Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana19.11.2023
Hajmi4,48 Mb.
#101198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Biologiya ma\'ruza 2022

 
2-Bakteriyalar. 
Bakteriyalar (grekcha bakterion - tayoqcha] - bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi
shakllangan yadroga ega bo’lmagan mikroskopik organizmlar - prokariotlar. Bakteriyalarda hujayra 
pardasi, ko’p miqdorda dezoksiribnuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. 
Mtoxondriy va xloroplastlar odatda, bo’lmaydi, yadroning xromosomalari va qobig’i ko’zga 
ko’rinmaydi. Ular ko’ndalangiga bo’linish (ba’zan cho’zilish yoki kurtaklanish) yo’li bilan ko’payadi. 
Ularning ko’p turi tayoqcha shaklida bo’ladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli 
mikroorganizmlar xam bakteriyalarga kiradi.
Ularning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. 
Mikroorganizmlar tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqa joylarda tarqalgan. Ular yagona bir 
guruh bo’lmay, har xil yo’llar bilan vujudga kelgan organizmladir.
Ba’zi bakteriyalar, (masalan, ipsimon, azotobakter va boshqalar) ko’k-yashil suv o’tlarga yaqin, 
ayrim bakteriyalar esa nursimon zamburug’lar -aktinomistetlar bilan urug’dosh; spiroxetalar va boshqa 
ba’zi bakteriyalar bir hujayrali sodda hayvonlarga o’xshaydi. Ularning katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, 
harakachanligi xar xil. 
Sharsimon bakteriyalarning diametri, odatda, 1-2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yo’g’onligi 0,4 
dan 0,8 mkm gacha, o’z. 2-5 mkm bo’ladi. Ba’zan juda yirik bakteriyalar ham uchraydi. Masalan, 
Thiophysa macrophusa ning diametri 20 mkm; juda mayda bakteriyalar ham bor. Ayrim bakteriyalar shu 
qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham o’tib ketadi.
Sharsimon bakteriyalar kokklar deb ataladi. Agar kokklar ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan 
ko’paysa va bo’lingandan keyin bir-biriga qo’shilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. 
Hujayralar uchta o’zaro tik yo’nalishda bo’linsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl 
sarstinalar uchun xos.
Kokklar har xil yo’nalishda bo’linsa, hujayralarning uzum boshining g’ujumi shaklidagi to’plami 
hosil bo’ladi, bunday shakl stafilokokklaryu taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalar 
bastillalar deyiladi. Tayoqchasimonlarning uchlari tekis «kirilgan» yoki do’ngrok bo’lishi mumkin. Bular 
alohida yoki ba’zan zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda 
yashaydi. Vergul shaklidagi bakteriyalar vibrionlar, yo’g’on spralsimon buralganlari spirallar, bir nechta 
bir xildagi ingichka buramalilari spiroxtalar deyiladi.
Elektron mikroskopda karaganda bakteriyalarning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat 
ekanligi ko’rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, liiidlar, glyukozamin va boshqa 
birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida Stitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar 
almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Stitoplazmada ribosomalar bo’lib, ular tarkibiga RNK kiradi. Ular 


hujayrasida DNK iplari bor, ular kobiksiz yadro, ya’ni nukletoid hosil qiladi. Bakteriyalar yuqori haroratga, 
odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar bakteriyalarni o’ldiradi (Dezinfekstiya, 
Sterilizastiya). Bakteriyalar sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. Ularning ko’pi 
oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. 1-rasm
4-rasm Bakteriyalarning mikroskopik ko’rinishi. 
Bakteriyalar sporalari yuqori harorat va zaharli moddalar ta’siriga juda bardoshli. Sporalar qulay 
muhitga tushganda ulardan tayoqchasmon yoki vegetativ hujayralar paydo bo’ladi. Bakteriyalarning 
rivojlanish stikli har xil. Masalan, mirobakteriyalar bo’linish yo’li bilan ham, kurtklanish yo’li bilan ham 
ko’payadi. Miksobaktriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli 
mikrstistalar hosil qiladi. Ko’pchilik bakteriyalar organik moddalarni, ba’zilari anorganik moddalarni 
oksidlash yo’li bilan energiya oladi.
Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan bakteriyalar aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan 
bakteriyalar anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid 
ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi 
bijg’ish deyiladi. 
Tabiatda va xalq xo’jaligida ularning ahamiyati juda katta. Bakteriyalar tirik hujayralar tarkibiga 
kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniklanishida ishtirok etadi. O’simlik va hayvon 
qoldiklari stellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqani o’zlashtira oladigan 
Mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda 
azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta.


Hayvonlar o’ziga zarur azotli birikmalarni o’simlik oksillaridan hosil qiladi. Hayvon va o’simlik 
oqsillari B. ta’sirida mnerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar 
ham, nitratlar ham yuksak o’simliklar uchun oziq bo’ladi, ular shu tuzlardan foydalanib, o’z tanasida oqsil 
hosil qiladi. Bakteriyalar boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor 
birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini ko’paytiradi. 
Bakteriyalar ta’sirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi.
Bakteriyalar genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal 
qilish uchun eng yaxshi ob’ekdir. Bakteriyalar kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni 
miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi ularning hayot faoliyatiga bog’lik. Pektin 
moddalarni bijg’itadigan bakteriyalar yordamida zig’ir, kanop va boshqa tolali o’simliklar ivitiladi. Sutday 
qatiq, sariyog’, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham bakteriyalarning har xil turlaridan 
foydalaniladi. 
Sanoatda B. ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xomashyodan sut (laktat) 
kislota, asteton, etil spirt, butil spirt va boshqa(lar) spirtlar, dekstrin, diastetil, antibiotiklar, vitaminlar
aminokislota va boshqalar olinadi. 
Bakteriyalardan ferment preparatlari tayyorlashda, ayniqsa, ko’p foydalaniladi. Shu bilan birga, 
bakteriyalarning ko’pgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham to’g’ri keladi, chunki ular don-dun va 
boshqa(lar) masalliqlarni, har xil xomashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda 
uchraydigan ko’pgina kasalliklar (masalan, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va boshqalar)ni 
bakteriyalar paydo qiladi. 
Odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadigan B. patogen deb ataladi. Fitopatogen bakteriyalar 
yovvoyi o’simliklarda ham, ekinlarda ham ko’pgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik 
qo’zg’atadigan bakteriyalarga qarshi aseptika va antiseptika choralari ko’riladi, shuningdek, bakteriostatik 
va bakteristid moddalar ishlatiladi. 
5-rasm. Bakteriyalar koloniyalari laboratoriya sharoitida ko’paytirilgan. 


