|
Gomeopatiya prinsiplari, nazariyasi va ta’sir etish mexanizmi
|
bet | 11/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeGomeopatiya prinsiplari, nazariyasi va ta’sir etish mexanizmi
"Gomeopatiya" (yunonchada: homoios - o‘xshashlik, pathos- kasallik) termini o‘sha davrdan to hozirgi davrgacha o‘z nomini saqlab qolgan. Uning aksi "allopatiya" (allos qarshilik, pathos kasallik) bo‘lib, bu terminni ham Ganeman kiritgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida professor Zlatorovich boshchiligida Ganeman va uning o‘quvchilari tomonidan tekshirilgan va tadbiq qilingan dori moddalarini qayta sinash ishlari olib boriladi. Venada Zlakovich boshchiligida Avstriyalik sinovchi tabiblarning jamiyati tashkil qilinadi. Buning natijasi Ganeman ilmining foydasiga deb topildi.
Ganemanning yuqoridagi tajribalaridan kelib chiqqanxulosalardan gomeopatlar va allopatlarning davolashidagi farqlarini ko‘rish mumkin. Agar bemorning oshqozoni yallig‘langan bo‘lsa, allopat tinchlantiruvchi dorilar bilan davolaydi, gomeopat esa yallig‘lantiruvchi dorilar bilan, lekin juda kam miqdorda.
Gomeopatiyaning prinsipi tabiiy kasallik va dori ta’sirida chaqirilgan kasallik bir-biriga o‘xshashligi bo‘yicha mos kelishi kerak.
Gomeopatiya Leypsig universitetining professori nemets olimi Samuel Fridrix Ganeman (1755-1843) tomonidan tibbiyotda yangi davolash yunalishi sifatida paydo bo‘lgan. 1
Ganeman Saksoniyada 1755 yilda tug‘ilgan, u juda qobiliyatli, bilimga tashnalik bilan qiziqadigan sinchkov bola bo‘lgan. U Sokrat, Dioskorid, Paratsels, Galen, Ibn Sinoning yaratgan ijodlarini o‘rganib dori modda-larni ishlatilishida qonuniyat borligini topadi.
Gomeopatiya dorilari sog‘lom odamda katta dozalarda sinalganda, u dori qaysi kasallik belgilarini paydo qilsa, o‘sha kasallikni aynan shu dori bilan davolashga asoslangan. U “o‘xshashlik” qonunini shunga asosan yaratdi.
Gipokrat va boshqa qadimgi olimlar shu o‘xshashlik qonuniyatini ko‘rsatib ketganlarini, hozirgi zamonaviy sharoitda ham takrorlanyapti. Misol tarikasida qon almashtirish autogemoterapiya, vaksinoterapiya, emlash va bosh-qalarni keltirish mumkin.
Ganeman 100ga yaqin dorivor moddalarni o‘zida va o‘zi xoxlovchi talabalarida sinagan. Katta /lekin zaharlanmaydigan/ dozalarda sog‘lom kishilarga berib, ularda sodir bo‘lgan yoki boshqa so‘z bilan aytganda birinchi marotaba dorilar patogenezini tuzgan.
Ma’lumki kasalning simptomi patogenezi bo‘ladi, lekin dorivor modda-larning o‘ziga xos ta’siri bo‘lishi va Ganeman dorilar patogenezi deb atashi yangilik bo‘lgan. Agar dori modda katta dozada sog‘lom odamda kasallik chaqirsa, shu dori modda kichik dozada davolash gomeopatiyaning I prinsipi, asosi bo‘lib qonunlashtirilgan.2
II-chi qonuni juda kichik dozalar ishlatilishi mumkin, kancha dori modda mayda bo‘lsa tez so‘rilib, tez ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Ganeman o‘z tajribalari ostida topgan, kasal organizmi dori moddaning katta dozalarga juda kuchli hozir javob, yallig‘lanishi, qitiqlanishi bo‘ladi. SHu tufayli Ganeman dori moddalar dozalarini kichik dozadan olib pasaytirib,davolash dozasini minimal mikrodozaga tushirgan.
Gomeopatiya davolash tizimining prinsiplaridan, ya’ni asoslaridan biri-bu potensiyalash yoki dinamizatsiyalash. Potensiyalash gomeopatik dorilarining texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi va u dorining shifobaxsh ta’sirini oshirishga qaratilgan. Shifobaxsh ta’si-rini oshirib dori davolovchi kuchga ega bo‘lishi uchun uni ko‘p marta suyultirish ham chayqatish yoki maydalab ishqalash kerak, ya’ni kuch sarflash lozim. Ganeman g‘oyalariga ko‘ar qancha dori modda ko‘proq suyultirilgan bo‘lsa, shuncha ta’sir etish kuchiga ega bo‘ladi.
