|
Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashBog'liq Korporativ siyosat pdfsezilarli bo'ladi.
Hozirda korporativ siyosat yuqori darajada tashkillashgan va
uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida umumlashib
(standartlashib, unifikatsiyalashib) borayotgan alohida bir butun va
o'zining korporativ muhitiga ega kompaniya faoliyati bilan bog'liq
iqtisodiy-huquqiy munosabatlar va institutlar majmuasi sifatida
namoyon bo'luvchi murakkab кофогайу tizim ekanligi aniq bo'lmoqda.
Kompaniyalardagi кофогаЬУ siyosat nafaqat milliy iqtisodiyot,
balki global iqtisodiyot rivojiga hamda ularga ta’sir etuvchi turli
omillarga bog'liq bo'lganligi sababli korporativ siyosatga oid
instrumentariy (termin va tushunchalar) va metodologiya uzluksiz
ravishda takomillashib va rivojlanib borishi tabiiydir (1-ilovaga
qaralsin). Bunda inson sivilizasiyasining кофогаЬУ siyosat sohasidagi
tajribasini boyishi, unda manfaatdor shaxslarning o'zaro munosabatlari
va qiziqishlari kengayib, manfaatiari va ehtiyojlari ortib, ulaming haq-
huquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishi katta
ahamiyatga ega.
Aytilganlardan kelib chiqib, keng ma’noda korporativ siyosat va
torroq ma’noda korporativ boshqaruv, konsepsiyasiga (nazariyasiga) oid
instrumentariyga asoslangan holda quyidagi tushunchalami keltirish
mumkin.
Kompaniya - tijorati bozor konyunkturasi asosida bir maqsadga
(foyda olishga) yo'naltirilgan moliya-xo'jalik faoliyatini yurituvchi
yuridik shaxs (2-ilovaga qaralsin).
Kompaniyalar turli tashkiliy-huquqiy va mulkchilik (davlat,
nodavlat va aralash) shaklida tuzilishi mumkin. Ular turlicha bo'lishi
mumkin, masalan: rezident va norezident; kichik, o'rta va katta; milliy
|
| |