6-rasm. Bakteriyalarning ko’rinishlari 


7-rasm Bakteriyalarning turlari va ko’rinishi. 
8-rasm Bakteriyalarning tarkibiy ko’rinishi. 


Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Eukariotlarda 
haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Eukariot yunoncha eu — haqiqiy, karion — yadro so'zlaridan 
olingan. Eukariotlarga hayvon, o'simlik va zam- burug' hujayralarini kiritishimiz mumkin. Bir hujayrali va 
ko'p hujayrali vakillari mavjud. Eukariot hujayralarning bo'linishi mitoz (teng ikkiga bo'linish) yo'li bilan 
boradi. Hujayra organoidlari mavjud. Aksariyat eukariotlarda hujayra markazi mavjud. Atmosferadagi 
azotni o'zlashtirmaydi. Asosan aeroblar ba'zilari ikkilamchi anaeroblar hisoblanadi. Hazm qiluvchi 
vakuolalarga ega. O'simliklar autotrof oziqlansa, hayvonlar va zambrug'lar geterotrof usulda oziqlanadi (1-
jadval). Ularning hujayralari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ham birmunchadir. Zamburug' 
hujayralarining hujayra qobig'ida xitin bo'lishi, (hasharotlarning tana qoplami xitindan iborat), hujayrasida 
plastidalarining yo'qligi, oziqlanishi (geterotrof usulda) bilan hayvonlarga o'xshasada, lekin ko'payishi bilan 
o'simliklarga o'xshaydi. 
Eukariot hujayralarning kattaligi va shakli asosan ular baja- radigan funksiyalarga bog'liq bo'ladi. 
Ularning o'rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm gacha bo'ladi. Tuxum hujayralar tarkibida oziq moddalar 
ko'p to'planganligi uchun ancha yirik bo'ladi. Tuyaqush tuxumining diametri 150 mm gacha boradi. 
Hujayralarning o'lchami organizmlarning kattaligiga bog'liq emas. Masalan, yirik sutemizuvchilarning qizil 
qon tanachalarining diametri 10 mkm dan oshmaydi. A'zoning yoki butun organizmning kattaligi esa 
hujayralar miqdoriga bog'liq. Hujayraning asosiy tarkibiy qismlariga: hujayra qobig'i, sitoplazma va yadro 
kiradi. Hujayra qobig'i 3 qavatdan iborat bo'ladi. 
Membrana usti kompleksi 
Plazmolemma 
3. Membrana osti kompleksi 
Hujayra qobig'i hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan o'zaro munosabatini 
ta'minlaydi va shunga ko'ra uch xil asosiy vazifani bajaradi: 1) himoya, to'siq, 2) moddalarni o'tkazish, 3) 
retseptor. Hujayra qobig'ining asosiy qismini plazmatik membrana — plazmolemma tashkil etadi. Hayvon 
hujayralarining qobig'i juda yupqa va elastik bo'ladi. Uni faqat elektron mikroskopda ko'rish mumkin. 
O'simlik hujayralarining qobig'i hayvon hujayralaridan farq qilib qalin bo'ladi. Uning tar- kibida selluloza 
moddasi ko'p, shuning uchun ham o'simlik qobig'ining asosiy funksiyalaridan biri tayanch funksiyasi 
hisoblanadi. O'simlik hujayralarida lignin (yog'ochning 50%ni hosil qiladi), subirin (subirin hisobiga 
o'simlik po'stlog'i po'kak- lashadi), kutinlar (o'simlik hujayralarida mumsimon modda) bo'ladi. Zamburug' 
hujayrasida esa xitinsimon modda bo'ladi. Hayvon hujayrasi membranasi usti kompleksida glikoproteinlar 
kompleksi — glikokaliks joylashadi. 
Plazmatik membrana — plazmolemma. 
Plazmatik membrananing tuzilishi. Plazmatik membrana hamma hujayralar uchun universal bo'lgan 
biologik membranadir. Plazmatik membrana kimyoviy tarkibiga lipidlar, oqsillar, murakkab organik 
molekulalar glikoproteinlar, glikolipidlar va juda kam miqdorda boshqa birikmalar kiradi. 
Plazmolemmaning tuzi- lishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Hozirgi vaqtda ko'pchi- lik olimlar 
tomonidan plazmolemmaning suyuqlik — mozaika modeli qabul qilingan. Plazmatik membrana — 
plazmolemma qalinligi 7—10 mkm bo'lib, hujayra ichki muhitini tashqi muhiti- dan ajratib turish (chegara), 
moddalarni tanlab o'tkazish, retsep- torlik va sitoplazmaga ma'lum shakl berish kabi asosiy vazifalarni 
bajaradi.
Submembrana oqsil 
9-r a s m. Hayvon hujayrasida plazmatik membrananing tuzilishi. 


