatsevt-gomeopat tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan.
1989 yil Kievda shifokor gomeopatlarning butunittifoq s’ezdi bo‘lib, bunda tashkiliy masala ko‘rilib, butunittifoq gomeopatiya assotsiyasi tashkil etildi, unda dorixona xizmatchilari ham faol qatnashdi.
Ayrim shaxarlarda jamoatchilik yo‘lida kooperativ gomeopatiya markazlari tashkil topmoqda. Masalan, Kievda “Gomeopat”, Lvovda “Apis” markazlari. Hozir barcha mamlakatlarda ishlatib kelayotgan gomeopatiya dorilar soni 2000 atrofida bo‘lib, shunda V. Shvabe qo‘llanmasiga 514 kiritilib, ulardan faqat 150 yaqini MHD davlat reestriga kirgan xalos.
Ma’lumki reestrga kirmagan dorivor o‘simliklar hom ashyosi bilan assortiment, ham miqdor jihatdan, ta’minlashni tashkil etish, bu sohada ijod qilayotgan barcha ilmiy xodimlarga qarata qilgan murojat ayni muddaodir. Bu sohadagi izlanishlarni kuchaytirish va tibbiyotga joriy etish haqidagi fikrlar ham taxsinga sazovordir.
Yo‘nalishlar:
Gomeopatiya preparatlarining arsenalini boshqatdan ko‘rib, chet elliklarni o‘zimiznikisi bilan almashtirish;
Gomeopatiyada reglamentga kiritilgan dori turlariga in’eksiya, ko‘z DT, aerozol, tabletka, terapevtik sistemalarni kiritish hozirgi zamon yordamchi moddalar YUMB, SFM, erituvchilar, stabilizator, surtmalar, emulsiya va gidrofil asoslar ishlatilishi;
Essensiya, nastoyka, granula, tomchilarni texnologiyasini rivojlan-tirish;
Gomeopatiya dori turlari sifatini nazoratida hozirgi zamon usullarini qo‘llash;
Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan gomeopatiya farmakopeyasini chiqishini o‘ylab ko‘rish.
Dori-darmonlar uchun NH (normativ hujjat) ishlab chiqilmaydi va shu boisdan ular dori sifatida korxonalar tomonidan deyarli ishlab chiqarilmaydi. SHundan xulosa - gomeopatiya dori-darmonlari ustida keng va samarali ilmiy izlanishlar olib borilishi zarur.
|
| |