Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi




Download 0,58 Mb.
bet2/9
Sana06.12.2023
Hajmi0,58 Mb.
#112188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Anvarov Abror korxona jixozlari 2023
GAT, 1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, 12-lab, 1111
MUNDARIJA




1

Mundarija




2

Topshiriq




3

Kirish




4

O’xshash uskunalar tavsifi




5

Asosiy uskunaning ishlash prinspi




6

Maxsulotlar hisobi




7

Uskunalar hisobi




8

Issiqlik, gidravlik va mexanik hisoblar




9

Mehnat muhofazasi va fuqarolar himoyasi




10

Foydalanilgan adabiyotlar







KIRISH

Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik xuquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir.


Qadim zamonlardan (eramizdan oldingi 11 ming yilliklardan) buyon Yaqin SHarq va Markaziy Osiyoda uzum etishtirilgan va sharob tayyorlangan.
Markaziy Osiyo qitamiz bo‘yicha qadimdan sharob tayyorlovchi mintaqa hisoblanadi. Ayniqsa Farg‘ona vodiysida tayyorlangan sharoblar Xitoy va qo‘shni davlatlarga eksport qilingan. SHarobdan ajratib olingan spirt esa arab tilidagi “ al-kuhl” atamasi bilan yuritilgan.
SHarob oziq ovqat va tam beradigan maxsulot bo‘libgina qolmay, balki norkologik modda ham hisoblanadi. SHarobni noto‘g‘ri ismol qilish inson sog‘lig‘iga katta tasir qiladi. Mashhur qomusiy olim Abu Ali ibn Sino “ al-kuhl” inson miyasi faolyatiga salbiy tasir etadi degan fikrni aytadi.
Sharobni taqiqlash bizda islom dinningkirib kelishi bilan kuchga kira boshlagan, keyinchalik bu taqiqlash kuchliroq giyoxvand moddalarning (nosvoy, ko‘knori, nasha va boshqalar) tarqalishiga olib kelgan. Markaziy Osiyoda nasha istemol qilish hatto uning vatani bo‘lmish Hindistondagidan ham bir necha bora yuqori bo‘lgan.
Hayotiy tajribadan shu ko‘rinib turibdiki, ichkilikbozlik muammosini alkogol ichimlmklarini ishlab chiqarish va istemol qilinni taqiqlovchi chora-tadbirlar bilan hal etib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston respublikasi uzumning istemol va texnik navlarini etishtirish bo‘yicha noyob mintaqadir. SHarobshunoslikning qadimiy mintaqasi sifatida O‘zbekiston sharob ishlab chiqarish sohasiga o‘zgartirishlar kiritishi va bu qadimiy ananaviy ichimliklarning jaxon bozoridagi tijorat samaradorligini taminlash mumkin.
Respublikamiz tabiiy iqlimi ko‘p uzum hosilini etishtirishda qulay hisoblanadi. SHarobchilik soxasini rivojlantirishidan asosiy maqsad O‘zbekiston axolisini yuqori sifatli sharoblar va asosan qizil nordon sharoblar bilan taminlash va jahon bozoriga olib chiqish hisoblanadi.
Sharobchilikning asosiy hom ashyo bazasi ko‘p sortlilik hisoblanadi. Ishlab chiqarishga uzumning texnik sortlari ishlatiladi risling, rekatsiteli, quljinskiy, bayan shirey, saperavi, xindogni, muskat vengerskiy va boshqalar.
Hozirda O‘zbekiston eksport uchun asosan yarim tayor vino material chiqarilmoqda. Bugungi kunda respublikamizning xar bir tumanida uzumni qayta ishlovchi va undan yuqori sifatli sharob maxsulotlari oluvchi korxonalar faolyat yuritib kelmoqdalar. Bu korxonalardagi zamonaviy uzumni qayta ishlovchi texnologik uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda qo‘llanadigan yangi jixozlangan korxonalar bilan almashtirilmoqda.
Keyingi yillar davomida sharob ishlab chiqarish sanoati katta yutuqlarga erishmokda, ishlab chiqarish mahsulotlarini miqdori va assortimenti sezilarli darajada ortib bormoqda. SHarob ishlab chiqarish korxonalari qayta ta’mirlanmoqda va chet el davlatlari bilan zamonaviy texnika va yuksak texnologiya bilan ta’minlangan qo‘shma korxonalar ochilmoqda.
Xom sharob va sharob ishlab chiqarishni texnologik sxemalari etakchi texnologiya mikyosidadir va ular yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

Download 0,58 Mb.