Uglevod 
Glikopro 
Hujayradan tashqaridagi tolalar 
Xolesterol 
Gidrofil 
Lipid qavat 
Plazmolemma tarkibi 2 qator lipid va oqsil molekulalari- dan iborat bo'ladi. Lipidlarning gidrofil va 
gidrofob qismlari mavjud. Lipidning gidrofob qismi membrananing ikki ichki tomonida joylashgan bo'ladi. 
Lipidning gidrofob qismi oz bo'lsada membrananing lipid qatlamini turg'unligini ta'minlaydi. Lipidning 
gidrofil qismi membrananing ikki tashqi tomonida, ya'ni hujayraning tashqi tomonida va sitoplazma 
tomonida joylashgan bo'lib, suv va suvda erigan moddalarni membrana orqali o'tishiga imkoniyat tug'diradi 
(10-rasm). Oqsil molekulalari lipid qavatida tashqariga bo'rtib chiqqan — periferik oqsillari, sitoplazmaga 
botib turgan — submembrana oqsillari va lipid qavat orasida — integral transmembrana oqsillari holatida 
bo'ladi. Membrana tashqarisiga chiqib turgan oqsillar uglevodlar bilan birikib, glikoprotein (glikokaliks) 
larni hosil qiladi. Hujayralar bir-biri bilan glikopro- teinlari bilan birikib, to'qimalarni hosil qiladi yoki 
gormonlar, antitelolar, limfotsitlar hujayralarni glikoproteinlari orqali taniydi (hujayra retseptorligi). 
Sitoplazmaga botib turgan oqsillarga fer- mentlar birikadi. Hujayra membranasi orqali moddalarning 
chiqishida va kirishida energiya sarflanadi. Energiyaning sarf bo'lishida sitoplazmaga botib kirgan 
oqsillarning o'rni bor. Lipid qavati orasidagi oqsillar moddalar transportida katta ahamiyatga ega. Har xil 
moddalar (masalan K+, Na+) aynan shu oqsillarga birikib, hujayra ichiga kiritiladi yoki hujayradan 
tashqariga chiqa- riladi. Bundan tashqari membrana oqsillari membrananing umu- miy turg'unligini 
(mustahkamligini) ta'minlaydi. Plazmatik mem- branada glikolipidlar, fosfolipidlar, xolesterol ham 
mavjud. Mem- branadagi fosfolipidlar membrananing qo'zg'aluvchanligini ta'minlaydi. Glikolipidlar ham 
glikoproteinlarga o'xshab retseptorlik vazifasini bajaradi. Plazmatik membrananing ichki qismida tayanch, 
qisqarish, hujayraga ma'lum shakl berib turuvchi mikro- naychalar, mikrofibrillalar mavjud. 
Plazmatik membrananing vazifalari. Plazmolemmaning asosiy vazifalaridan biri moddalarni 
o'tkazish ya'ni membrana orqali moddalar transportidir. Membrana orqali moddalarni o'tishi endotsitoz 
ya'ni hujayra ichiga yoki ekzotsitoz, ya'ni hujayra tashqarisiga moddalar o'tishi mumkin. Moddalar eritma 
holida membranadan hujayra ichiga o'tsa, pinotsitoz deyiladi. Granu- lalarning membranadan hujayra 
ichiga o'tishi fagotsitoz deyiladi. Suvning membranadan o'tishini ham kuzatishimiz mumkin, bu osmos 
deyiladi. Har qanday moddalarni hujayradan chiqib ketishi ekzotsitoz deyiladi. O'simliklarda pinotsitoz, 
osmos jarayonlari kuchli bo'ladi. Hayvonlarda fagotsitoz ham kuzatiladi. Membrana hamma moddalarni 
ham o'tkazavermaydi. 
Membrana lipidlarini gidrofob qismi qutbli suvda eruvchan moddalarni hujayra ichiga o'tishiga 
to'sqinlik qiladi. Membrana orqali moddalar transporti aktiv yoki passiv bo'lishi mumkin. Aktiv transport 
uchun energiya sarflanadi, passiv transport uchun energiya sarflanmaydi. Aktiv transport (faol transport) 
konsentra- tsiyasi past joydan konsentratsiyasi yuqori joyga moddalarning o'tishida energiya sarfi bilan 
boradi. Aminokislotalar, glyukoza, natriy va kaliy ionlari ATF hisobiga membrana orqali o'tkaziladi. Passiv 
transportga nisbatan kichik qutbli va suvda erigan moddalar, masalan, mochevina, CO2, glitserol, gidrofob 
moddalar (O2, N2, benzol) membrana orqali passiv transportlanadi. Kichik zaryad- lanmagan suv 
membrana orqali oson diffuziyalanadi. Diffuziya (lot. diffusion — tarqalish, yoyilish) ion yoki 
molekulalarning o'tishi. Diffuziya jarayonida gazlar (zaryadlanmagan moddalar) oqsillar joylashgan joydan 
yoki lipid molekulalari orasidan o'tishi mumkin (neytral diffuziya) yoki maxsus oqsillarga birikib, mem- 


