o’simlik rivojlanishshini yuvenil davrdan reproduktiv fazaga
o’tishini tezlashishi;
an’anaviy yo’llar bilan qiyin ko’payadigan o’simliklarni ko’paytirish;
ishni yil davomida tashkil etish imkoniyatlarining mavjudligi va ko’chat materiallari o’stirish uchun
kerak bo’lgan maydonni tejash;
o’stirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari va h.k.
Klonal mikroko’paytirishni dastlabki muvaffaqiyatlari o’tgan asrning 50-yillari
oxirida franstuz
olimi Jorj Morel orxideya o’simligining regenerantini yaratganda erishilgan edi. Bu muvaffaqiyatga o’sha
vaqtlarda yaratilgan, In vitro sharoitida o’simliklarni apikal meristemaalarini ko’paytirish texnikasi o’z
hissasini qo’shgan. Odatda olimlar birlamchi eksplant sifatida o’tchil o’simliklarni ustki meristemaalaridan
foydalanadilar, va ozuqa muhiti tarkibini o’simlikni regenerastiya va paydo bo’lish jarayonlariga ta’sirini
o’rganadilar. Xuddi shu maqsadda chinnigul, xrizantema,
kungaboqar, no’xat, makkajo’xori, qoqio’t va
boshqa o’simliklar o’rganib chiqilgan edi.
J.Morel o’z tajribalarida xuddi shunday qilib, stimbidium (orhideyalar oilasiga mansub o’simlik)ni
uchki qismini ishlatgan. U o’sib kelayotgan konussimon ko’rinishdagi va ikki-uch barg oldi elementlaridan
iborat bo’lgan va undan ma’lum sharoitda qubbali, yumaloq-prokorimlar paydo bo’lishini kuzatgan edi.
Hosil bo’lgan (etilgan) protokormlarni bo’lish va ularni keyin alohida mustaqil ravishda, yangi
tayyorlangan ozuqa muhitida barg va ildiz paydo bo’lguncha o’stirishga erishilgan edi. Natijada J.Morel bu
jarayonni chegarasiz ekanligini va shu yo’l bilan yuqori sifatli genetik bir xil, virussiz ekuv materialini juda
ham ko’p miqdorda tayyorlash mumkinligini kuzatgan edi.
Rossiyada klonal mikroko’paytirish professor R.G.Butenko nomi bilan
bog’liq. K.A.Temiryazev nomidagi o’simliklar fiziologiyasi institutida bu
olima o’z shogirdlari bilan, kartoshka, qand lavlagi, chinnigul va boshqa gullarni klonal ko’paytirish
sharoitlarini ishlab chiqqan.
Mamlakatimizda bu usul ilmiy laboratoriyalarda sinab ko’rilmoqda. Xususan, Toshkent Davlat
Agrar universiteti biotexnologiya kafedrasi ilmiy laboratoriyasida kartoshkani klonal mikroko’paytirish
usullari orqali kasalliklarga, issiqqa, sho’rlanishga chidamli navlarini yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda.
Shuni ham eslatib o’tish o’rinliki, mikroko’paytirishdan foydalanish doirasi juda keng bo’lib, kundan
kunga yanada oshib bormoqda. Eng avvalo bu in vitro sharoitida o’simliklarni yog’ochli turlarini, nina
bargli va ayniqsa, yo’qolib ketayotgan o’simliklar hamda dorivor o’simliklarni ko’paytirish maqsadida bu
usuldan foydalanish katta samara berishi isbotlangan.
Hozirgi vaqtga kelib, in vitro sharoitida ko’paytirilgan yog’ochli o’simliklar soni 40 oilaga mansub
bo’lgan 250 turdan oshib ketgan (kashtan, dub, qayin, zarang, tog’ teragi, tolni tog’ teragi bilan gibridi,
sosna, archa va h.k.).