• KEYSLAR TO’PLAMI
  • Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir” metodi bo‘yicha
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet192/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    11-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

    1. MAVZU: Yumshoq кosmetik vositalar texnologiyasi (kremlar, gellar)



    Mavzuni ahamiyati: Kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan zamonaviy yumshoq tozalovchi, himoyalovchi va oziqlantiruvchi kosmetik vositalarni tayyorlash, sifatini baholash asoslarini o’zlashtirish. Yumshoq kosmetik vositalarda qo’llaniladigan yordamchi moddalarni qollash asoslarini o‘rganish.
    KEYSLAR TO’PLAMI
    1. “Kosmetik kremlarni ta’rifini keltiring?” – degan savolga talaba “Bu suyuq kosmetik surtmalar” – deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?
    2. “Dori moddani qaysi ko‘rsatkichlariga asoslanib, gomogen tipdagi kosmetik surtmalarni tayyorlash mumkin?” – degan savolga talaba: “Dori moddalarni erish harorati va rN ko‘rsatkichlariga.” – deb javob berdi. Javob to‘liqmi?
    3. “Eritma tipidagi gomogen surtmalar qanday tayyorlanadi?” – degan savolga talaba: “Dori modda avval oz miqdorda suv yoki spirtda eritiladi, so‘ng moyli asoosga qo‘shiladi” – deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?
    4. Oling: Spermatset 10,0 g
    Asalari mo‘mi 5,0 g
    SHaftoli moyi 35,0 g
    Surtma hosil bo‘lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. qo‘l uchun surtma.
    Keltirilgan tarkib bo‘yicha kosmetik surtmani tayyorlash uchun talaba isitilgan havonchada (45-500S) spermatset va asalari mo‘mini aralashtirib eritdi, so‘ng oz-ozdan shaftoli moyi qo‘shib, sovigunicha aralashtiridi. Surtmani og‘zi keng burama qopqoqli idishga o‘tkazib, “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozladi. Surtma to‘g‘ri tayyorlandimi?
    5. Oling: Kamfora surtmasidan 10,0 g
    Mentol 0,2 g
    Surtma xosil bo‘lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Oyoq uchun davolovchi surtma.
    Keltirilgan tarkib bo‘yicha surtmani tayyorlash uchun talaba havonchada 1,0 g kamfora va 0,2 g mentol solib, etanol yordamida (30 tomchi) kukunlarni maydaladi, so‘ng oz-ozdan vazelin qo‘shib aralashtirdi. Surtmani sifatini baholab, berib yuboriladigan oq rangli shisha idishga qadoqladi va “Sirtki” degan yorliq bilan jihozladi. Surtma to‘g‘ri tayyorlandimi?
    6. Oling: Ruh oksidi 10,0 g
    Vazelin 100,0 g gacha
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Himoyalovchi surtmalar asosi.
    Talaba kosmetik surtmani tayyorlaashda havonchada 10,0 g ruh oksidni 5,0 g vazelin moyi bilan aralashtirib maydaladi, so’ng oz-ozdan vazelin bilan aralashtirib bordi. Hosil bo’lgan surtmani idishga qadoqlab “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozladi. Surtma to’ђri tayyorlandimi?
    7. Oling: Borat kislotasi 0,3 g
    Vismut subnitrat 0,6 g
    Vazelin 20,0 g
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Himoyalovchi surtma.
    Talaba havonchada 0,3 g borat kislotasi va 0,6 g vismut subnitratni 0,45 g eritilgan vazelin yordamida maydaladi, so’ng oz-ozdan qolgan vazelinni qo’shib, surtma tayyorladi. Hosil bo’lgan surtmani oђzi keng burama plastmassa qopqoqli qo’nђir rangli shisha idishga qadoqladi va “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozladi. Surtma to’ђri tayyorlandimi?
    8. Oling: Silitsil kislotasi 0,5 g
    Oq cho’ktirilgan simob 4,0 g
    Ruh oksidi 5,0 g
    Vazelin 30,0 g
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Oziqlantiruvchi krem.
    Talaba havonchada salitsil kislotasi, oq cho’ktirilgan simob va ruh oksidini solib, aralashtirdi va 4,75 g vazelin moyi yordamida yaxshilab maydaladi. Aralashmaga oz-ozdan vazelin qo’shib bordi. Surtmani tayyorlab, sifatini baholadi va oђzi keng burama plastmassa qopqoqli qo’nђir rangli shisha idishga qadoqladi va “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozladi. Surtma to’ђri tayyorlandimi?