brana orqali transportlanadi. Aktiv transportda esa membranadagi ko'chiruvchi oqsillar moddalar birikib, 
hujayra ichiga yoki hujayradan tashqariga o'tkaziladi. Bunda ATF1 energiyasidan foy- dalaniladi. Natriy, 
vodorod, kalsiy va kaliyni mebrana orqali o'tishida ATF—aza fermentlari yordamida ATF energiyasi 
sarflana- di. Kaliy konsentratsiyasi hujayra ichida ko'p bo'lsada hujayra tashqarisidan hujayra ichiga o'tadi. 
Natriy konsentratsiyasi aksincha, hujayra ichida kam bo'lsada hujayradan tashqariga chiqariladi (11-
rasm). Shakar va amino- kislotalar transportida ham ATF-aza aktiv ishtirok etadi. 
Hujayra membranasi faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni ichkariga o'tkazib, tashqariga 
chiqaribgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig'indisidan hosil bo'lgan yirik zarrachalarni 
10-r a s m. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o’tishi. 
Ham o’tkazadi. Bu xususiyat membrananing suyuq holatida ekan- ligiga bog’liqdir. Bu jarayon 
endotsitoz (endo — ichkari, sito — hujayra so’zlaridan olingan) deyiladi. Endotsitozning bir ko’rinishi 
fagotsitozdir (fageo — yemoq, hazm qilmoq so’zidan olingan). Bunda, asosan qattiq yirik zarrachalar 
hujayraga kiritiladi. Bu vaqtda qattiq yirik zarrachaga tegib turgan membrananing ikki qismi harakatlanib, 
zarrachani o’rab oladi va natijada membrana- ga o’ralgan zarra hujayra sitoplazmasi ichiga botib qoladi va 
hazm vakuolasi hosil bo’ladi. Keyinchalik hazm vakuolasi lizosomalar bilan birikib, ular ichidagi 
fermentlar ta’sirida molekulalar parcha- lanadi. Fagotsitoz aksariyat amyobasimonlarda, umurtqalilarning 
oq qon tanachalarida (leykotsitlar) keng tarqalgan. Organizmga kirgan yot zarrachalar, kasallik 
qo’zg’atuvchi har xil mikroorga- nizmlar leykotsitlar tomonidan fagotsitoz usulda qamrab olinib, yo’q 
qilinadi. Bakteriyalar, ko’k-yashil suvo’tlari, zamburug’lar va o’simliklarning hujayra qobig’I qalin, zich 
po’st hosil qilganligi uchun ularda fagotsitoz jarayoni deyarli uchramaydi. Endotsitoz pinotsitoz usulda 
ham amalga oshirilishi mumkin (yunoncha pino — ichaman degan so’zdan olingan). Pinotsitoz har xil 
mod- dalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Pinotsitoz o’simlik va hayvon 
hujayralarining asosiy oziqlanish usullaridan biridir. Endotsitozga teskari bo’lgan hodisa ekzotsitozdir 
(yunoncha ekza — tashqari so’zidan olingan). Bunda sitoplazmadagi vakuola 22rgani hazm bo’lmay 
qolgan moddalar membrana orqali hujayra tashqarisiga chiqariladi. 
Ko’p hujayrali hayvonlarda bir xil tipdagi hujayralar to’planib, har xil to’qimalarni: epiteliy, muskul, 
nerv va boshqa to’qimalar sistemasini hosil qiladi. Bunda hujayralar plazmatik membranada- 
2 — Eshonqulov O. E. va boshqalar gi burmalar va o’siqlar orqali bir-biriga yopishib turadi. Hay- 
vonlarning epiteliy to’qimalarida, ayniqsa ichak hujayralarida bur- machalar, mikrovorsinkalar yaxshi 
rivojlangan bo’lib, ular orqali bir hujayradan ikkinchisiga oziq moddalar, ionlar, uglevodlar va boshqalar 
o’tadi. 
Glikokaliksi ko’p bo’lgan hujayra garmonal yo’l bilan oson boshqariladi. Ayrim kasalliklarda yoki 
qari hujayralarda glikoka- liksning miqdori kamayadi va gormonal boshqarilishi qiyinlashadi. 
Plazmatik membrananing ichki qismida, tayanch, qisqarish, hujayraga ma’lum shakl berib turishda 
muhim rol o’ynovchi mikronaychalar, mikrofibrillalar mavjud. Bular, ayniqsa, hayvon hujayralarida yaxshi 
rivojlangan. 
Sitoplazmada hujayraning asosiy massasi, uning ichki muhiti hisoblanadi. Sitoplazma hujayraning 
hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog’lab, ular orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim 
1 ATF — Adenozintrifosfat energiyani kimyoviy bog' shaklida tutadi. 


rol o’ynaydi. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig’I bilan 
chegaralanadi. Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga asosan gialoplazma, 23rganic23- lar va kiritmalar kiradi. 
Gialoplazma. Gialoplazma sitoplazmaning rangsiz tiniq kalloid eritmasi. Gialoplazmada organoidlar 
va kiritmalar joy- lashadi. Gialoplazma hujayra membranasi, tola va mikrofiloment- larning hosil bo’lishida 
ishtirok etadi. Tarkibida polisaxaridlar, oqsillar, fermentlar, lipidlar, tRNK bo’lib, moddalarni bir joydan 
boshqa joyga o’tishi gialoplazma orqali amalga oshadi. Gialoplazmada glikoliz (glyukozaning kislorodsiz 
parchalanishi) jarayoni boradi. Bundan tashqari o’zida ko’plab 23rganic va anor- ganik moddalar 
saqlaganligi uchun hujayraga suv kiradi, bu hujayraga osmos xususiyatini beradi. Natijada hujayra buferligi 
ta’minlanadi. Turgor holatdagi hujayra tashqi mexanik ta’sirlarga birmuncha chidamli bo’ladi. 
Gialoplazmada muhim biokimyoviy reaksiyalar 23rganic. 
Kiritmalar. Hujayra o’zi sintezlagan oqsillarni, uglevodlarni va yog’simon moddalarni yoki shu kabi 
23rganic moddalarni sitoplazmasida kiritma shaklida ma’lum vaqt saqlaydi. Kiritmalar sitoplaz- maning 
muvaqqat tarkibiy qismlaridir. 
11-rasm. Kiritmalar 
Kiritmalar o'simlik va hayvon hujayralarida ham uchrab aksariyat vaqtinchalik bo'lib, asosan 4 xil: 
trofik, pigmentli, ekskre- tor, sekretor kiritmalar bo'ladi. Kraxmal (o'simlik hujayrasida), glikogen (hayvon 
hujayrasida), lipidlar, oqsillar ma'lum vaqt hujayra sitoplazmasida trofik (ozuqaviy) kiritmalar shaklida 
to'planadi. Gemoglobin (eritrotsitlarda), melanin (teri hujayralarida), xlorofill (barg eti hujayralarida), 
karotinoidlar pigment kiritmalar shaklida ma'lum vaqt hujayralarda to'planadi (12, 13-rasm). Ekskretor 
kiritmalari hujayralardan tashqariga chiqariladigan gor- mon, efirlar, fitonsidlar, alkaloidlar, nektar kabi 
moddalar kiritmalar shaklida saqlanadi. Hujayrani ehtiyoji, ayrim tuz kristallari kabi moddalar kiritmalar 
shaklida saqlanadi. Hujayrani ehtiyoji uchun sintezlangan moddalar ma'lum vaqt sekretor kiritmalar 
shaklida hujayra sitoplazmasida saqlanadi.
12-r a s m. O'simlik hujayrasidagi kiritmalar. 


