• Kosmetik sutlarni turg‘unlashtirish
  • XUSHBO‘Y SUVLAR TEXNOLOGIYASI
  • Xushbo‘y suvlar tarkibiga kiruvchi dori, yordamchi moddalar va ularga qo‘yilgan talablar
  • Sirt faol moddalarning qo‘llanilishi




    Download 6,71 Mb.
    bet185/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Sirt faol moddalarning qo‘llanilishi



    GLB soni

    Sirt faol moddalarning qo‘llanilishi

    1.

    1-10

    Emulsiyada suvning moydagi tipi uchun emulgator sifatida va linimentlar uchun

    2.

    11-20

    Emulsiyada moyning suvdagi tipi uchun emulgator sifatida lipofil moddalar uchun turg‘unligini oshiruvchilar va osilmalar uchun

    3.

    21-40

    YUvuvchi moddalar, solyubilizatorlar va ko‘pik hosil qiluvchi moddalar

    3-jadvalda kosmetik sutlarni turg‘unlashtirish uchun tarkibdagi emulgatorlarning mo‘‘tadil miqdori keltirilgan.


    3jadval
    Kosmetik sutlarni turg‘unlashtirish



    Emulgator

    100 g kosmetik sut uchun emulgatorlarning olinadigan miqdori, g

    1

    Jelatoza

    5,0

    2

    Kraxmal

    5,0 (10% kraxmal kleysteri)

    3

    Emulgator T-2

    1,5

    4

    MS, KMS

    1,0-2,0 (5% eritma)

    5

    Tvin-80

    1,5

    6.

    Quruq sut

    10,0



    XUSHBO‘Y SUVLAR TEXNOLOGIYASI
    Xushbo‘y suvlar (Aqvae aromaticae) – bakterial muhit ta’sirida ter bezlari ajratmalarining parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan noxush hidlarni bartaraf eish uchun mo‘jallangan, tarkibida suv yoki spirt-suvda erigan efir moyi bo‘lgan eritmalardir. Ular asosan tiniq yoki ba’zan xiraroq bo‘lib, tarkibiga kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo‘y suvlar tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simlik xom ashyosidan suv bug‘i yordamida haydash, efir moylarini suv yoki spirtda eritish va tarkibida efir moyi bo‘lgan eritmalarni (konsentrantlarni ) suyultirish yo‘li bilan olinadi.
    Quyida sanoat miqyosida o‘simliklardan efir moylari haydab olish uskunasi chizmasi keltirilgan

    1-rasm. Suv bug‘i bilan haydab olish


    moslamasi.:

    T-quvuro‘tkazgich ;


    Px-haydash kubi;
    R-reshetka;
    F-florensiya stakani;
    X-muzlatgich;
    P-paro‘tkazgich


    Xushbo‘y suvlar tarkibiga kiruvchi dori, yordamchi moddalar va ularga qo‘yilgan talablar
    Ular ishlatilishi bo‘yicha davolovchi hamda kosmetik vositalarning hidini yaxshilovchilar guruhiga kiradi.
    Qo‘llanilishi bo‘yicha odekolonlarni 2 guruhga:

    1. ter bezlari ishini susaytiruvchi;

    2. bakteritsid vositalar yordamida terlashni bartaraf etuvchi vositalarga bo‘linadi.

    1-guruhga kiruvchi biofaol moddalarga alyuminiy va ruh minerallarining tuzlari – sulfatlari, xloridlar, oksixloridlari, fenolsulfonatlari kirib, ular ter bezlari sekretsiyasini 40% gacha kamaytiradi. Takror qo‘llash esa bu xossani kuchaytiradi.
    2-guruh biofaol moddalari bakteritsid xossaga ega bo‘lib, ta’sir mexanizmi terlash natijasida hosil bo‘ladigan bakterial mikroorganizmlarni yo‘qotishga qaratilgan. Ularga bisfenollarning xlorid tuzlari, geksaxlorofen, bitionol, ionalmashuvchi mumlar kiradi.
    Ta’siri bo‘yicha ikkala guruhga xushbo‘y suvlar tarkibiga kiruvchi efir moylari, o‘simlik biofaol moddalari mansub ekanligini ta’kidlash lozim.
    YOrdamchi modda sifatida turli spirtlarni qo‘llash ham ijobiy natija bermoqda.Spirtlardan 60% etil spirti, 50% izopropil spirti. 30-36% propil spirti ishlatiladi. Belgilangan quvvatdan kuchli yoki kuchsiz bo‘lsa, kerakli ta’sir bo‘lmasligi mumkin.
    Bundan tashqari xushbo‘y suvlar tarkibiga kiruvchi moddalar disperslik darajasiga va bu dispers fazaning dispers muhitda bir tekisda tarqalishini ta’minlashga, turg‘unligiga ahamiyat berish zarur.
    YUqorida keltirilgan talablar kerakli texnologik jarayon (solvatatsiya, peptizatsiya, solyubilizatsiya, emulgirlash, dispergirlash, ekstraksiya qilish)lar natijasida bajariladi. Bu bilan esa nisbatan turg‘un sistemalar olishga erishiladi.
    To‘yingan birikmalar saqlagan efir moylari uzoq muddat terida saqlanadi. To‘yinmagan birikmalar esa aksincha, masalan, terpenlarga boy bo‘lgan limon, apelsin, qayin moyiga nisbatan, aldegid, keton, fenol, terpenlar fenol efirlari, spirtlar va murakkab efirlar saqlagan xushbo‘y suvlarni qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak. Texnologiyada lipidlarning eruvchanligi, oquvchangligi, ta’sir oralig‘i miqdorini tanlashda teri turini hisobga olish zarur. Efir moylarining qitiqlovchi ta’siri teridagi qon aylanishini kuchaytiradi. Bu borada eng kuchli ta’sir etuvchi moylar terpentin moyi, garmdori moyi hisoblanadi. O‘rtacha ta’sirdagi moylar - rozmarin, tog‘ qayini moyi. Evkalipt, timyan, limon moyi, yalpiz, dolchin (koritsa), bergamot moyi quyosh nuri ta’sirida pigment dog‘lari hosil qiladi. Xushbo‘y suvlar hidini muvofiqlashtirishda 3 xil notali kompozitsiya tuziladi.
    1. Ustun (hukmron) nota - aldegidlar, ketonlar, uchuvchan xushbo‘y moddalar.
    2. Asosiy nota - xushbo‘y moddalari o‘rtacha uchuvchan bo‘lgan gul moylari
    3. Fiksatsiyalovchi nota - qiyin eruvchan efir moylari, smolasimon va
    kristallik moddalar.
    Xushbo‘y suvlar umumiy tarkibiga 90% qism spirt bo‘lsa, qolgan 10-15% ni kompozitsiya tashkil etadi. Umumiy texnologiyada kimyoviy jarayonlar - autooksidlash, pereeterifikatsiya, sovunlanish, atsetatlanish, kondensatsiya, cho‘kmaga tushish kechadi. Texnologik jarayon 50 S haroratgacha sovutilib, filtratsiya va jihozlash bilan yakunlanadi.
    Xushbo‘y suvlarga qo‘yilgan talablar:
    Davolash uchun mo‘ljallangan xushbo‘y suvlar tarkibiga kiruvchi biofaol moddalarni kosmetik vosita tarkibiga kiritishda albatta pH sharoitini nazorat qilish zarur. Quyidagi jadvalda ba’zi moddalarning suvli eritmalari pHi kosmetik vositaga kiritishdagi normasi keltirilgan.
    4-jadval




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirt faol moddalarning qo‘llanilishi

    Download 6,71 Mb.