Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet8/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

Gomeopatiyani yaratish asoslari
Qadim zamonlardan beri turli moddalardan dori turlari ishlatilib kelingan. Ko‘p dori turlari ming yillar davomida uzluksiz o‘zgarishlarga uchragan.
Qadimgi Misrda hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan ayrim dori turlari (eritmalar, surtma va xab dorilar) ishlatila boshlagan va shu dori turlariga tabiiy holatdagi o‘simliklar, hayvon va mineral mahsulotlar aralashtirib qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan.
O‘sha davrning bir qancha olimlari tibbiyot va farmatsiya fanlarining taraqqiy etishiga katta ta’sir ko‘rsatdilar.
Masalan, qadim grek shifokori Gippokrat bemorlarni malham, xab dori, eritmalar, qaynatmalar va dorivor moddaning aralashmalari bilan davolashgan.
K. Galen dorilarni tayyorlash qoidalarini ham tizimlashtirgan.
Mashxur sharq faylasufi shifokor va farmatsevt Ibn Sino farmatsiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U ko‘p dori turlari tarkibini yaratdi va takomillashtirdi. Ayniqsa u xab dorilar, sepmalar, o‘simlik sharbatlari, sirkada tayyorlangan nastoykalar va boshqalar bilan davolagan. 1020 yilda yozilgan Ibn Sinoning "Tibbiyot ilmi qonunlari" 5-kitobida bo‘tqalar, qaynatmalar va xab dorilardan murakkab tarkibli dori vositalar keltirilgan.
Alohida o‘rinda teryaklarning texnologiyasi keltiriladi. Teryaklar ilon, chayon chaqqanida, qutirgan it qopganida berilgan. Teryaklar tarkibiga zaharli qora ilon (gadyuka), opiy va shunga o‘xshash 64-ta modda, shu jumladan, asal, vinolar qo‘shilgan va kulchalar yasalgan.
Boshqa sharq olimlari qatorida Abu Rayxon Beruniy, Ar-Roziy, Ali ibn Abboslarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Beruniyning minerologiya kitobida turli minerallarning davolash xususiyati va xossalari keltirilgan. Mumiyo asil to‘g‘risida keng ma’lumot berilgan. Ma’lumki mumiyo hozirgi paytda tan olingan dori modda.
Xalq tabobati qadimgi Rossiyada tabiblar qo‘lida bo‘lgan. XI asrdan boshlab turli dori turlari dorixonalarda tayyorlana boshlangan. XIX asrga kelib farmatsiyaning rivojlanishi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘pgina dori turlari: bo‘tqa, sirkalar, essensiyalar, eliksirlar tayorlash jarayoni kashf etildi.
Hozirgi paytda tibbiyotda an’anaviy davolash usullari bilan bir qatorda noan’anaviy davolash usullari ham keng qo‘llanilyapti. SHu maqsadda ishlatiladigan gomeopatik, fitodavolash, igna sanchish bilan davolash, gipnoz, suv, havo, lazer va boshqa usullar, kosmetologiya, hamda veterinariyada ishlatiladigan dori turlarining rivojlanishi avj olmoqda.
Gomeopatiya, pediatrik, geriatrik, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va boshqa bir guruhni tashkil qiluvchi, hayvonlar uchun mo‘ljallangan dorilarga katta ahamiyat berilayotganini aloxida qayd etib o‘tish kerak.
Lekin maxsus dori turlarini tayyorlashda umumiy dorilar texno-logiyasiga asoslanadi va farmakognoziya, farmakologiya, farmatsevtik kimyo, mikrobiologiya kabi fanlarning asosini batafsil bilish kerak, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq amal qilish shart.
Gomeopatik tabobati hozirgi davrda etarli darajada samarali va havfsiz davolash usuli bo‘lib, u ko‘plab bemor va shifokorlarning e’tiborini o‘ziga tortdi.
Xalq tabobatining adabiyotlarida shifokorlarning gomeopatiya soha-sidagi bilimlarini kengaytirishi mumkin bo‘lgan, gomeopatiyaga doir ma’lumotlar manbalari etarli emas. Oxirgi yillarda T. D. Popovaning "Gomeopatiya haqida ocherklar" kitobi, V.I.Varshavskiyning "Amaliy gomeopatiya", G.Kyollerning tarjima qilingan "Gomeopatiya" kitobi chop etilgan.
Gomeopatiya ilmiy tibbiyotning o‘rnini to‘ldirmaydi, balki shu tibbiyotning davomidir. Ayrim shifokorlar gomeopatik va allopatik davolashning farqi haqidagi muammo to‘liq echilmagan deb hisoblashmoqda.