Yuqoridan ko'rinib turibdiki kiritmalar qattiq (granulyar), suyuq, efir va yarim suyuq holatda bo'lishi 
mumkin. 
Kiritmalar funksiyasi. Kiritmalar asosan energetik (glikogen, kraxmal), trofik (lipid, oqsil, uglevod), 
gaz almashinuv (gemoglo- bin), fotosintez (xlorofill) vazifalarini bajaradi. 
Organoidlar. Organoidlar (yunoncha organon — a'zo, eidos — o'xshagan so'zlaridan olingan) 
hujayraning ma'lum tuzilishga ega va har qaysisi o'ziga xos funksiyani bajarishga moslashgan doimiy 
tarkibiy qismidir. Murakkab tuzilgan organizmlarning har xil a'zo- lari — organlari bo'lgani kabi hujayralar 
ham o'z a'zolariga — organoidlariga ega. Organoidlar moddalarning tashilishi, energiya hamda 
moddalarning aylanishi, bo'linish, harakatlanish va shunga o'xshash hujayraning ko'pgina boshqa 
funksiyalarining amalga oshishini ta'minlaydi. Qanday hujayralarda uchrashiga qarab organoidlar umumiy 
va xususiy, o'ziga xos organoidlarga bo'lina- di. Umumiy organoidlarga mitoxondriya, Golji apparati, endo- 
plazmatik to'r, lizosomalar, ribosomalar kiradi. O'simlik hujay- ralarida bulardan tashqari plastidalar ham 
uchraydi. Hayvon hujayralari uchun sentriolalar ham umumiy organoidlarga kiradi. Umumiy organoidlar 
deyarli hamma hujayralarda uchraganligi uchun ham shunday nom berilgan (14, 15-rasmlar). 
Xususiy organoidlar esa faqat ayrim, xususiy funksiyalarni bajarishga moslashgan hujayralardagina 
uchraydi. Ularga misol qilib kiprikchalar (infuzoriyalar, nafas yo'llari hujayralarida), Sentriola
Sitoplazma 
14-r a s m. O'simlik hujayrasining tuzilishi. 


13-r a s m. Hayvon hujayrasi organoidlarining tuzilishi. 
xivchinlar (spermatozoidda, evglenada), tonofibrillalar (epiteliy hujayralarida), neyrofibrillalar (nerv 
hujayralarida) va boshqa xususiy organoidlarni keltirish mumkin. 
Organoidlar o'z tuzilishiga ko'ra bir membranali (endoplaz- matik to'r, Golji apparati, lizosoma), ikki 
membranali (mito- xondriya, plastida) va membranasiz (ribosomalar, sentriolalar) organoidlarga ajraladi. 
Zamburug’lar 
Zamburug’lar eukoriot organizmlarning katta guruhini o’z ichiga oladi. Eng sodda zamburug’larning 
vegetativ tanasi qobiqsiz bitta hujayradan iborat bo’ladi. Miseylili turlarining ko’pchiligida bu hujayra 
shoxlanuvchi ingichka ipchalar – gifalar chigalidan iborat bo’lib, mitseliy hosil qiladi. 
Mog’or zamburug’lari xlorafilsiz mikroorganizmlardir. Shuning uchun ular faqat organik birikmalar 
ugleroddan foydalanib oziqlanadi, ya’ni ular geterotroflardir. Aerob zamburug’lari turli substratlar 
yuzasida, faqat kislarod mavjudligida yashaydi. Hujayralarida deferensiallangan yadrosi bor. Mog’or 
zamburug’lari ozuqa muhitiga talabchan emas, ya’ni muhit tanlamaydi, past temperaturaga yahshi chidaydi, 
muzlatgich kameralarida ham yashab, ko’paya oladi. Ular orasida saprofitlar ham, parazitlar ham uchraydi.
Zamburug’lar 6 sinfga bo'linadi: 1-xitridiomitsetlar (Chytridiomycetes),2-omitsetlar (Oomycetes), 
3-zigomitsetlar (Zygomycetes)— bular tuban zamburug'lardir; 4-askomitsetlar (Ascomycetes),
5-bazidiomitsetlar (Bazidiomycetes) va 6- deyteromitsetlar 
Morfologik belgilari. Mitseliy gifalarning haddan tashqari shoxlangan yopiq tizimi bo'lib, ichida ko'p 
yadroli sitoplazmasi bor. Mog'or hujayrasi septalar (to'siqlar) bilan bo'lishi mumkin va hujayra 
septalanmagan bo'lishi mumkin. Biroq septalar gifalarni alohida hujayralarga bo'lib yubormaydi, chunki 
ularning markaziy teshigi bo'lib, sitoplazma bilan yadro shu teshik orqali erkin o'tib turadi. Shuning uchun 
zamburug'larning barchasi senotsit (bir hujayrali) organizmlar borlari yuksak zamburug'larga kiradi 


Vegetativ 
mitseliy 
hosil 
qiluvchi 
gifalarning diametri 5 dan 50 mkm gacha va 
undan katta bo'ladi. Gifalari juda uzun bo'lib, 
ko'pincha ular mikroskopsiz ham ko'zga ko'rinadi. 
Mitseliy ozuqa muhitida o'sganda yuzadagi qismi 
havo mitseliysi va ozuqaga botib, uning ichida 
o'sadigan 
qismi substrat mitseliysidir. Ba'zan mitseliy 
ildizga o'xshash o'simtalar — rizoidlar hosil 
qiladi. U ana shu o'simtalari yordamida substratga 
yopishib olib, undan oziq moddalarni so'rib oladi. 
Mitseliy gifalari uchi hisobiga o'sadi. Ular 
Zamburug’lar plastidalari yo’q geterotrof 
organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar 
hisoblanadi. Zamburug’lar parazit va saprofit holda 
hayol kechiradi. Saprofitlar — o’lik organik modda 
bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba’zi birlari suvda 
yashaydi. Zamburug’larning 100 000 ga yaqin turi 
mavjud bo’lib, quruqlikda juda keng tarqalgan. Ular 
suv o’tlaridan xlorofilning yo’qligi, bakteriyalardan 
esa yadroga ega bo’lishi bilan farq qiladi. 
Zamburug’larning vegetativ tanasi muselliy deb 
atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig’indisidan 
tashkil topgan (12-rasm). Zamburug’ mitseiliysi oziq 
moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. 
Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil 
bo’ladi. Ko’payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy 
usullarda boradi. 
Tuzilish sxemasi: 
a—mukorniki (zigomitsetlar sinfi): 
/—endosporalar; 2—sporangiy 
(mevali tana); 3—sporangiy 
tashuvchi; 4—mitseliy; 
b—aspergillikni (deytromitsetlar 
sinfi): 1—konidiyalar 
(ekzosporalar); 2—sterigmalar; 
3—konidiya tashuvchi; 4—mitseliy; 
d—penitsillniki (deytromitsetlar 
sin[i): /—konidiyalar; 
2—fialidlar; 3— metula; 4 –
shox; 5 – konidiya tashuvchi; 
6 – mitseliy.
16-rasm 
15-rasm 
17,18-rasmlar 


