|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 188/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeLABORATORIYA ISHI
I. Quyidagi keltirilgan suyuq kosmetik vositalarini texnologiyasini asoslash:
1. Xusnbuzarli teriga mo‘ljallangan fitoloson
Tarkib:Tirnoqgul gullari tindirmasi 10 ml
Glitserin 10,0
Etil spirti 96% 20 ml
Natriy tetraborat 1,0
Tozalangan suv 90 ml
2. Suyuq shampun:
Sovun eritmasi 20% 40,0 g
Moychechak damlamasi 10% 40,0 g
Etilspirti 90% 5,0 g
Glitserin 5,0 g
II.Kosmetik sutlar umumiy texnologiyasi
Texnologiya 2 bosqichdan iborat:
1 – birlamchi yoki emulsiya asosini tayyorlash
2 – birlamchi emulsiyani suyultirish.
100 g emulsiya uchun 10 g moy olib, unga nisbatan emulgator jadval bo‘yicha olinadi va shu olingan moy bilan emulgatorning yig‘indisini yarmicha suv solinadi va aralashtiriladi. Bunda o‘ziga xos tovush chiqib, so‘ng suv bilan suyultiriladi. Misollar:
Antiseptik sut tarkibi:
Tarkib: Vazelin 270,0
Setil spirti 30,0
SHaftoli moyi 50,0
Atirgul suvi 120 ml
Texnologiya: suv hammomida setil spirti vazelinda eritilgach, shaftoli moyi bilan aralashtiriladi. CHinni havonchaga o‘tkazib, bir oz sovutiladi. Aralashmaga oz-ozdan atirgul suvi qo‘shib, mo‘‘tadil eritma hosil qilinadi.
Quruq va normal teriga mo‘jallangan kosmetik sut tarkibi:
Tarkib: Vit A 1,5
Vit E 1,5
Lanolin 35,0
Zaytun moyi 50,0
Tozalangan suv 60 ml
Texnologiya: lanolin va zaytun moyi aralashmasini 400 S haroratda suv hammomida qizdirib, tozalangan suv oz-ozdan qo‘shib emulgirlanadi. Ketidan vit A va E qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi .
Yuz terisini tozalovchi kosmetik sut tarkibi:
Tarkib: Salitsil kislotasi 0,5
Askorbin kislotasi 2,0
Asalari mumi 5,0
SHaftoli moyi 30,0
Tozalangan suv 60 ml
Texnologiya: chinni kosachada suv hammomida asalari mumi va shaftoli moyi eritilib, tozalangan suv oz-ozdan qo‘shib aralashtiriladi. Alohida havonchada salitsil kislotasi spirt bilan eritiladi. Spirt uchib ketgach, askorbin kislotasi qo‘shiladi va aralashtiriladi. Oz-ozdan chinni kosachadagi asos qo‘shib gomogenlashtiriladi.
|
| |