|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 184/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeEmulgatorlar
SFMlar sifatida tabiiy, sintetik va yarimsintetik yuqori molekulyar birikmalar qo‘llaniladi.
Ularning molekulalari gidrofil va gidrofob qismlardan iborat. Gidrofil qismlari – sulfat, sulfonat, karboksi guruhlari, ko‘p atomli spirtlar, murakkab efirlardan iborat.
Lipofil guruhlar esa uglevodorodlar, yog‘ kislotalari, alkil, aromatik uglevodorod radikallaridan tashkil topgan.
Emulgatorlarning gidrofil guruhli qismi doim suvli fazaga, lipofil guruhi yog‘li fazaga qaratilgan. SHu tartibda emulgatorlarni joylanishi yuza tarangligi pasayishini ta’minlaydi.
SHu xossalari bo‘yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Ionogen emulgatorlar – elimlar, o‘simlik shilimshiqlari, alkil sulfatlar, pektinlar, sovunlar, ammoniy asoslarining tuzlari.
2. Noionogen emulgatorlar – sorbitanning sintetik xosilalari, tvinlar va spanlar, T-2, kraxmal, sellyuloza xosilalari.
3. Amfoter emulgatorlar – jelatoza, kazein, quruq sutlari.
Ularning xossalari lipofil va gidrofil guruhlarining o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi. Gidrofil guruhlari ulushini gidrofil-lipofil balans (GLB) deb nomlanuvchi son ko‘rsatkichi bildiradi. Ushbu ko‘rsatkich nemis olimi Grifin tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, SFM molekulasidagi gidrofil va gidrofob qismlarining o‘zaro nisbatini belgilaydi.
Bu ko‘rsatkich 1-40 oralig‘ida bo‘lib, kichik ko‘rsatkich suv/moy, katta ko‘rsatkich esa moy/suv tipi bo‘yicha emulgator tanlashni taqozo etadi (1-jadval).
1-jadval
Emulgatorlarning GLB ko‘rsatkichi
№
|
Moddaning suvdagi holati
|
GLB ko‘rsatkichi
|
1.
|
Dispergirlanmaydi
|
1-4
|
2.
|
Qiyin dispergirlanadi
|
3-6
|
3.
|
Aralashtirilgandan so‘ng sutsimon dispers eritma hosil qiladi
|
6-8
|
4.
|
Aralashtirilgandan so‘ng mustahkam mo‘‘tadillikdagi sutsimon dispers eritma hosil qiladi
|
8-10
|
5.
|
Mustaxkam mo‘‘tadillikdagi tiniq dispers eritma hosil qiladi
|
10-13
|
6.
|
Tiniq eritma hosil bo‘ladi
|
13-40
|
SHuningdek, 2-jadvalda SFMlarning GLB soni ko‘rsatkichi bo‘yicha qo‘llanilishi keltirilgan:
2-jadval
|
| |