uzunlashgan sari eski (qarigan) qismlarida vakuolalar hosil bo'ladi, aktiv ravishda oziq moddalar 
shimmaydi va asta sekin o'zidan-o'zi erib ketadi. 
Kultural belgilari. Petri likopchasidagi quyuq ozuqa muhitiga zamburug' mitseliysi yoki sporasi 
(konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15—25 kun davomida har 2—3 kunda ko'z bilan chamalab 
kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: koloniyaning o'lchami (yirik-maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, 
tashqi chetining va o'rtasining tuzilishi, yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va ko'payish organlarining 
rangi, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik ajralishi aniqlanadi. Mitseliy hosil qiluvchi 
zamburug'lar quyuq muhitda yumaloq yoki yuzada keng tarqalgan, substrat ichiga o'sib kirmaydigan, 
pahmoq, ipsimon, o'rgimchak to'risimon, paxtaga o'xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi.
Ko'pchilik turlarining vegetativ mitseliysi bo'yalmagan.Faqat meva hosil qiluvchi mitseliysi 
pigmentli bo'ladi. Shuning uchun yosh koloniyalari oq yoki och kulrang bo'ladi. Meva hosil qiluvchi 
organlari rivojlana borgan sari koloniyalar sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga kiradi. 
Shundan keyin bakteriyaning mitseliysi va ko'payish organlari mikroskopda o'rganiladi. Bunda 
stereoskopik yoki oddiy mikroskopda o'rganish va koloniyalarni bevosita Petri likopchasining o'zidan 
ko'rish mumkin. Mikroskopda 80- 200 marta kattalashtirib qarab, havo mitseliysi borligi, uning xarakteri, 
xlamidosporalar va sklerotsiylar hosil bo'lishi, sporalarning ko’payishiga yordamlashuvchi rangiyaband va 
konidiyabandlarning, boshchalar, sporalar va onidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. Koloniyaning cheti 
pigmentlangan va bo'yalmagan qismlari chegarasi va o'rtasi kuzatiladi. 
Achishni va glikolizni o‘rganish. Achish hodisasi qadimdan mahlum bo‘lsa ham uning xaqiqiy 
tabiati va umumiy mexanizmi fransus olimi Lui Paster tamonidan . 1861 yili Paster (anaerob) o‘tishini 
tasdiqladi. Bu jarayonni u faqat tirik glyukozadan etil spirt va SO2 ning hosil bo‘lishi atmosfera kislorodi 
ishtirokisiz organizmlar (achitqilar va boshqa mikroorganizmlar) hayot faoliyatiga bog‘lab, ularsiz achish 
yuz bermasligini ta’kidlagan edi. 
Achish fermentlari va substratlarining bir qator olimlar (1897 yili Byunxer – achish fermentlarini 
sistematik o‘rgangan, A.N. Lebedov achitqidan shira ajratib olgan.) tomonidan tekshirilishi achitqi shirasi 
murakkab ferment va kofermentlar sistemasidan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Hayvon to‘qimalarida va ba’zi 
bakteriyalarda achish natijasida laktat kislota hosil bo‘lishi bilan birga, achitqi, muskul va jigarda ro‘y 
beradigan achish jarayonining reaksiyalari asosan bir xil ekanligi aniqlandi. 
Xamir turush- Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan 
X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. 
uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hozirgi davrda 
non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan
suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi (bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg 
X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi (yana q. Bijgʻish) xamirni oshirish uchun ishlatiladigan 
achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari boʻlgan X. qoʻshib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar taʼsirida 
koʻpchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan X. uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga oʻrab qoʻyiladi, 
keyingi xamirlarga qoʻshiladi. Hozirgi davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi 
bakteriyalari yerdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan X. turlari ishlab chiqariladi 
(bugʻdoy unidan tayyorlangan navli 100 kg un uchun 1 kg X. sarflanadi) va savdo doʻkonlarida sotiladi 
Qо‘ziqorinlar — na о‘simlik, na hayvonot olamiga kiruvchi о‘ziga xos tirik tabiat saltanati. Ular 
bundan qariyb bir milliard yil muqaddam paydo bо‘lgan bо‘lib, ayni vaqtda yer yuzidagi eng kо‘p 
tarqalgan, eng xilma-xil tirik organizmlardan biri hisoblanadi. Taxminiy hisob-kitoblarga kо‘ra, 
sayyoramizda qо‘ziqorinlarning 100 mingdan 250 mingga yaqin turi mavjud. Lekin olimlar ularning bor-
yо‘g‘i 5 foizini о‘rganishgan, xolos. 
Taniqli Sharq tabibi Vu Sinning ta’kidlashicha, qо‘ziqorinlarning shifobaxsh xususiyati dorivor 
giyohlarnikidan ancha yuqori. U о‘zicha haq giyohlardan farqli о‘laroq qо‘ziqorinlar organizmga faolroq 
ta’sir kо‘rsatadi. Yaponiyada о‘suvchi shiitake qо‘ziqorinini esa qadimdan qо‘ziqorinli odamgiyoh yoki 
ilohiy qо‘ziqorin deb atashgan. Undan deyarli barcha kasalliklarni davolashda foydalanishgan. Shiitakeni 