    9. Oling: Rezorsin 0,5 g
    Ruh oksidi surtmasidan 25,0 g
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Himoyalovchi surtma.
    Keltirilgan tarkib bo’icha kosmetik surtmani tayyorlash uchun talaba isitilgan havonchaga (45-500S) 0,5 g rezorsin solib, ustiga ruh oksidi surtmasidan qo’shib aralashtirdi. Surtmani plastmassa idishga qadoqlab, “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozladi. Surtma to’ђri tayyorlandimi?
    Gellar texnologiyasi:
    10. Oling: MS geli 5% 25,0
    Ruh oksidi 15,0
    Talk 15,0
    Glitserin 15,0
    Tozalangan suv 100 g gacha
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. Himoyalovchi krem.
    Talaba havonchada 15,0 g ruh oksidi, 15 talk, 15,0 g glitserinni maydaladi va oz-ozdan tozalangan suv qo‘shdi, oxirida 5% MS gelidan 25 g qo‘shib aralashtiridi. Hosil bo’lgan surtmani idishga қadoқlab “Sirtki”, “Salқin joyda saқlansin” degan yorliқlar bilan jihozladi. Surtma to’ђri tayyorlandimi?
    11. Oling: Borat kislotasi 0,3 g
    Kartoshka kraxmali 5,0 g
    Tozalangan suv 100,0 g chacha
    Surtma hosil bo’lgunicha aralashtiring.
    Bering. Belgilang. YOg‘li teri uchun surtma.
    Talaba havonchada 0,3 g borat kislotasi va 5,0 g kartoshka kraxmalini solib, ustiga iliq suv qo‘shganida gel hosil bo‘lgani yo‘q. Talaba qanday xatoga yo‘l qo‘ydi?
    12. “Gellar tarkibiga konservantlar nima uchun qo‘shiladi?”- degan savolga talaba hosil bo‘lgan gel qurib qolmasligi uchun”- deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?
    13. Oling: Salitsil kislotasi 1,0 g
    Metilsellyuloza 3,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Tozalangan suv 100,0 gacha
    Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.
    Bering. Belgilang. Sochga surtish uchun gel.
    Pasport: Salitsil kislotasi 1,0 g
    Metilsellyuloza 3,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Tozalangan suv 86,0 g
    Umumiy massa 100,0 g
    Texnologiyasi: 1,0 g salitsil kislotasi havonchada 0,5 g glitserin bilan yaxshilab maydalanadi, so‘ng ustiga oz-ozdan glitsernni qolgan qismi qo‘shiladi. 3,0 g MS ustiga 60-700 S gradusdagi tozalangan suvni yarmi solinadi va 30-40 daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladigacha So’ng xona xaroratidagi tozalangan suvni qolgan qismi qo‘shiladi va MI-2 mexanik aralashtirgichda 3000 aylan/daq. aralashtiriladi. Oxirida glitserin bilan aralashtirilgan salitsil kislotasi qo‘shiladi va yana aralashtiriladi. Kosmetik gelni sifati baholanadi va oђzi keng burama qopqoqli idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
    ** Takltf etilgan vaziyatli masalalar muhokamasini “Muammoli vaziyat” pedagogik texnologiya uslubidan foydalanib o’tqazish tavsiya etiladi:
    “Muammoli vaziyat”

    “Muammoli” vaziyat turi

    “Muammoli” vaziyat sabablari

    Vaziyatdan chiib ketish xarakatlari










    Rasmlarni to‘g‘ri joylashtir” metodi bo‘yicha keltirilgan tarkibdagi oziqlantiruvchi kremning texnologik jarayoni tasvirini to‘g‘ri keltiring.
    Tarkib: Natriy tetraborat 0,5 g
    Asalari mo‘mi 3,0 g
    Shaftoli moyi 20,0 g
    Tozalangan suv 10,0 g
    Tirnoqgul nastoykasi 0,5 g.







    1-bosqich. Tarkibiy moddalar va asvob-uskunalarni tayyorlash (sterillash)

    2-bosqich. Suv hammomida asalari mo‘mini eritish





    3-bosqich. Eritilgan asalari mumi va o‘simlik moyi aralashmaga natriy tetraborat eritmasini qo‘shish

    4-bosqich. Suv hammomida asalari mo‘mga moyni qo‘shish hamda isitilgan suvda natriy tetraboratni eritish





    5-bosqich. Kremga biofaol moddalarni qo‘shish va aralashtirish

    6-bosqich. Krem hosil bo‘lgunicha aralashtirish



    7-bosqich. Kremni jixozlash.




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.