Ko‘pgina shifokorlar oddiy dorilar bilan gomeopatik davolashni afzal ko‘radilar. Gomeopatiya - bu panatseya emas, agar uni allopatiya bilan qo‘shib qo‘llanib, keng tarqalgan kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan oddiy dorilar samarasiz bo‘lganda, gomeopatik va allopatik davolash kompleksi katta samara berardi.
Gomeopatik davolash o‘tkir va surunkali kasalliklarda organizmning tabiiy qarshi kurashuvchanlik kuchi tufayli yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, u bolalar uchun samarali, bundan tashqari ko‘p siqilish, stressdan kelib chiqadigan kasalliklarni davolashda ahamiyati katta.
Bemorning tez orada shifo topishiga sabab, gomeopatlar allopatlardan ko‘ra ko‘proq bemorning temperamenti bilan bog‘liq kasallik belgilariga ahamiyat beradilar.
Gomeopatiya ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, Xin-distonda uchta xalq tabobati - ayurveda, siddxa, yunani bilan bir qatorda keng qo‘llaniladi. Gomeopatiya tibbiyotga katta hissa olib kirishi mumkin.
Faoliyat asosida Samuil Ganemanning "o‘xshashlik qonuni" yotadi. Gippokrat va boshqa qadimgi mualliflar ham shu qonunga o‘xshash hodisani bemorlarni davolashda sezar edilar. Masalan, ichak orqali vaksinoterapiya, autogeleoterapiya prinsipi bo‘yicha, seroterapiya va Pasterning antibiotik emlashlari.
O‘zinig "o‘xshashlik qonuni"ni ishlab chiqishda Ganeman dori moda-larning terapevtik dozada sog‘ odamlarda, ya’ni o‘zida, shifokorlarda, hamda ko‘ngilli talabalarda o‘rgangan va sinagan. Dori moddalar organizmning turli sistemalarida organ va to‘qimalarda o‘zgarishlar hamda buzilishlar chaqirgan.
Tajribaga olingan shaxslar dori moddaning nomini bilmagan holda uni muntazam qabul qilib, shu bilan birga organizmlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni yozib borganlar.
Ma’lum vaqt oralig‘idan keyin Ganemanning shaxsan o‘zi bu shaxslarning sog‘ligi bilan tanishib, so‘ng dori moddasidan kelib chiqqan ob’ektiv va sub’ektiv belgilarni umumlashtiradi va shulardan dori ta’siri haqida xulosalar chiqardi. Lekin belgilarni anatomik-fiziologik jihatdan umumlashtirishni imkoni bo‘lmadi. SHuning uchun ko‘p belgilar ishonarli emas.
Ganeman dori moddalarni turli xil hayvon va odam organizmiga turlicha ta’sir qilishini aytgan va shuning uchun sog‘lom odamlarda sinab ko‘rish usuli organizmda nafaqat ob’ektiv, balki sub’ektiv o‘zgarishlarni yashirishga yordam bergan, qaysiki bu o‘zgarishlar, ya’ni og‘riq sezish xususiyati haqida, ruxiy faoliyat funksiyasining o‘zgarishi haqida insonning o‘zi gapirib bergan. Gomeopatiyada shunday foydali va ratsional bir nima borki, bu ham bo‘lsa dori moddalarning kam dozadagi faolligi, ayniqsa ular o‘xshashlik qonuni bo‘yicha buyurilgan bo‘lsa.
Zamonaviy shifokor-gomeopatlar o‘xshashlik qonunida gomeopatiyaning negizini topgan va undan bemorlarga dorilarni tanlashda foydalanganlar.
Ganemanning ilimlaridan biri bo‘lgan "-ratsional bo‘lim" bemorlarga kam dozada dorilar tayinlashga asoslangan. Ganeman dastlabki yillari yangi usul bilan davolashni qo‘llaganda dorilarni katta miqdorda qo‘llagan, keyinchalik u shuni aniqlaganki, bemor sog‘ odamga nisbatan kuchliroq qitiqlanishni namoyon qiladi. SHunday qilib, Ganeman “dori moddalarni maksimal darajada maydalangan holda va kam dozalarda berish kerak ekan” degan xulosaga keladi.