yetishtirish usulini esa qattiq sir saqlashgan. Faqat yapon zodagonlarigina о‘z qо‘ziqorin plantatsiyalariga 
egalik qilishi hamda uning mо‘jizaviy shifosidan bahramand bо‘lishlari mumkin edi. 
О‘zbekiston hududida zamburug‘larning 300 ziyod turi mavjud. Biroq shulardan 25 turigina iste’mol 
uchun yaroqli hisoblanadi. Bu iste’mol uchun yaroqli bо‘lgan zamburug‘ turlarini mahalliy aholi qо‘ziqorin 
deb ataydi. Shuning uchun ham О‘zbekistonning har qaysi viloyatida, har bir tumanida qо‘ziqorinning faqat 
ayrim, muayyan turlarigina terilib, ulardan turli xilda tansiq taomlar tayyorlanadi. Bu iste’mol uchun 
yaroqli qо‘ziqorinlar ma’danli moddalar, oqsil hamda "S" va "V" guruhlariga mansub vitaminlarga juda 
boydir. 
Biroq respublikamiz hududida о‘sadigan qо‘ziqorinlarning 275 dan ziyod botanik turlari zaharli 
hisoblanadi. Ularni umuman iste’mol qilib bо‘lmaydi. Bunday qо‘ziqorin turlarini mahalliy aholi о‘z 
iborasi bilan zaharli о‘simlik – "qurbaqaning sallasi" deb ataydi. 
Bu turlarga mansub qо‘ziqorinlar tarkibida gelvelli kislotasi, fallotoksin, ammonitotoksin va boshqa 
zaharli moddalar mavjud bо‘lib, ularga qanchalik ishlov berilmasin, tarkibidagi zaharli moddalar yо‘qolib 
ketmaydi. Ular qizdirishga juda ham turg‘un, qaynatilganda zararsizlanmaydi, oksigen ta’sirida 
oksidlanmaydi va oshqozon-ichak fermentlari ta’sirida parchalanmaydi. Oqibatda iste’mol qilgan kishilarni 
zaharlanishga duchor qiladi. Shunday о‘tkir zaharli qо‘ziqorin turlaridan biri "lepiota" deb ataladi. U 
Toshkent shahri hududidagi bog‘larda, qabristonlarda, sayhon joylarda, daraxtlar tevaragida va boshqa 
joylarda ham uchrab turadi. "lepiota" barcha qо‘ziqorinlarga о‘xshab soyabon shaklida о‘sadi, uni iste’mol 
qilgan kishi qattiq zaharlanadi. 
Zaharli qо‘ziqorinni bilmay iste’mol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt о‘tganidan sо‘ng kо‘ngli aynab, 
tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og‘riq paydo bо‘ladi va butun a’zoyi badani 
bо‘shashib ketadi. 
Qо‘ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me’da osti bezi va markaziy asab tizimi 
a’zolarini qattiq shikastlaydi. Qо‘ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda, bemorga 5-6 
piyola iliq namakobli suv ichirilib, sun’iy qayt qildiriladi, uning me’dasi yuvilishi kerak. Agar me’da 
yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, bu moddalar qonga sо‘riladi va zaharlanish yanada 
og‘ir kechadi. Bu bemorlarni uy sharoitida bilar-bilmas davolash og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu 
holning oldini olish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. 
О‘zbekistonda qо‘ziqorinning yeyishli bо‘lgan veshenka, podgruzd, lisichka, maslyonok, moxovik, 
о‘tloq shampinyoni, oq, kulrang va malla turlari bor. 
Lisichka.Qizig‘i shundaki, ushbu qо‘ziqoringa qurt tushmaydi. Sababi, uning tarkibida antiqa modda 
– xinomanoz topilgan bо‘lib, parazitlar qо‘ygan tuxumlarni eritib yuboradi. Tabiiy antigelmint vosita 
sifatida qо‘llaniladi, nojо‘ya ta’siri yо‘q. 
Veshenka.Organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, foydali ichak mikroflorasi 
faoliyati va qondagi lipidlar darajasini meyorlashtiradi, shuningdek, qon bosimini tushirib, yurak-qon tomir 
va saraton kasalliklari paydo bо‘lish xavfini kamaytiradi, nerv tizimi ishini yaxshilaydi. 


19-rasm. Pleurotus ostreatus – oddiy veshenka zamburug‘ini umumiy kо‘rinishi 
Oq qо‘ziqorin. Ma’lumotlarga kо‘ra, oq qо‘ziqorinni muntazam iste’mol qilib turish ayrim 
oshqozon-ichak va saraton kasalliklarining rivojlanish xavfini bartaraf etadi. Ushbu qо‘ziqorindan olingan 
suv ekstrakti bilan qadim zamonlardan buyon yara va sovuq yegan a’zolarni davolashgan. Oq zamburug‘ 
silni davolashda, mador quriganda hamda moddalar almashinuvini yaxshilash uchun iste’mol qilingan. Oq 
qо‘ziqorinlar tarkibida shuningdek, gersenin moddasi topilgan bо‘lib, ulardan stenokardiyani davolashda 
foydalanishgan. 
Oddiy veshenka – iste’mol uchun yaroqli qо‘ziqorinlar turiga kiradi va uni О‘zbekiston sharoitida 
intensiv usulda о‘stirishga mо‘ljallangan. Tabiiy sharoitda qо‘ziqorin terak, dub, ba’zan esa mevali 
daraxtlarning atrofida noyabr oyidan to mart oyigacha uchraydi. 
1.2.Oddiy veshenka turlari va ularga ta’rif 
Veshenka avlodi 30 dan ortiq turni birlashtiradi. О‘nga yaqin veshenka kо‘paytiriladi. Ularga 
qо‘yidagilar kiradi: 
20-rasm. Oddiy veshenka: 1 –meva tanasi; 2 - sporalari; 3 - bazidiyalari; 4 - xeylotsistidlari; 5 - 
gifalar; 6 –qalpoqchasining kutikula elementlari. 