Demak I nazariyaga ham etib keldik. Har bir suyultirish chayqatish,yoki ezib aralashtirish jarayonida sarflangan energiya ajralishi oqibatida doridagi yashirin saqlangan energiyasi ajralib dorining davolovchi kuchini ta’minlaydi. Bu esa bemorning ichki buzilgan muvozanatini tiklab,o‘zining fiziologik himoyalovchi kuchlarini oshirishga qaratilgan.Chunki kasallikning asosiy chaqiruvchi omillaridan biri-bu ichki muvozanatni buzilishi oqibatida,odamning tabiiy faoliyati susayadi va gomeopatik potensiyalangan dori moddaning ta’siri esa aynan shu jarayonni faollashtiradi.
Gomeopatiyada dori turlarini tayyorlash davridagi muxlatga katta e’tibor berishlik bejis emas, chunki eritmalarni tayyorlashda 10 marta kuchli chayqatish, trituratsiyalarni havonchada tayyorlashda 1 soat talab qilinadi.
Bunday mehnat va muddat davomida dorivor moddalardagi o‘ziga xos yashirin kuchning yuzaga chiqishi hisobiga dori ta’sir kuchining yanada jo‘shqinlanib oshishiga olib keladi. Bu jarayonni gomeopatiyada potensiyalash va dina-mizatsiyalash deyilib, bular hisobiga kichik dozalardan foydalanish qonuni paydo bo‘ladi.
1800-chi yilda tajribalar asosida paydo bo‘lgan bu qonun yuzasidan Ganeman “eritmalarni bir necha marta qattiq chayqatish yoki qattiq moddalardan zarrachalarga aylantirishda nafaqat bir xil aralashma va zarrachalar hosil qilibgina qolmay balki ularga yangi ta’sir sifati bag‘ishlaydi”degan edi. Bunga bir necha misollar qatorida osh tuzini misolga keltirib, odam kundalik iste’mol qiladigan va undan ko‘proq miqdordagisining deyarlik xech qanday terapevtik ta’siri yo‘qligi, lekin uning gomeopatik dozasidagisining ta’siri borligini keltiradi.
II nazariya bo‘yicha gomeopatik davolash usulining ilmiy asosini organizmdagi biologik interferensiya hodisasiga o‘xshatilgan.
Slutskiy N.I. “Shunday dori modda topilishi lozimki, sog‘lom odamda, kasalning belgilariga o‘xshash belgilar paydo qilsin va kichik dozada bor bemorga ta’sirini ko‘rsatsin» deb yozgan.
III nazariya bo‘yicha -1995 yil V.N.Sorokinning ilmiy asoslari quyidagicha:
dori moddaning molekulasining protonlari suvning molekulasiga o‘tadi. SHuning bilan barcha dori molekulasining tasnifiy xossalari erituvchi molekulasiga o‘tadi, shunday qilib gomeopatik dori vositalaring faolligi namoyon bo‘ladi.
Gomeopatiya preparatlarining murakkab fiziologik ta’sir etish mexa-nizmini tushuntirish bo‘yicha nazariyalar ko‘p. Negeli, Stepun, Shade degan olimlar asosiysi organizmda kechuvchi kimyoviy-fizikaviy “mikrofizikaviy ta’sir “ deb nomlashgan.
Ikkinchi nazariya bo‘yicha qo‘shimcha qilib kichik mikrodozalar ta’siri xuddi katalizatordek ta’sir etishini ko‘rsatib, bu nazariyani “mikrodoza katalizatsiyasi” deb nom berishgan.
Keyingi nazariya-energetik potensiyalash nazariyasi hisoblanadi. Mikrodozalar -elektro omil sifatida organizmga ta’sir etadi. Ma’lumki, odam organizmidagi kechadigan hayotiy o‘zgarishlar asab tizimiga bog‘liq. Buni I. M. Sechenov, I. E. Vvedenskiy, I. P. Pavlov va boshqalar isbotlashgan.
Ichki doimiy gomeostaz o‘zgarsa organizm uni o‘z-o‘zini boshqarib tiklashga urinadi. Shuning uchun gomeoterapiyada organizmni asab tizimidagi o‘zgarishlarga baho beriladi. Organizmbir butun a’zo ishini buzib qolmay, balki organizmni faoliyatini buzilishini ko‘rsatadi.
|
| |