|
Kurs ishining samaradorlik darajasi
|
bet | 2/7 | Sana | 25.07.2024 | Hajmi | 79,23 Kb. | | #268532 |
Bog'liq Bekmurodova matematika kurs ishiKurs ishining samaradorlik darajasi: Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi. Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Matematika boshlang‘ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini o’quvchilarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o’rgatishni, izlanishning bosh maqsadini ajrata bilishni , turli-tuman xarakterdagi masalalar Yechimining o’xshashlarini qidirishni o’rgatish muammoli talim jarayoni uchun muhimligini takidlaydi. O’qituvchi muammoni qo’yishnigina bilibgina qolmay uning echimini topish usullarini o’quvchilarga o’rgatishi kerak. Muammoni to’g’ri (muayyan masalaga o’xshash, masalalar qanday yechiladi), shaxsiy (muayyan masalada berilgan obekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai-nazardan muloxaza yuritishga urinib ko’rish), simvolitik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniqlashni berish), fantastik (bu masalani ertak qahramonlari qanday echgan bo’lar edilar).
Kurs ishining maqsadi: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samaradorligini oshirishga imkon beruvchi metodlar.
|
| |