Boshlang’ich sinflarda tashqari metodlar turlari amallari




Download 79,23 Kb.
bet6/7
Sana25.07.2024
Hajmi79,23 Kb.
#268532
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bekmurodova matematika kurs ishi

2.2. Boshlang’ich sinflarda tashqari metodlar turlari amallari
Matematikadan ekskursiyalar o’tkazish Matematikadan sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlardan biri ekskursiyadir. Puxta o’ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o’quvchilar atrof – muhitni idrok qiladilar. Tabiat voqeligini va mehnat jarayonlarini ko’radilar. Kuzatishlar natijasidagi o’zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog’lashga intiladilar. Ularda turli narsa, voqea va jarayonlarga qiziquvchanlik odati tarkib topadi.
Ekskursiyalarni tashkil etish va o’tkazish asosan, darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilsa ham uning tayyorgarlik va yakunlash bosqichi dars mashg’ulotlari bilan uyg’unlashib ketadi. Ekskursiyani samarali o’tishi o’qituvchining puxta tayyorgarligiga bog’liq. U oldindan ekskursiyaga boriladigan ob’yekt bilan tanishgan bo’lishi va hatto, uchrashish mo’ljallangan odamlar bilan suhbatlashgan bo’lishi lozim. Shunda tashkiliy jihatdan ovoragarchilik ham bo’lmaydi. Ekskursiyaga tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri uning maqsadini belgilash va reja tuzishdan iborat. Rejada ekskursiyaning boshidan oxirigacha bajariladigan hamma ishlar o’z ifodasini topishi kerak: nimalar ko’riladi, nimalar yozib olinadi, nimalarning rasm (sxemasi) chizib olinadi. Nihoyat, ekskursiyaning muvaffaqiyati yana o’quvchilar bilan bo’ladigan tayyorgarlik suhbatiga ham bog’liq. Bu suhbatda o’quvchilarning ekskursiya maqsadi bilan tanishtiriladi va birgalikda ekskursiya rejasi tuzib olinadi. Albatta ekskursiyadan keyingi mashg’ulotlarda ekskursiyaga yakun yasaladi. Ko’riladigan narsalar matematik nuqtai nazardan analiz qilinadi yoki to’plangan materiallar asosida misol - masalalar tuzib yechiladi va h.k. Matematik ekskursiyalar maqsadi - konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Bular o’quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo’li bilan olinadi. Ekskursiya o’tkazishdan maqsad bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir. Bolalar oldindan nima qilishlari va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o’tkaziladi. Bajarishda qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz: 1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor o’rasini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha o’ra kavlaydi? 2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yuk tashuvchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo’lib qancha odam band? Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan texnologiya darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish, binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. Nazorat uchun savollar 1. Matematikadan to’garak mashg’ulotlariga qaysi sinflarda necha soatdan vaqt ajratiladi? 2. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlarini aytib bering. 3. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo’yicha na’munaviy mashg’ulotdan misol keltiring.

XULOSA
O‘quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqatushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi.
Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida emas, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida osil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
O'quvchilar, imkoni boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak.O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilarning o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, o'tkazish kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilam ing yosh xususiyatlariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan yakka (individual) yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dastuming chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun m o'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun m o'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir.Matematika о ‘qitishda mustaqil ishlar.Matematika o‘qitish jarayonida o'quvchilaming faolligini oshirish va matematikaga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri. O‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalami mustahkamlashda, shuningdek,bilimlami nazorat qilishda amalga oshiriladi.O'qitish shakli - bu o'quvchilaming o'quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo).o'tkazilishiga muvofiq ravishda o'qituvchi tomonidan tarbiyaviy o'qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o'quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo'lib ishlashlari, ekskursiyalar,sinfdan tashqari ishlardan iborat.

Download 79,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 79,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda tashqari metodlar turlari amallari

Download 79,23 Kb.