Ganeman o‘zining "Tibbiyot san’ati organoni" deb nomlangan asarida shunday deb yozadi: "Dori moddasining qaysi kasallik bilan bo‘lsa ham o‘xshashligi uning nafaqat gomeopatikligi bilan, balki dorining miqdori bilan aniqrog‘i, uning kam miqdorda qabul qilinishi bilan tushuntiriladi. o‘ta yuqori dozada dorini, xox u gomeopatik dori bo‘lsin, qabul qilish bemor axvolini og‘irlashtiradi. Chnki bunda dorining kuchi keragidan ortiqcha ta’sir qiladi va bemorning kasallangan eriga zarar etkazadi (dorining ta’siri va shikastlangan joyning og‘rig‘i birgalikda kasallik siptomlarining zo‘rayishiga olib keladi). Shuning uchun gomeopatik dorini yuqori miqdorda qabul qilish zararli".
Oxirgi yillarda tibbiyot amaliyotida ayrim dorilarga nisbatan ularni past dozada qabul qilish oqimi yaratildi. Tibbiy-biologik tajribalarda hayvonlar uchun dori moddalarni 1:1 000 000 va undan ortiq suyultirilgan holda qo‘llanilmoqda. Fermentativ jarayonlarni samaradorligiga mos keluvchi fermentlarning minimal miqdori bilan ham bog‘liq. Keyingi yillarda og‘ir metallarning turli ta’siri haqida ham gapirish mumkin, ya’ni ular hayvon, o‘simlik organizmida va tuproqda minimal miqdorda saqlanadi.
Muayyan sharoitda o‘tkazilgan N.P.Kravkovning tajribalaridan shu ma’lum bo‘ldiki, 10-32 suyultirish darajasidagi zahar hali ham o‘z faolligini saqlagan bo‘ladi. Bu ta’sirni Kravkov "parafarmakologik" deb atagan va uni molekula parchalanishi bilan ta’sirlashuvi bilan tushuntirgan. I.P.Pavlov shuni ta’kidlaganki, brom miqdori bemorning nerv sistemasi turiga bog‘liq bo‘lgan nevroz kasalligiga 100 marta o‘zgarishi mumkin va katta dozalariga nisbatan kichik dozalari samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. M.K.Petrovaning tajribasidan brom tuzlari milligramm miqdorida berilganida terapevtik effekt namoyon qilingaligi aniqlandi.
Har bir dori moddasining fiziologik ta’sirini alohida o‘rganganida quyidagilar hisobga olinadi:
1. Hayvonlarda farmakologik tajribalarda sinalgan dorining nati-jalari.
2. Kishilarning tasodifiy zaharlanishlaridagi toksikologik kuzatish-lar.
3. Bu modda bilan sog‘lom odamlarda Ganeman tomonidan o‘tkazilgan tajriba natijalari.
O‘simlik dorivor moddalar davolash bahosining ketma-ketligi darajasi jihatdan botanik oilalarga bo‘linadi.
Ayrim dori vositalari o‘rganilmagan bo‘lgani uchun, ya’ni gomeopatik farmakodinamikasi o‘rganilmaganligi uchun ular kam ishlatiladi.
Adabiyotlarni hamma bo‘limlarida va terapevtik ko‘rsatkichda kasalliklarning nomi va patogenezi, kasalliklarning belgilari keltirilgan. "Tayyorlash va tayinlash usullari" va "Terapevtik qo‘llanilishi" deb nomlangan bo‘limlarda dori moddalarni past, o‘rta va yuqori darajada suyultirilgan holda tayinlanadi; amaliyotda bemorlarni davolashda ko‘pincha qo‘llaniladigan dorilar dozalari qalin bosma harflar bilan ajratilgan.
Xaqiqiy gomeopatiya qo‘llanmalarini tuzuvchilar V. SHvabe gomeopatik farmakopeyasida ko‘rsatilgan dori moddalar nomenklaturasiga tayandilar. Gomeopatik dorilar tayyorlash yurtimizda va chet ellarda hozirgacha shu farmakopeya asosida tayyorlanmoqda. Bu farmakopeya 1872 yilda yozilib, ko‘p tillarga tarjima qilingan, xususan, rus tiliga 1899 yil tarjima qilingan. Ganeman bergan nomlar hali ham saqlanib qolgan. Ayrim dori moddalar o‘z nomiga mos kelmaydi, lekin ular 1796 yildan boshlab yozib kelingan gomeopatik terapevtik adabiyotga kiritilgani uchun, gomeopatik dorixonalar va davolovchi shifokorlar yanglishmaslik uchun dorilarning qadimgi nomenklaturasiga tayanadilar.
Zamonaviy gomeopatiya albatta aniq ilmiy-materialistik asoslarga ega bo‘lishi kerak. Gomeopatiya xalq tabobatining ko‘plab bo‘limlari ichida kerakli o‘rinlardan birini egallashi zarur.

Download 6,71 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.