Losonlarda qo‘llaniladigan komponentlar




Download 6,71 Mb.
bet181/316
Sana16.01.2024
Hajmi6,71 Mb.
#138330
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   316
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

Losonlarda qo‘llaniladigan komponentlar
Losonlarning asosiy komponentlari sifatida spirt (ko‘pincha 20-40%gacha), suv, namlatuvchilar (glitserin, propilenglikol, asosan 3-6% va 10% gacha) qo‘llaniladi.
Qator teri kasalliklarini profilaktikasi terini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tozalashdan iborat, chunki bu tadbir terini ustida turli bakteriyalarni, zamburug‘larni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi (ayniqsa bu yog‘li teriga tegishli).
Asosan, yog‘li teri uchun mo‘ljallangan shampunlarda antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan erituvchilarni - etil yoki izopropil spirtlari qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Losonlar tarkibiga qo‘shiladigan ingridientlardan biri bu etil spirti. Konsentratsiyasiga qarab etil spirti asosiy antiseptik yoki konservant, ayrim holatlarda esa asosiy ta’sir etuvchi moddalarni erituvchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
Losonlar tarkibida etil spirti teriga quyidagi ta’sir ko‘rsatadi:
- tetiklashtiruvchi;
- yumshoq eg‘sizlantiruvchi;
- yumshoq burushtiruvchi va xushbo‘ylantiruvchi.
Etil spirtning miqdori teri turiga bog‘liq. Ko‘pincha quruq teri uchun mo‘ljallangan losonlarning tarkibida etil spirtning miqdori minimal bo‘ladi (4-6%) yoki umuman qo‘shilmasligi mumkin. Normal teri uchun mo‘ljallangan losonlarga etil spirt 8-15% atrofida qo‘shilishi mumkin. YOg‘li terini parvarishi uchun ishlatiladigan losonlarda etil spirtning miqdori o‘rtacha 15-20%, ayrim holatlarda, undan ham qo‘proq (30% oshiq) bo‘lishi mumkin, ammo 50-60% oshmaydi.
YUkori konsentratsiyalarda spirt terini quritish mumkin. Ayrim mualliflar esa spirtning konsentratsiyasini losonlarda 30% oshmasligi lozim deb hisoblaydilar va teri normal yoki quruq bo‘lsa spirtni umuman ishlatmaslikni tavsiya etadilar.
SHuni hisobga olgan holda ayrim losonlar tarkibiga spirtni kiritilmaslik imkoniyati o‘rganiladi.
Spirtsiz losonlarni yaratish hozirgi paytda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. Spirt saqlamaydigan losonlarni yaratishda qo‘llaniladigan xom ashyo bir necha guruhga tasniflanadi:
1. Asosiy komponentlar - struktura hosil qiluvchilar;
2. Emulgatorlar;
3. Namlantiruvchilar;
4. Quyuqlashtiruvchilar;
5. Konservantlar;
6. Solyubillovchi moddalar;
7. BFM lar.
Birinchi guruh - struktura hosil qiluvchilarga mansub bo‘lgan xom-ashyolar moylar va mumlarga bo‘linadi.
Moylarga - suyuq uglevodorodlar, silikonlar, o‘simlik moylari va hayvon yog‘i, alkil efirlari, letitsin va uning hosilalari kiradi, Ular losonlarning asosiy struktura hosil qiluvchi ingridientlari hisoblanadi. Mumlar ko‘pincha moyli fazani quyuqlashtiruvchi va emulsion sistemani kerakli qovushqoqligi, turg‘unligini ta’minlovchi vosita vazifasini bajaradi. Ulardan asalari mumi, spermatset, lanolin, qattiq uglevodorodlar, metil va stearil spirtlari, etilenglikolmonostearat va polietilenglikol-400 distearatlar losonlar texnologiyasida keng qo‘llaniladi. Lekin ularning konsentratsiyasi losonlarda chegaralangan bo‘lishi kerak, chunki me’yordan ortiq qo‘shilsa losonning oquvchanligi o‘zgarib gel hosil bo‘lishi mumkin.
Loson tarkibiga namlantiruvchi vositalar sifatida polispirtlar: propilenglikol, glitserin, sorbitol, polioksietilensorbitol qo‘shilishi mumkin. Ular terini namlashdan tashqari, geterogen sistemalarni turg‘unligini ta’minlaydi.

Download 6,71 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   316




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Losonlarda qo‘llaniladigan komponentlar

Download 6,71 Mb.