qo’llashning, ya’ni biologik himoyaning samarali usullarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
ekinlar va daraxtlarni sug’orish uchun suvtejovchi texnologiyalarni
ishlab chiqish, takomillashtirish va
qishloq xo’jaligi sohalari amaliyotiga keng joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi ma’ruzamizda biologiya fanining qishloq xo’jalik fanlari bilan bog’liqligi. Qishloq xo’jaligi
biotexnologiyasining nazariy va amaliy ahamiyati to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Biologiya yoki biotexnologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar
yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvon hujayralari, ularning
komponentlaridan) kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanish degan ma’noni
beradi.
Quyida biotexnologiya sohasining etuk olimlari tomonidan ushbu terminga berilgan ta’riflarga
to’xtalib o’tamiz.
a) Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko’ra “Biotexnologiya” - yangi biokimyoviy
ishlab chiqarishlar mahsulidir (vitaminlar, antibiotiklar).
b) “Biotexnologiya” moddalarni biosintez usuli orqali ozuqa olish fanining bo’limi bo’lib, u
«bioinjeneriya» sohasi bilan bog’liqdir.
v) A.Xasting (1983) fikri bo’yicha «Biotexnologiya» -pivo, vino, pishloq, vitaminlarni sanoat
asosida olish jarayonidir.
g) 1980 yil Evropa federastiyasi Kengashi muhokomasida “Biotexnologiya” - biologik tizimlar
asosidagi sanoat jarayoni deb qaralgan.
d) 1983 yil Bratislavada bo’lib o’tgan kengashda «Biotexnologiya» - moddalarni katta miqdordagi
sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof muhitni himoya qiladigan fan deb ta’riflangan.
e) A.A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) “Biotexnologiya” biologik
jarayonlarni ishlab
chiqarishga joriy etish to’g’risidagi fan deb ta’riflashgan.
Biologiya shu jumladan biotexnologik jarayonlari mikroorganizmlardan, o’simlik va hayvon
hujayralari va to’qimalaridan, hujayra organnellalari, ularni o’rab turgan membranalarning sof yoki
ularning immobillashgan holatida oqsil,
organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar,
fermentlar, gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez qilishda),
sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo’jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng
foydalaniladi.
Biotexnologiyaning mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya hujayrasi
har 20-60 minutda, achitqi zamburug’lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo’linib ko’paysalar, sut emizuvchilar
hujayralarining ikkiga bo’linishi uchun 24 soat kerak bo’ladi. Bir kecha-kunduzda og’irligi 500
kilogrammli bo’lgan qoramol 500 gramm oqsil moddasi to’plasa, 500 kilogramm achitqi zamburug’i 500
000 kilogramm yoki undan 1000 marotaba ko’proq oqsil to’playdi.
Yana bir misol: 1 kub metr ozuqa muhitida achitqi zamburug’lari 24 soatda 30
kilogramm oqsil
to’playdi, shuncha miqdorda oqsil to’plash uchun 18 gektar erga no’xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim
bo’ladi.
Biologiya va biotexnologiya ixtisosliklari bo’yicha o’zbek olimlarimiz yutuqlari asosida qishloq
xo’jaliga, oziq-ovqat, medistina, farmastevtika va boshqa bir qator sanoat ishlab chiqarish sohalarida o’z
yutuqlari asosida hissa qo’shgan olimlarimiz ishi bilan tanishib chiqamiz.
-Biologiya va biotexnologiya ixtisosliklari bo’yicha birinchi o’zbek akademigi A.G.Xolmurodov
(1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug’lardan NAD- kofermenti va vitaminlar kompleksi (V
guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, va h.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
-Akademik M.I.Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larni tahlil qilib, ularni
nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo’l keladigan turlarini topdi
va ular asosida maxsus
xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
-Professor Q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo’lib, yog’ parchalovchi lipaza
fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p shakliligi sabablarini tahlil qila turib, har
bir biotexnologik jarayon uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi
va buni amaliyotda isbotlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Er malhami" biopreparati azot o’zlashtiruvchi
mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, mamlakatimiz kishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda.
Bundan tashqari Q.D.Davranov rahbarligida Z.R.Axmedova tabiiy stellyuloza-lignin biokarkasini
(g’o’zapoya, somon, kanop poyasi, qipiq va boshqalar) shu maqsad uchun maxsus tayyorlangan
bazidiomistetlarning fermentlari ishtirokida parchalanish sharoitlarini ishlab chiqdilar.
-B.f.d. J.Tashpo’latov (1938-2005) somon va g’o’zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum"
deb atalmish zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani
amaliyotga qo’llash bo’yicha taklif va muloxazalarni chop etdi. J.Tashpo’latov yaratgan bu texnologiya
qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga etgani, unda vitaminlar, aminokislotalar paydo bo’lganligi
va shu tufayli somonning oziqa-birligi bir necha barobar oshganligi isbotlab berilgan.
-O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga bosh bo’lgan olim, b.f.d.,
professor
M.M.Raximovdir. Bu olim mamlakatimizning bir necha oliygohlarida biotexnologiya kafedralarini
ochishda bosh bo’ldi. Olimning oziq-ovqat sanoatida fermentlar yordamida, yangi samarador
texnologiyalar yaratganligi tahsinga sazovordir.
- O’zbek olimlaridan T.G.Gulyamova, A.X.Vaxobov, X.A.Berdiqulov, R.Shayakubov,
Z.R.Axmedova,
Z.F.Ismoilov,
I.J.Jumaniyozov
va
boshqalar
mamlakatimizda
mikrob
biotexnologiyasining rivojlantirish ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. Shuningdek,
marhum professorlar M.M.Murodov va T.Yu.Yusupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta
ilmiy amaliy nazariyalar yaratilgan.
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodini yanada yuksaltirish maqsadida
eng avvalo quyidagi biopreparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoq zarur:
- Oziq-ovqat va chorvachilik
uchun oqsil moddalari;
- Aminokislotalar (lizin, metionin va boshqalar);
- Organik kislotalar (limon kislotasi va uni o’rnini bosadiganlar);
- Antibiotiklar (birinchi navbatda 4-5 avlodga mansub antibiotiklar);
-Vitaminlar va boshqa ba’zi farmastevtik priparatlar;
-O’simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish va h.k.