|
langan bo'lib, o'zbek tilida ilk bor yozilgan ilmiy-pedagogik ishiBog'liq Korporativ siyosat pdflangan bo'lib, o'zbek tilida ilk bor yozilgan ilmiy-pedagogik ishi
hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, O'zbekistonda bu sohaga oid asarlar ham
mavjud. Lekin ulaming aksariyati ilmiy-amaliy xarakterga ega va
amaliyotchilarga mo'ljallangan bo'lib, ushbu fan bo'yicha tasdiqlangan
o'quv dasturga mos kelmaydi. Ushbu sohaga oid xorij va Rossiyada
ko'plab nashr etilgan kitoblar ham mavjud bo'lib, ular asosan (ko'p
jihatdan) u mamlakatlar sharoitlariga mos keladi.
Imkoniyatdan foydalanib, muallif ekspert va taqrizchilarga hamda
Toshkent moliya instituti «Qimmatli qog'ozlar bozori» kafedrasiga o'z
minnatdorchiligini izhor qiladi.
Ushbu darslik korporativ siyosat yuritish sohasidagi ko'p yillik
izlanishlari natijasi bo'lib, undagi ayrim fikrlar va yondashuvlar bahsga
sabab bo'lishini inobatga olgan holda, muallif soha mutaxassislarining
fikr-mulohazalari va takliflari uchun oldindan o'z minnatdorchiligini
izhor etadi.
Mazkur darslik 340000-«Iqtisodiyot va boshqamv ta’lim soha-
sining bakalavriyat ta’lim yo'nalishlari hamda soha mutaxassislari va
pedagoglar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash kurslari uchun
moMjallangan.
4
I bob. KORPORATIV SIYOSATNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Kompaniyalami bashqarishdagi korporativ siyosatning
mazmuni, maqsadi va vazifalari
Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv deb yuritiladigan, lekin
ushbu kitobda kengroq ma’noda korporativ siyosat3 deb qabul qilingan,
muammo. Ayniqsa XIX-XX chi asrlarda yirik ochiq kompaniyalami
(aksiyadorlik shaklidagilamif vujudga kelishi bilan keskin tus ola
boshlagan. Bunga sabab, bunday kompaniyalarda keskin ravishda
|
| |