• Suv/moy emulsiyalar
  • Moy/suv emulsiyalar
  • Aralash tipdagi emulsiyalar
  • Kosmetik emulsiyalar (sutlar) TEXNOLOGIYASI




    Download 6,71 Mb.
    bet183/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Kosmetik emulsiyalar (sutlar) TEXNOLOGIYASI
    Kosmetik sutlar – kosmetik vositalarning keng qo‘llaniladigan dori turi bo‘lib, terini tozalash, oziqlantirish, yumshatish, namlash, sovutish vazifasini bajaradi.
    Kosmetologiya va dermatologiyada sutlarning ahamiyati katta, chunki yog‘lar va boshqa gidrofob tabiatli komponentlar (moylar, uglevodorodlar, va sh.o‘.)ning yuqori dispersligini ta’minlash imkoniyati bo‘ladi. Bu esa emulsiya turidagi kosmetik mahsulotlarini yuz terisiga so‘rilishi ta’minlaydi. Kosmetik sutlarni tarkibi, texnologiyasi, struktura – mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha emulsiya dori shakliga to‘g‘ri keladi. SHu sababli XI DF ning “Emulsiyalar” umumiy maqolasi bo‘yicha tayyorlanib, sifati baholanadi.
    Emulsiyalar – bu kamida 2 ta bir-birida aralashmaydigan suyuqliklardan tashkil topgan dispers sistemalar.
    3 turdagi emulsiyalar mavjud:
    1. Suv/moy tipdagi
    2. Moy/suv tipdagi
    3. Aralash tipdagi.
    Suv/moy emulsiyalar terini tozalash xossalari bo‘yicha suvsiz kremlarga tenglashadi. Emulsion sistemadagi suv aynan suvda eriydigan iflosliklarni tozalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar krem tarkibida emulgator nisbati oz bo‘lsa, teriga surtilganda emulsiya qavatlanadi va tarkibdagi suvning parlanishi hisobiga yoqimli salqinlatuvchi ta’sir yuzaga keladi.
    Bunday sutlar suvsiz sistemalarga nisbatan katta miqdor gidrofil moddalar - lanolin, setil spirti saqlaganligi sababli bu vositaning yog‘sizlantiruchi xossasi birmuncha pasayadi. Bundan tashqari teri tozalangandan so‘ng uning yuzasida qoladigan moy teri uchun foydalidir. Bunday sistemalarda suv 10 % dan 30% gacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
    Moy/suv emulsiyalar – bunday tipdagi suyuq emulsiyalar sotuvga “tozalovchi sut” nomi bilan chiqadi. Ular o‘z tarkibida ko‘p miqdor suv saqlaganligi sababli yog‘li asosdagi tozalovchi vositalar bilan suv asosidagi tozalovchi vositalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. YUz terisidagi yog‘li iflosliklarni (makiyaj) bartaraf etishda bunday sistemalar yaroqsiz. Suyuq konsistensiyasi va qo‘llanilishi engilligi, moyning miqdori oz bo‘lganligi, shuningdek, osonlik bilan tozalanishi bunday sutlardan kundalik foydalanishga asos bo‘ladi.
    Teri yuzasida engil shimilishi sababli ular tarkibiga turli BFM kiritish uchun ishlatiladi. Ta’sir etuvchi moddalar sifatida xolesterol, letsitin, vitaminlar, gormonlar, o‘simlik ajratmalari va boshqa BFM kiritiladi. Hozirgi vaqtda ular tarkibiga fitohimoyalovchi moddalar kiritiladi.
    Kosmetik sut tarkibidagi terini tozalovi faza asosan uglevodorodlardan va chumoli kislotasining izopropili yoki o‘simlik moylaridan iborat. Oz miqdorda glitserin va shilimshiq moddalar qo‘shilganda emulsiya teriga elimlik xossaning namoyon qilmaydi. Lanolin va setil spirtining oz miqdori sutning tozalash xossasini kuchaytiradi. Bunday sistemalarda emulgator sifatida aminli sovun kiritiladi va shu sababli yumshoq emulsiya hosil bo‘ladi. Tarkibdagi suv 50-80% ni tashkil etadi. Ko‘pincha bunday vositalar tarkibiga meva sharbatlari kiritilib, sut nomida meva nomi ham aks etadi. Aromatizatorlar miqdori 0,5% dan oshmasligi kerak.
    Aralash tipdagi emulsiyalar – bu guruhga asosan “salqinlantiruvchi” kremlar kirib, ularning tozalash xususiyati ham yuqori. Tarkibida moyli faza ko‘p miqdorda saqlagan bunday sistemalar mo‘‘tadil konsistensiyali va teriga oson surtiladi.
    Terini tozalashdan tashqari bunday sistemalar tungi, u/b nurlaridan himoyalovchi, shuningdek sportda qo‘llanilishi sababli bitta sut asosiga turli komponentlarni qo‘shib, har xil maqsadda ishlatish mumkin.
    Agar kosmetik sut terini tozalashga mo‘ljallangan bo‘lsa, uning moyli fazasini chumoli kislotasining izopropil kompleksi yoki lanolin oz miqdorda qo‘shilgan uglevodorodlar tashkil etadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kosmetik emulsiyalar (sutlar) TEXNOLOGIYASI

    Download 6,71 Mb.