|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 189/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKosmetik tualet suti tarkibi:
Tarkib: Oq mum 24,0
Kakao moyi 16,0
Stearin 8,0
Lanolin 16,0
Xolesterin 2,0
Trietanolamin 4,0
Natriy benzoat 1,0
Tozalangan suv 300 ml
Texnologiya: chinni havonchadagi tortib olingan oq mum suv hammomida eritilgach, 8,0 g stearin qo‘shib eriguncha aralashtiriladi, massa erigach, kakao moyi va lanolin qo‘shib eritiladi. Alohida shisha kolbada natriy benzoat tozalangan suvda eritilib, oz-ozdan erigan massaga qo‘shib boriladi, so‘ngra xolesterin va trietanolamin qo‘shib ralashtiriladi. Aralashma soviguncha dastak bilan chinni havonchada aralashtirilib turishi kerak. Tayyor mahsulot og‘zi burama qopqoqli shisha idishga qadoqlanadi.
Kosmetik sutlar sifatini baholash XI DF ning “Emulsiyalar” umumiy maqolasi bo‘yicha olib boriladi.
Saqlash sharoiti: quyosh nurlari tushmaydigan, harorati 3S dan past bo‘lmagan sharoitda.
III. Kosmetik xushbo’y suvlar texnologiyasini bajaring:
Moychechak xushbo‘y suvi tarkibi
Moychechak gullari 1 kg
Tozalangan suv 2 l
Etil spirti 10 sm 3
Texnologiyasi: Quritilgan o‘simlik xom ashyosini dag‘al kukun holatiga keltirib, etil spirti bilan namlanadi. Hosil bo‘lan massaga suv qo‘shib, 2-3 kunlik matseratsiyaga qoldiriladi. Muddat o‘tgach, 1 usul bo‘yicha xushbo‘y suv olinadi. Olingan kosmetik vosita oshlovchi moddalardan xoli.
Atirgul xushbo‘y suvi tarkibi.
Atirgul moyi 0.2 g
Etil spirti 10 sm 3
Tozalangan suv 1 l
Texnologiyasi: Tortib olingan moy etil spirtida eritiladi va tarkibdagi suv bilan suyultiriladi.
Apelsin guli xushbo‘y suvi tarkibi:
Apelsin guli moyi, absolyut 0,1 g
Etil spirti 10 sm 3
Tozalangan suv 1 l
Bu tarkib ham atirgul xushbo‘y suvi texnologiyasi bo‘yicha tayyorlanadi. 48 soat salqin sharoitda saqlanib, so‘ngra filtrlanadi.
Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
|
| |