Gormonlarga bog‘liq bo‘lmagan o‘simlik to‘qimalari




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana19.11.2023
Hajmi4,48 Mb.
#101198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

Gormonlarga bog‘liq bo‘lmagan o‘simlik to‘qimalari 
Kallusli hujayralar faqat ozuqa muhiti tarkibida gormonlar bo‘lgandagina bo‘linadilar. Ammo uzoq 
muddatda o‘stirilganda, ba’zan ular gormonsiz muhitda ham o‘sish xususiyatiga ega bo‘ladilar, ya’ni auksin 
va sitiokininlarga nisbatan avtonom bo‘lib qoladilar. Ba’zan «moslashgan» hujayralar tomonidan yaratigan 
to‘qimalarni kimyoviy shishlar ham deb yuritiladi. «Moslashgan» to‘qimalar, shish to‘qimalariga o‘xshab, 
ko‘p holatlarda normal regeneratsiya bo‘la olmaydilar va faqat teratomlar hosil qiladilar. Ilmiy 
adabiyotlarda juda kam bo‘lsada, ulardan normal regenerantlar hosil bo‘lganligi haqida axborotlar bor. 
SHuni ham eslab qolish zarurki, barcha kallusli to‘qimalarda, o‘stirish jarayonida, ba’zi bir 
kulturalarda 4-ekishdan keyinroq regeneratsiya bo‘lgan xususiyat pasayib boradi, ba’zi vaqtlarda esa 
umuman yo‘qoladi. +ari ko‘chatlarda regenerant –o‘simlik yaratish mumkin emas. 
Hozircha «moslashuv» sabablarini aniq javobi yo‘q. Balki, u hujayralarni tabaqasizlanmaydigan yoki 
faol proliferatsiya (hujayra va to‘qimlarni ko‘payishi yo‘li bilan yangidan hosil bo‘lishi) holatida ushlab 
turuvchi gormonlarni hujayraga uzoq muddatda ta’sir etishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak, degen taxminlar 
bor. «Moslashgan» to‘qimlardan tashqari (kimyoviy shishlar), bakteriyalar va viruslar chaqiradigan 
o‘simlik shishlari hamda har xil o‘simliklarda turlararo gibridlarda paydo bo‘ladigan genetik shishlar ham 
ma’lum. Tabiatda keng tarqalgan va ilmiy izlanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otadigan shishlar – ikki pallali 
o‘simliklarda agrobakteriyalar (Agrobakterium tumefaciens) tomonidan chaqiriladigan shishlar 
hisoblanadi. Bundan tashqari o‘simliklarda yana ikkita haqiqiy shishlar:- popuk ildiz (Agrobakterium 
rhizogenes chaqiradigan kasallik) va poyali gall (A.rubi chaqiradi) uchraydi. 
O‘simliklarni «moslashgan» va shish to‘qimalrini umumiy xususiyati ularni gormonga 
ehtiyojsizligidir, boshqacha aytganda har ikkala to‘qima ham gormon saqlamagan muhitda o‘sa oladilar. 
Bu xususiyat ularning kalluli to‘qimalardan farqli tomonidir. Ma’lumki, kallusli to‘qimlarni 
tabaqalashmaganligi va proleferatsiyasi uchun ozuqa muhiti tarkibida gormon saqlashi shart. 
«Moslashgan» to‘qimalarda xuddi shish to‘qimalarga o‘xshab, o‘z gormonlari sintez bo‘ladi, 
shuning uchun ham ular gormonga muhtojlik sezmaydilar. Gormonga tobe bo‘lmagan to‘qimlar tashqi 
ko‘rinishidan kallusli to‘qimalardan farq qilmaydilar, ularni yagona farqi gormon sintez qilishi bilan 
namoyon bo‘ladi. Bu xususiyati»moslashgan» shish xususiyati uchun umumiy bo‘lsada, ularda bu vazifani 
echish yo‘li har xildir. «Moslashgan» to‘qimalarda gormonga tobe bo‘lmaslik, gormonlarni sintez qilishda 
ishtirok etuvchi fermentlar molekulasi sinteziga javobgar bo‘lgan genlarni faolligini o‘zgarishi natijasida 
sodir bo‘ladi. SHunday qilib, ushbu holatda o‘zgarish epigenomli xarakterga ega bo‘lsada, mutatsiya 
imkoniyatlarini ham e’tibordan tashqarida qoldirmaslik kerak. 
«Moslashgan» hujayralarda o‘zgarish epigenomli yoki genotipik asosga ega ekanligini aniqlash 
uchun hujayra-o‘simlik-hujayra qatorida gormonga muhtoj bo‘lmaslik xususiyati saqlanib qolishi yoki 
qolmasligini nazoat qilish kerak buning uchun «moslashgan» to‘qimada regenerant olinib, keyin 
regeneratsiya qilingan o‘simlikdan olingan eksplant butunlay gormonsiz yoki gormonlarni birortasi 
bo‘lmagan muhitda hujayra bo‘linsa, ya’ni gormondan avtonom bo‘lsa, gormonga muhtojsizlik xususiyati 
avloddan-avlodga o‘tadi, demak u genetik asosga ega deb aytish mumkin. 
Agar gormonsiz muhitda hujayra bo‘linmasa va kallusli to‘qimapaydo bo‘lmasa, ya’ni gormonga 
muhtojsizlik nasldan-naslga o‘tmasa, o‘zgarishni epigenomli xarakterga egaligi haqida xulosa chiqarish 
mumkin. Ammo, bu yo‘l bilan faqatgina regeneratsiya xususiyatini yuqotgan «moslashgan» hujayralarni 
tekshirish mumkin xalos. Ma’lumki, ko‘pchilik «moslashgan» hujayralar regeneratsiyaga bo‘lgan 


