asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklami
ulaming saqlanish va
foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini ta’minlash.
Buxgalteriya hisobi nazariyasidan
Buxgalteriya hisobi balans bilan boshlanib, balans hilan tugaydi. Bu uning
texnologiyasidir.
Buxgalteriya
hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova
hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini 9 ta’minlash
va amaldagi qonunchilikda
nazarda tutilgan boshqa vazifalar. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil
qilishning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, budjetdan mablag1
bilan ta’minlash tartibi, ish haqi fondini tashkil
qilinishi va sarflanishi, budjetdan
tashqari mablag'lar jamg‘armasini tashkil qilish, ulaming me’yorlari
va sarflash
yo‘nalishlari, o‘zlariga biriktirilgan mol-mulklardan foydalanish maqsadi, tartibi va
boshqalami har birini aniq qonunchilik bilan belgilanganligidir. Masalan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet
tashkilotlarini
mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomffiashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga
muvofiq budjet tashkilotlarini budjetdan mablag4 bilan ta’minlash tartibi belgilab
berilgan.
2-rasm. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning
alohida xususiyatlarini belgilovchi omillar
Budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xo‘jalik
operatsiyalari
ulami tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar ular asosida
buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lgan hollarda
birlamchi hujjatlar va registrlami mashina o‘qiydigan axborot tashuvchilarda tuzishga
yo‘l qo‘yiladi. Bunda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlaming talablariga toiiq rioya
qilinishi lozim. Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o‘qiydigan
tashuvchilarda tuzilgan birlamchi
hujjatlar va registrlar, tegishli majburiy rekvizitlar
mavjud bo‘lganda, buxgalteriya hisobida qo‘llanilishi mumkin. Mashina usulida
tayyorlangan hujjat, amaldagi qonunchilik talablariga
muvofiq moddiy tashuvchiga
(magnitli, qog‘ozli) yozilishi, tayyorlanishi va qog‘ozga chiqarilishi lozim.
Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari bosh hisobchi „
tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
Moddiy javobgar va boshqa mansabdor shaxslarga ushbu jadvaldagi hujjatlami va
ma’lumotlami buxgalteriyaga topshirish muddatlari haqida ko‘ chirma taqdim etiladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi mumkin boigan hujjatlar aylanish grafigini
taxminiy ko‘rinishini quyidagicha.