Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi




Download 0,58 Mb.
bet3/9
Sana06.12.2023
Hajmi0,58 Mb.
#112188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Anvarov Abror korxona jixozlari 2023
GAT, 1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, 12-lab, 1111
Nazariy qism
Umumiy tushunchalar. Temperaturasi yuqori bo‘lgan jismdan temperaturasi past jismga issiqlikning o‘z - o‘zidan, qaytmas o‘tish jarayoniga issiqlik almashinish deyiladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali bo‘lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o‘tadi.
Issiqlik (issiqlik miqdori) — bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo‘lib, jarayon mobaynida uzatilgan yoki olingan energiya miqdori bilan belgilanadi.
Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar issiqlik tashuvchi eltkich yoki issiqlik eltkichdeb nomlanadi.
Issiqlik o‘tkazish - issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to‘g‘risidagi fan.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensatsiyalash, bug‘lanish va bug‘latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi.
Maʼlumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O‘z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkichdeb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa sovuqlik eltkich deb ataladi.
Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo‘lishi, qurilmalarini yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, g’ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayontemperaturasi, narxi va ularni qo‘llanish sohalari kabi ko‘rsatkichlarga katta ahamiyat berish kerak.
Temperaturasi turli bo‘lgan muhitlar orasida issiqlik o‘tkazish turg‘un va noturg‘un sharoitlarda amalga oshishi mumkin.Turg‘un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Noturg‘un jarayonlarda esa, vaqt o‘tishi bilan temperatura o‘zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg‘un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa - jarayonlar noturg‘un bo‘ladi.
Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va to‘xtatish, hamda ish rejimlari o‘zgargan hollarda noturg‘un jarayonlar sodir bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo‘lib, o‘rtacha temperaturalar farqi, issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi.
Ma`lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo’llaniladi. Jarayonlarni o’tkazish shartlari va qurilmalarni qo’llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo’ladi. Ishlash printsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo’linadi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo’lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstruktsiyasiga ko’ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo’linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa – o’z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa sovuq eltkichga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o’zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. Issiqlik almashinish turiga ko’ra qurilmalar isitkich, bug’latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi.

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

Download 0,58 Mb.