imkoniyatlarini yo‘qotadilar, bu esa yuqoridagi usulni gormonga muhtojsizlikni tabiatini aniqlashni 
qiyinlashtiradi. 
SHish to‘qimalarda gormonlarni sintezi – o‘simlik o‘tkazilishi bilan bog‘liq. O‘tgan asrni 40-
yillarida F.Uaytning o‘quvchisi, Braun koronchatogalli shish to‘qima kulturasi agrobakteriya yo‘qligida 
(ularni yuqori xaroratda o‘ldirilgandan keyin ham) ham ishishlik xususiyatini saqlab qolishini kuzatgan edi. 
Gormon saqlamagan sun’iy ozuqa muhitida, bakteriya saqlamagan kornchatli gall to‘qimasi faol 
proliferatsiyani davom ettiraolgan. Bu to‘qimalar, oddiy to‘qimaga qaraganda yuqori miqdorda auksinlar 
va birnecha sitokininlar saqlaydilar. O‘zi o‘tkazgan tajribalar asosida Baun, o‘simlik hujayralari 
Agrobacterium tumefacciens ta’siridan keyin qandaydir yo‘l bilan shish hujayralarga aylanadilar degan 
fikrga kelgan edi. 
Agrobakteriyalar o‘simlik hujayrasiga Tip (Tumor inducing principle) kiritadi, u esa 36soatda oddiy 
hujayrani shish hujayraga aylantiradi deb taxmin qilingan edi. Keyinchalik Tip DNK ekanligi va 
agrobakteriyalarni katta plazmidasida saqlanishi aniqlandi va Ti plazmida deb ataldi. Onkogen faollik 
bakteriya hujayrasidan Ti plazmidani butunlay yoki uni ma’lum bir qismini ajratib olinganda yo‘qolishi 
isbotlangan. 
1977 yilda CHilton o‘zini shogirdlari bilan koronchato‘y gallni shishlari agrobakteriyalarni Ti 
plazmidasini ma’lum qismini o‘simlikni yadro DNK siga kiritish natijasida paydo bo‘lishini isbotladilar. 
Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan biri kimyoviy tarkibining birligidir. O’simliklar, 
hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari kimyoviy tarkibiga ko’ra bir-biriga o’xshaydi, bu esa 
organik olamning birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar 
biogen elementlar deyiladi. 
2-ilova
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
1. Hujayra kulturasi xaqida nimalarni bilasiz?
2. Kallus to’qimasi nima?
3. Kallus to’qimasini ajratib olish usullari
4 Garmonga bog’liq bo’lmagan o’simlik to’qimalarini tavsiflab bering? 
5. O’simliklarni genetic ko’paytirish bosqichlari
3-ilova
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1. Alberts B., Brey D. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki. 3 t. M ., “Mir”, 1996, 400b. 2. 
Atabekova A.I.,Ustinova E.I. Sitologiya rasteniy, “Agropromizdat”, M., 1987, 244b.
3. Bilich G.L. Biologiya, sitologiya, gistologiya, anatomiya cheloveka. Sankt-Peterburg,
“Soyuz”, 2001, 445b.



Download 4,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gormonlarga bog‘liq bo‘lmagan o‘simlik to‘qimalari

Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish