|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 187/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeXushbo‘y suvlarni sifat nazorati
Bu kosmetik vositalar sifati suv-spirtli eritmalar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshiriladi. Organoleptik tahlilda eritmalar tiniqligi, rangi, dori moddalarning dispers muhitda to‘liq eriganligi, mexanik zarralardan xoli ekanligi, kimyoviy tahlilda dori moddalar chinligi, o‘zaro mutanosibligi, miqdorining mosligi, rN, spirt quvvati xususiy ravishda o‘rganish natijalari talabga javob berishi kerak.
TOPSHIRIQLAR
XUSHBO’Y SUVLAR TEXNOLOGIYASI
1.Suv bug‘i bilan haydab olish.
Odatda efir moyini suv bug‘i bilan haydab olishdan oldin, xom ashyo suv yoki spirtli-suvli aralashma bilan 12 soat davomida ivitib qo‘yiladi. Bunda xujayra bo‘shliqlarida ”birlamchi ” sharbat hosil bo‘lib, diffuziya jarayoni tezlashadi va konsentrlangan xushbo‘y suv olinadi. Agar xom ashyo suv bilan ivitilib, suv bug‘i bilan haydalsa suvli xushbo‘y suv (Aqvae aromaticae aguosa), spirt bilan ivitilib, suv bug‘i bilan haydalsa, spirtli xushbo‘y suv (Aqvae aromaticae spirituosa) hosil bo‘ladi.
2. Efir moylarini eritib tayyorlanadigan xushbo‘y suvlar
Bunda kuchli hidga ega bo‘lgan efir moylari (atirgul, pomerans moyi)dan 1:4000, qolganlaridan esa 1:1000 nisbatda tayyorlanadi.
Xushbo‘y suv tarkibidagi moddalar suvda eriydigan va spirtda eriydiganlari 2 ga ajratilib, o‘z erituvchilarida eritilgach, suvli va spirtli faza birlashtiriladi. Bunda aynan spirtli faza suvli faza ustiga quyiladi. Agar retsept bo‘yicha quyuqlantiruvchi moddalar qo‘shish mo‘ljallangan bo‘lsa, ularni avval suvli fazada eritib, bo‘ktirib olish zarur. Efir moylarini avval suvda erimaydigan moddalar bilan aralashtirib olinadi va bu kompozitsiya avval suvli fazaga qo‘shilib, so‘ng spirtli fazaga o‘tkaziladi.
Ma’lum texnologiya asosida tayyorlangan spirtli xushbo‘y suvlar kerakli konditsiyaga etishi uchun quyidagi keltirilgan muddat davomida 0 S dan +50 S gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi:
-odekolonlar, xushbo‘y suvlar- 15-20 sutka
-duxilar - bir necha oy davomida
Muddat o‘tgach, eritmalar filtrlanadi. Ularni filtrlashda filtr moslamasi teshiklarini kichraytiruvchi yordamchi moddalar - talk, 2 atomli tuproq (kizelgur), maydalangan asbestdan foydalaniladi. Lekin ayrim biofaol moddalar filtr moslama teshiklarida yo‘qotish bo‘lmasligi uchun spirtli eritmalarni filtrlagach qo‘shiladi.
Misollar:
Murakkab tarkibli xushbo‘y suvlar, odekolonlar texnologiyasi
1-tarkib : Moychechak guli damlamasi 70 ml
Ruh sulfat 0,5
Spirt 96% 25 ml
Tozalangan suv 25 ml
Atirgul moyi 5 ,0
Texnologiyasi: Ruh sulfat 10 ml suvda eritiladi, spirtda atirgul moyi eritilib suv bilan aralashtiriladi. Ikkala aralashma birlashtirilib, yaxshilab chayqatiladi. Oxirida moychechak damlamasi qo‘shiladi va filtrlanadi.
2-tarkib: Limon essensiyasi 50,0
Boraks 1,0
Glitserin 1.0
Tozalangan suv 150 ml
Texnologiyasi: Alohida idishda borat kislotasi oz miqdor isitilgan suvda eritiladi. Limon essensiyasi glitserin bilan aralashtiriladi va suv bilan suyultiriladi. Bu eritmaga boraks eritmasi qo‘shilib, yaxshilab chayqatiladi va filtrlanadi.
3.Anfleraj qattiq jismlar sublimatsiyasiga asoslangan bo‘lib, xaydash natijasida ajralib chiqayotgan efir moylarini tozalangan yog‘ (asosan cho‘chqa yog‘i) tomonidan ushlab qolinishi va yog‘ tarkibiga singishidir. Efir moyi singdirilgan yog‘ tarkibidagi efir moddalar yana xaydash usulida ajratib olinadi. Bu usulning afzalligi xom ashyo tarkibidagi efir moylari termik ishlovsiz olinishi mumkinligidir. O‘simlik tarkibidagi kristallik moddalarni bu usulda olishdan avval spirt yoki o‘ziga mos organik erituvchida ma’lum muddatga bo‘ktirib olinadi. Xom ashyo turiga ko‘ra xushbo‘y moddalar ekstraksiyasi bir necha soatdan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Xushbo‘y moddalarni to‘liq ajratib olinishi xom ashyoni 2-3 marotaba spirt bilan ishlov berilishi ta’minlanadi.
|
| |