21-rasm. Shoxsimon veshenka
Shoxsimon veshenka – P. sornucopiae. Katta guruh bо‘lib о‘sadi. Qalpog‘ining aylanasi 12-13 sm 
bо‘lib, avval qavariq, sо‘ngra voronkasimon kо‘rinishda, rangi oqish, sarg‘ish bо‘ladi. О‘sgan sayin 
tо‘qlashib boraveradi. Mag‘zi qalin, zich, oq bо‘lib, unning hidi keladi. Plastinkalari oyoqchalaridan 
uzoqraq joylashgan, ingichka, nozik, oq yoki och-sariq rangda bо‘ladi. Sporali kukuni oq rangda. 
Oyoqchalari qisqa – 1sm, qalinligi 1,5-2 sm joylashishi ekssentrik yoki markaziy, oq yoki sarg‘ish rangda 
bо‘ladi.Yaponiya, Xitoy va primorye о‘lkasida qurigan va sinib tushgan shox-shabbalarda о‘sadi.
22-rasm. CHо‘l veshenkasi 
CHо‘l veshenkasi– P. eryngii– asosan sentabr-oktabr oylarida chо‘l hududlarida о‘sadigan 
sharsimon shoxlangan о‘simliklarning ildizi va qurigan poyalari ustida о‘sadi. Qalpog‘ining aylanasi 4-8 
sm, yassi-qayrilgan, ba’zan notо‘g‘ri formada, silliq yoki oz-moz tangachalar bilan qoplangan, kulrang-
sarg‘imtir, sariq, sariq-jigarrang tusda bо‘ladi. Mag‘zi gо‘shtdor, oq yoki sariq rangda. Plastinkasi 
pasaygan, siyrak, oq rangda. Oyoqchasi ekssentrik, yosh meva tanalarida asosan markaziybо‘lib, uzunligi 
4 sm, kengligi 2 sm, asosiga birikkan, oq va zich bо‘ladi.


23-rasm. О‘tloq veshenkasi 
О‘tloq veshenkasi–P. pulmonarius. Qalpog‘i qayrilgan-yotiq, yonboshsimon, rangi kulrang 
dog‘chali oq, pastga osilgan bо‘ladi. Bargli qurigan daraxtlarning ustida guruh bо‘lib о‘sadi. Iyun-oktabr 
oylarida kuzatiladi, yesa bо‘ladi, ammo eski meva tanalari qattiq bо‘ladi.
24-rasm. Limonrang qalpoqchali veshenka(elma-qо‘ziqorin) 
Limonrang qalpoqchali veshenka (elma-qо‘ziqorin)— P. citrinopileaus yorqin limonrang 
qalpoqchaga ega va meva tanachalarining katta qismi о‘xshash tusda bо‘ladi. Pleurotusavlodining keng 
tarqalgan jozibador turlaridan biri sanaladi. Kamchiligi meva tanasi qarsillaydi va bu uni yetkazib berishda 
va iste’molida muammo tug‘diradi. Meva tanasi о‘ziga xos spetsifik hidga ega bо‘lib, taomlarga yong‘oq 
ta’mini beradi. Tabiiy sharoitda uzoq sharq elma daraxtlarida, ba’zan oqqayin, eman, qora qayin va terakda 
о‘sadi. Uning tarqalish areali Osiyo va Shimoliy Amerikani egallaydi. Rossiya hududida Uzoy Sharqda, 
oqqayin, eman, qora qayin va terakda keng tarqalgan.
Limonrang qalpoqchali veshenkaning о‘sishi va rivojlanishi uchun optimal harorat 21-27°S ni, meva 
tana hosil qilishi uchun – 21-29°S ni tashkil etadi.10-14 kun oralig‘ida meva tana hosil qilib turish 
muddatini tashkil etadi.


25-rasm. Pushtirang veshenka 
Pushtirang veshenka– P. djamor meva tanasi yumshoq etli pushtirang bо‘lgan qо‘ziqorin. Tabiatda 
bu veshenka tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi. Fermentativ ishlov berilgan somon, paxta 
chiqindisi, makkajо‘xori о‘zagi qoliqlarida о‘stirsa bо‘ladi. Biologik samaradorligi 75-100% ni tashkil 
etadi. Rivojlanishi uchun 18-25°S harorat zarur, meva tana hosil qilishi uchun 20-30°S harorat kerak 
bо‘ladi. 7-10 kun oralig‘ida meva tana hosil qilib turadi.
26-rasm. Veshenka sajor-caju 
Veshenka — P. sajor-caju Yevropa va Shimoliy Amerikaning ninabargli о‘rmonlarida keng 
tarqalgan. Qalpoqchasi kulrang tusda, haroratga, yorug‘likka mos ravishda о‘zgarib turadigan va о‘ziga xos 
xususiyatga ega bо‘lgan veshenka. Zaburug‘lar 2-3 guruh va undan ham kam bо‘lib о‘sadi. Yangi meva 
tanasi tez-tez joyida kesib olinadi. Bu veshenkani Fermentativ ishlov berilgan somon, paxta chiqindisi, 
makkajо‘xori о‘zagi qoliqlarida о‘stirsa bо‘ladi. Biologik samaradorligi 100 va hatto 200% ni tashkil etadi. 
Rivojlanishi va shakllanishi uchun 10-24°S, meva tana hosil qilishi uchun 18-24°S kerak bо‘ladi.


Zamburug’larga doir rasmlar 
27-rasm 
28-rasm 
29-rasm 


2-ilova
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
1. Viruslar xaqida nimalarni bilasiz.
2. Bakteriyalar yashash va oziqlanish turiga qarab neshta bo’linadi?
3. Prakariot bilan Eukariot bir biridan nimasi bilan farq qiladi. Sanab bering?
4 Kiritma nima va neshta qismga bo’linadi 
5. Zamburug’lar xaqida nimalarni bilasiz?
3-ilova
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1. Alberts B., Brey D. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki. 3 t. M ., “Mir”, 1996, 400b. 2. 
Atabekova A.I.,Ustinova E.I. Sitologiya rasteniy, “Agropromizdat”, M., 1987, 244b.
3. Bilich G.L. Biologiya, sitologiya, gistologiya, anatomiya cheloveka. Sankt-Peterburg,
“Soyuz”, 2001, 445b.
30-rasm 
31-rasm 



Download 4,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «biotexnologiya» kafedrasi

Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish